L. N. TOLSTOY
Kim ko‘p gapirsa, bema’nilikni ham ko‘p gapiradi.
P. KORNEL
O’z tilini idora qilolmagan odamda haqiqat bo‘lmaydi.
M. GANDI
Ezma odam qiladigan ishni goho yovuz odam ham o‘zyga ravo ko‘rmaydi.
P.BUAST
O’tkir til — qobiliyat, uzun til — jazo.
D. D. MINAYEV
Tabiatning ezmalarni ko‘rarga ko‘zi yo‘q.
J. RENAR
Sergaplik odatda diqqinafaslikni yuzaga chiqaradi.
M. SERVANTES
Sergaplik doimo yoqimsiz.
M. SERVANTES
Odam ko‘p gapirib qo‘yganda hammavaqt qandaydir vajdoni azoblanib, o‘ng‘aysizlanib yuradi.
I.S. TURGENEV
Yolg‘on ezmalik bilan yashiringan bo‘ladi, yolg‘on ma’lumki, barcha illatlarning boshi.
M.Ye.SALTIKOV-SHCHEDRIN
Sergap o‘zini yaxshi ko‘rsatmoqchi bo‘ladi-yu, ammo nafratga uchraydi, birovga qarashmoqchi bo‘lsa — xira pashshaga aylanadi, odamlarni hayratga solmoqchi bo‘lsa — kulgiga qoladi; u do‘stlarini yerga urib, dushmanlariga xizmat qiladi.
PLUTARX
Safsatabozni qo‘sh qamchi bilan savalaydilar.
ESXIL
Odam oz so‘zlaganidan juda kam afsuslanadi, aksincha, rosa ezmalanganidan esa tez-tez pushaymon yeb turadi. Bu hammaga ma’lum, ammo hamma yoddan chiqaradigan ko‘hna haqiqatdir.
J. LABRUYER
Zarur gapni aytolmaganing uchun bir marta attang qilsang, tilingni tiyolmaganing uchun esa ming karra attanglaysan.
L. N. TOLSTOY
Aytur so‘zni ayt, Aytmas so‘zdan qayt.
A. NAVOIY
Tilga ixtiyorsiz — elga e’tiborsiz.
A. NAVOIY
Og‘izga kelganini demak nodonning ishi,
Dostları ilə paylaş: |