O’a sirini saqlamoqlik — donishmadlik, biroq boshqalardan buni kutish teitaklikdir. O. XOLMZ
Agar o‘zimizki sirimizni saqlay olmasak, buni boshqalardan qanday talab qilishimiz mumkin? F. LAROSHFUKO
Sir ham bamisoli to‘r: bitta tuguni yechilsa, hammasi chuvalib ketadi. V. GYUGO
Haddai tashqari oshkoralik ham yalang‘ochlik singari xunuk ko‘rinadi. F. BEKON
Har qanday yalangochlik, hatto qalb yalangochligi ham haqoratlidir. Sir boy bermaslik odamlarni nariroqda ushlab turadi va bizii muhofaza etadi. Bu iiyatlarimizni yashirib turuvchi pardadir. F. BEKON
Har bir kishining ham oyga o‘xshab yorishmaydigan tomoni borki, uni hech kimga ko‘rsatmaydi. MARK TVEN
Agar odamlar bir-birlarini boshdan-oxir aniq bilganlarida, bir-birlaridan tiraqaylab qochgan bo‘lardilar. I. KANT
Agar siringni dushmaning bilmasin desang, uni do‘stingga ham aytma. QOBUS
Dushmandan yashirganingni do‘stingga ham aytma, zero do‘stlikning abadiyligiga kafillik yo‘q. ABUL FAROJ
Dushmaning bilishi lozim bo‘lmagan gapni do‘stingga ham aytma. A. SHOPENGAUER
Birovga sir aytib, saqla degandan, Dil sirin. hech kimga aytmagan ma’qul. Ariq tyshib ketsa bog‘lab bo‘lmaydi, Suvni eng boshidan qaytargan ma’qul. Bekitiqcha so‘zni aytib bo‘lmaydi, Har majlisda aytib, qaytib bo‘lmaydi. SA’DIY
Sir ichni qizitadi, man etish man etilgan narsaga qiziqishni kuchaytiradi.