Oldingi tahrirga qarang. 1. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son) 2. Vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar, konsernlar ko‘rsatib o‘tilgan nizomni korxonalar va tashkilotlarga yetkazsinlar, uning o‘rganib chiqilishini va so‘zsiz bajarilishini ta’minlasinlar.
3. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizom 1997-yil 1-iyuldan boshlab amalga kiritilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bir oy muddatda Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomning III bo‘limi 1-bandida nazarda tutilgan ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar natijasida shikastlanishlarning og‘irlik darajasini belgilash sxemasini ishlab chiqsin.
5. VSSPS va SSSR Davsanoatatomnazoratning 1989-yil 17-avgustdagi 8—12-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizom 1997-yil 1-iyuldan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
1. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish — mazkur Nizomga muvofiq maxsus tekshirish komissiyasi tomonidan guruhli, oqibati o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir va o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisalarning kelib chiqish sabablarini aniqlashga qaratilgan tekshiruv.
Quyidagi baxtsiz hodisalar maxsus tekshiriladi:
bir vaqtning o‘zida ikki va undan ziyod xodimlar bilan salomatlikka yetkazilgan zararning og‘irligi darajasidan qat’i nazar, yuz bergan guruhli baxtsiz hodisalar;
oqibati o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir baxtsiz hodisalar;
o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisalar.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son) Oldingi tahrirga qarang. 2. Guruhli, oqibati o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir va o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisa to‘g‘risida ish beruvchi darhol sxemaga binoan (3-ilova) quyidagilarga xabar berishi kerak:
hududiy mehnat organining davlat mehnat inspeksiyasiga;
yuqori turuvchi xo‘jalik organiga;
baxtsiz hodisa yuz bergan joydagi hududiy ichki ishlar organiga;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga;
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining mahalliy organiga va “O‘zenergoinspeksiya”ning hududiy organiga, agar baxtsiz hodisa nazorati ostidagi korxona (obyekt)da yuz bergan bo‘lsa;
ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchiga.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son) Oldingi tahrirga qarang. 3. Guruhli, oqibati o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir va o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish maxsus vakolatli organ bilan oldindan kelishilmagan va xabardor etmagan holda maxsus tashkil etilgan komissiya tomonidan tekshiriladi.
Guruhli, oqibati o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir va uch kishigacha o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisani hududiy mehnat organi buyrug‘iga asosan quyidagi tarkibdagi komissiya maxsus tekshiradi;
rais — hududiy mehnat organining mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha (bosh) davlat texnik inspektori yoki O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi vakili yoxud “O‘zenergoinspeksiya” vakili nazorati ostidagi korxona (obyekt) bo‘yicha;
a’zolar — yuqori turuvchi xo‘jalik organi vakili, ish beruvchi, II bo‘limning 7, 10, 11, 12 va 13-kichik bandlarida ko‘zda tutilgan hollarda jabrlanuvchining asosiy ish joyi kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki korxona xodimlarining boshqa vakillik organi raisi va ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchining vakili.
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi yoki “O‘zenergoinspeksiya” organi nazorati ostidagi korxona (obyekt)larda yuz bergan guruhli, oqibati o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir va o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisani tegishli hududiy mehnat organining Davlat mehnat inspeksiyasi bilan kelishilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi yoki “O‘zenergoinspeksiya” respublika yoki mahalliy organlari buyrug‘i asosida tuzilgan komissiya yuqori turuvchi xo‘jalik organi vakili ishtirokida tekshiradi. Komissiya raisi qilib shu organ vakili tayinlanadi. Komissiya tarkibiga mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha (bosh) davlat texnik inspektor kiradi.
Guruhli, oqibati o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir va o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisalar yuz berganda, ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi vakillari tarkibida ish beruvchining buyrug‘i bilan tashkil etilgan komissiya tomonidan N-1 shaklidagi dalolatnoma maxsus tekshirish dalolatnomasi tuzilgandan so‘ng bir kun ichida komissiya xulosalariga muvofiq rasmiylashtiriladi.
uch nafardan o‘n bir nafargacha inson sabab bo‘lgan baxtsiz hodisani maxsus tekshirish O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qaroriga asosan quyidagi tarkibdagi komissiya tomonidan o‘tkaziladi:
rais — O‘zbekiston Respublikasi mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha (bosh) davlat texnik inspektori;
a’zolar — yuqori turuvchi organ rahbarlaridan biri, ish beruvchi, kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki tashkilot xodimlarining boshqa vakillik organi raisi.
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi yoki “O‘zenergoinspeksiya” nazorati ostida bo‘lgan tashkilot (obyekt)dagi baxtsiz hodisa Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi bilan kelishilgan holda, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi yoki “O‘zenergoinspeksiya” organining buyrug‘i asosida tuzilgan komissiya tomonidan yuqori turuvchi organ rahbari ishtirokida tekshiriladi. Komissiya raisi etib Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi yoki “O‘zenergoinspeksiyasi” organi rahbarlaridan biri tayinlanadi. O‘zbekiston Respublikasi mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha (bosh) davlat texnik inspektori komissiya tarkibiga kiritiladi.
O‘n bir nafar va undan ortiq insonning o‘limiga sabab bo‘lgan baxtsiz hodisalar Vazirlar Mahkamasining farmoyishi asosida tuzilgan komissiya tomonidan tekshiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son) 4. Maxsus tekshirish komissiyasi 15 kun mobaynida baxtsiz hodisani tekshirib chiqadi, korxona (bo‘linma, sex)dagi mehnatni muhofaza qilish ahvolini, agar zarur bo‘lsa, tarmoqning boshqa korxonalarida ham tekshirishni tashkil etadi, maxsus tekshirish dalolatnomasini tuzadi (4-ilova) hamda III bo‘limning 7-bandida ko‘zda tutilgan boshqa hujjatlarni rasmiylashtiradi.
Komissiya a’zolari jabrlanuvchilar yoki ularning oila a’zolari bilan uchrashuvlar tashkil etadilar, zarur bo‘lsa tegishli organlarga takliflar kiritadilar yoki ijtimoiy tusdagi yordam masalalarini joyida hal qiladilar, jabrlanuvchiga yoki o‘lganning oila a’zolariga ularning huquqlarini tushuntiradilar.