Oldingi tahrirga qarang. Shuningdek, jabrlanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ish beruvchi tomonidan “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritilishi lozim.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son) 3. Ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar sabablarini tahlil qilishi, ularning mehnat jamoasida ko‘rib chiqilishini ta’minlashi va ishlab chiqarishda jarohatlanishning oldini olishga oid chora-tadbirlarni amalga oshirishi shartdir.
Oldingi tahrirga qarang. 4. Boshqaruv organlari barcha baxtsiz hodisalarning hisobini va tahlilini olib boradi, uni o‘ziga qarashli korxonalar va tashkilotlarga ma’lumot uchun yuboradi. Tegishli kasaba uyushmasi yoki boshqa vakillik organi bilan kelishilgan holda baxtsiz hodisalarning oldini olishga oid chora-tadbirlar ishlab chiqadi va ularning bajarilishini nazorat qiladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son) Oldingi tahrirga qarang. 5. O‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisa yuqori turuvchi kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan birgalikda yuqori turuvchi xo‘jalik organlarida va O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi va “O‘zenergoinspeksiya” hay’atida (agar baxtsiz hodisa shu organ nazorati ostidagi obyektda yuz bergan bo‘lsa) mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha (bosh) davlat texnik inspektori ishtirokida muhokama qilinadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son) Oldingi tahrirga qarang. 6. Ikki va undan ziyod kishi halok bo‘lgan baxtsiz hodisa Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hay’atida, viloyat (Toshkent shahar) bandlik bosh boshqarmasi kengashida, O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi yoki “O‘zenergoinspeksiyasi” hay’atida, baxtsiz hodisa shu organ nazorati ostidagi korxona (obyekt)da yuz bergan bo‘lsa, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bosh davlat texnik inspektori ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hay’ati, viloyat (Toshkent shahar) bandlik bosh boshqarmasi kengashi chiqargan qaror bajarilishi shartdir.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son) Oldingi tahrirga qarang. 7. Baxtsiz hodisa yuzasidan maxsus tekshirish olib borayotgan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha (bosh) davlat texnik inspektorining talabiga binoan hududiy ichki ishlar organlari, sog‘liqni saqlash organlari (sud-tibbiy ekspertiza), yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati, yong‘in xavfsizligi davlat xizmati 3 sutkadan kechiktirmay, baxtsiz hodisaga taalluqli hujjatlar va materiallar nusxalarini taqdim etishlari shartdir.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son) Oldingi tahrirga qarang. 8. Hududiy ichki ishlar organlari Davlat mehnat inspeksiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga hamda “O‘zenergoinspeksiya”ga ishning borishi to‘g‘risida axborot berib turadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son) 9. Ushbu Nizomni buzishda ayblanuvchilar mavjud qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladilar.