Baxtsiz hodisa



Yüklə 70,86 Kb.
səhifə3/5
tarix07.01.2024
ölçüsü70,86 Kb.
#209174
1   2   3   4   5
mustaqil ishi 2004

Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyuldagi 134-son qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 26-27-son, 213-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha (bosh) davlat texnik inspektori maxsus tekshirish komissiyasi chiqargan xulosalardan norozi bo‘lsa, shuningdek, u zarur deb hisoblagan boshqa hollarda o‘z xulosasini chiqaradi (5-ilova).
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Komissiya a’zosi maxsus tekshirish o‘tkazayotgan komissiya xulosasidan norozi bo‘lganda o‘zining alohida fikrini bildirishi mumkin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyuldagi 134-son qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 26-27-son, 213-modda)
6. Maxsus tekshirish komissiyasi talabiga ko‘ra ish beruvchi:
baxtsiz hodisani tekshirishda ishtirok etish uchun o‘zlarining oralaridan ekspert guruhi tuzish mumkin bo‘lgan ekspert-mutaxassislarni taklif qilishi;
texnik hisoblashlar, laboratoriya tadqiqotlari, sinovdan o‘tkazish va boshqa ishlarni amalga oshirishi;
baxtsiz hodisa yuz bergan joyni suratga olishi va boshqa zarur hujjatlarni taqdim etishi;
tekshirish uchun zarur bo‘lgan transport va aloqa vositalari, maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlashi;
komissiya a’zolari ishlashi uchun ularga jihozlangan alohida xona ajratib berishi;
baxtsiz hodisani maxsus tekshirish materiallarini mashinkada yozishni va yetarli miqdorda ko‘paytirishni ta’minlashi shartdir.
Texnik hisoblashlar, laboratoriya tadqiqotlari sinovdan o‘tkazish va taklif qilingan mutaxassislar amalga oshirayotgan boshqa ishlar, shuningdek, transport va aloqa vositalari xarajatlarini baxtsiz hodisa yuz bergan korxona to‘laydi.
Komissiya a’zolari tekshirish davomida ish beruvchidan, korxona va uning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari, guvohlar va boshqa shaxslardan yozma va og‘zaki tushuntirishlar olishga haqlidirlar.
Izoh: Ekspert guruhi tekshirish komissiyasi raisining farmoyishiga muvofiq tuziladi. Ekspert xulosasini talab qiluvchi masalalar va ekspert guruhi xulosasi bo‘lgan materiallar yozma ravishda rasmiylashtiriladi.
7. Maxsus tekshirish materiallariga quyidagilar kiradi:
maxsus tekshirish dalolatnomasi;
har bir jabrlanuvchiga alohida tuzilgan N-1 shaklidagi dalolatnoma;
rejalar, sxemalar, tekshirish protokoli va baxtsiz hodisa yuz bergan joyning fotosuratlari;
yo‘l-transport hodisasi yuz bergan joy sxemasi;
so‘roqlar protokoli, jabrlanuvchining va baxtsiz hodisani ko‘rgan guvohlar va boshqa aloqador shaxslarning, shuningdek, GOST, SSBT standartlari, mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlariga rioya qilinishiga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslarning tushuntirishlari, ekspert guruhi tuzish to‘g‘risidagi farmoyish va boshqalar;
jabrlanuvchilarning xavfsizlik texnikasi bo‘yicha o‘qitilganligi va yo‘riqnomalar olganligi haqidagi qayd daftarlaridan ko‘chirmalar;
jabrlanuvchiga yetkazilgan jarohatning xususiyati va og‘irligi, o‘limi sabablari to‘g‘risidagi tibbiy xulosa;
ekspert guruhining (zarur bo‘lganda) baxtsiz hodisa sabablari haqidagi xulosasi, laboratoriya va boshqa tadqiqotlar, tajribalar, tahlillar va hokazolarning natijalari;
avariya tufayli ko‘rilgan moddiy zarar haqidagi ma’lumotnoma;
maxsus tekshirish komissiyasi tuzish haqidagi buyruq yoki qaror;
yo‘riqnomalar, nizomlar, buyruqlardan va mehnat xavfsizligi me’yorlarini va unga mas’ul bo‘lgan shaxslarni belgilovchi boshqa dalolatnomalardan ko‘chirmalar;
korxona (bo‘linma, sex)da mehnatni muhofaza qilish holatini tekshirish to‘g‘risidagi maxsus tekshirish komissiyasining dalolatnomasi;

Yüklə 70,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin