Xonqa tumani 29-sonli umumiy o`rta ta‘lim matkabda o`tkazilgan yig‘ilish
BAYONNOMASI
“ 20” aprel 2022 yil “ Qirq-yop” qishlog‘i
Qatnashdilar: Maktab direktori R.Ruzmetov, , MMIBDO‘ S.Ametova, O’quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.Rajapov, CHQBT rahbari K.Otajonov, maktab psixologi, sinf rahbarlari va 670 nafar o‘quvchi 62 nafar o‘qituvchi va 15 nafar ishchilar.
Kun tartibi:
1.Xonqa tuman 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabida fuqaro muhofazsi kunligini o‘tganligi to‘g‘risida.
ESHTILDI:
Xonqa tuman 29-umumiy o`rta ta‘lim maktabida fuqaro muhofazsi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha maktab direktori R.Ruzmetov so‘zga chiqib. U o`z so`zida “Yosh qutqaruvchilar “harbiy –sport musobaqalarini maktab va hudud bosqichiga maktabimiz o‘quvchilari yaxshi tayyorgarlik ko‘rganligi to`g’risida gapirib kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar to’g`risida o‘z tavsiyalarini berdi .Shunungdek is gazidan zaxarlanish boyicha ma’lumot berdi .Shundan so‘ng maktab o`quchilari sinflar kesimida Yer qimirlashi hafidan teskor harakatlanish va xavfsiz joyga borib joylashish jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish amaliy mashg‘ulotlarini bajardilar shu vaqtni o‘zida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, jabirlanganlarni qidirib topish zaxarlangan hududdan olib chiqish o‘z vaqtida gaz niqoblaridan foydalanib jabrlangan shaxsga gaz niqobi kiygizish mahalliy predmetlardan foydalanib birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, amalga oshirildi. Amaliy mashg‘ulotlari orqali o‘quvchilar ta’surotida zilzila va gazdan kelib chiqadigan xavf –xatarlarni oldini olish , yong‘in chiqishi, portlash yoki insonlarning zaxarlanishiga yo‘l qo`ymaslik uchun turmushda gazdan faydolanishda nosoz (qo`lbola) vositalaridan foydolanmaslik, xavfsizlik choralariga amal qilish kerak. Agar uyda gaz hidini sezib qolsangiz o`t yoqmang, gugurt yoki yorituvchi hamda boshqa elektr asboblarini yoqmang, zudlik bilan oila a’zolarini tashqariga olib chiqish, oyna va eshiklarni ochib xonalarni shamollatish tushunchalari namoyon bo`ldi. Tadbir yakunida avariya qutaruv ishlari boyicha o‘quvchilarda tushuncha ko‘nikmalar hosil qilindi.
Yig‘ilish kun tartibidagi masaslalarni o‘rganib va muhokama qilib
Qaror qiladi:
1. Xonqa tuman 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabida fuqaro muhofazsi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha maktab direktori R.Ruzmetovning ma‘ruzasi ma‘lumot uchun qabul qilinsin.
2. Barcha sinflarga ushbu yuqorida ko‘rsatigan avariya qutaruv ishlarini namoish qilib borish vazifasi ChQBT rahbari K.Otajonovning zimmasiga yuklatilsin.
3. Yuqoridagi vazifalarning bajarilishini nazorat qilish MMIBDO‘ S.Ametova zimmasiga yuklatilsin.
Fuqoro muxofazasi boshligi‘
Maktab direktori: R.Ruzmetov.
СHQBT fani rahbari : K.Otajonov.
Dostları ilə paylaş: |