BAYONNOMASI
2020 yil 20yanvar Termiz shahri
Qatnashdi: Termiz davlat universiteti Pedagogika fakulteti dekani M.Mirzaev, Viloyat “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi o‘quv bo‘limi boshlig‘i M.G‘oyipova, Imom At-Termiziy Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktor o‘rinbosari J.Cho‘tmatov, Psixologiya kafedrasi mudiri dotsent X.SHarafutdinova, kafedra o‘qituvchilari, psixologiya yo‘nalishi talabalari va ota-onalari.
Kun tartibi:
1. “Farzandingiz mustaqil hayotga tayyormi?” mavzusidagi seminar treningi haqida.
Seminar trening universitetning Pedagogika fakulteti faollar zalida o‘tkazildi. Zal bayramona ruhda bezatildi. Rang-barang rasmlar,sharlar, gullar, treningga tegishli plakatlar,stendlardan foydalanildi. Seminar treningni Pedagogika fakulteti dekani M.Mirzaev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng “Yoshlarni oilaga ma’naviy-axloqiy tayyorligi muammolari” mavzusida viloyat “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi o‘quv bo‘limi boshlig‘i M.G‘oyipova ma’ruza qildilar. O‘z so‘zlarida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazida olib borilayotgan ishlar tadqiqotlar haqida ma’lumot berdilar. Seminar trening davomida “Yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlashda diniy qadriyatlarning o‘rni” mavzusidagi ma’ruzasida Imom At-Termiziy Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktor o‘rinbosari J.Cho‘tmatov o‘zining farzand tarbiyasidagi diniy bilimlari, tarbiyaning diniy asoslari haqida so‘z yuritib, ota-onalarning toki farzand ko‘rishdan oldin nimalarga e’tibor berishlari, farzandlarni turmushlar tayyorlashda ularga o‘zlariga munosib juft tanlashning yo‘llari haqida aytib o‘tdilar.
Guruh yetakchisi: A.Qoraboyev
Fakultet yoshlar yetakchisi: J.O`rinov
Fakultet yoshlar bilan
ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari: I.Bobomurodov
Universitet yoshlar yetakchisi: А.Sharipov
Termiz Davlat Universitetiga Termiz shahar 11-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabining 11-sinf bituvchilari tashrifi to`g`risidagi
Dostları ilə paylaş: |