Bekchanova s geografiya ta`limida o`qitish



Yüklə 237,14 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/24
tarix27.04.2023
ölçüsü237,14 Kb.
#103862
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
 
 
 
 
 


29 
II-BOB. O`qitishning texnik vositalari va undan foydalanish usullari 
 
2.1. O`qitishning texnik vositalari haqida tushuncha 
Fan va texnikaning rivojlanishi bilan maktab geografiyasining oldiga 
qo`yiladigan talablar ham ortib boradi. Mazkur talablarni bajarish uchun o`qitish 
shakllari va metodlarini takomillashtirish lozim bo`ladi. Bu esa o`quvchilar bilish 
faoliyatini jadallashtiradi, ularni fikrlashga va ilmiy mushohada qilishga undaydi 
hamda o`rganayotgan geografik voqea va hodisalar bilan hayot o`rtasidagi 
aloqalarni tushunishga yordam beradi. Yangi o`quv vositalarini qo`llash 
o`quvchilarni dunyoqarashini shakllantirishga shaxs sifatida rivojlanishiga ijobiy 
ta`sir ko`rsatadi. O`qitishning texnik vositalari o`qituvchi yordamida qo`yilgan 
maqsadga erishishga, o`tkazilayotgan mashg`ulotlarni samaradorligini keskin 
oshirishga imkon beradi. 
Texnik vositalarni qo`llashni quyidagi afzalliklari mavjud: 
- qiziqarliligi, o`quvchilar birinchidan texnika vositalarini o`ziga qiziqsa, ikkinchi 
tomondan uni ishlatishga va unda ko`rsatilgan ma`lumotlarga qiziqishsa; 
- voqealarni tez rivojlanishi va aniq kuzatishlari o`quv materiallarini tez 
o`zlashtirishga yordam beradi. Masalan, tabiiy geografik jarayonlarni sodir 
bo`lishi, tekislik va tog` rel`efining turlari va ularning o`ziga xos xususiyatlari 
tropik o`rmonlarning sharoiti ishlab chiqarish jarayoni va h.k. 
- tropik vositalar orqali murakkab o`quv materialini oson tushuntirish mumkin. 
Masalan, havo massalarini vujudga kelishi, imkoni va antitsiklonlarni 
shakllantirish, tornadi, tsunami va boshqa tabiiy geografik jarayonlarni hosil 
bo`lishi va ularning oqibatlari; 
- o`quvchilar qabul qilishi murakkab bo`lgan geografik ob`ektlarni texnik vositalar 
orqali osongina bajarish mumkin. Masalan, temir yo`l paromi, dengizdagi neft 
qazib oladigan moslamalar va h.k. 
O`qitishning texnik vositalarini qo`llashda qo`yidagi qoidalarga amal 
qilinishi lozim: 


30 
- texnik vositalardan ko`rsatiladigan geografik voqea va hodisalar dars mavzusiga 
mos bo`lishi lozim; 
- texnik vositalarning qo`llash oldidan uning ishlash tamoiyli, mazkur darsda nima 
ko`rsatilishi haqida o`qituvchi axborot bermog`i lozim; 
- o`qitishni texnik vositalari avvaldan ishga tayyorlab qo`yilishi lozim. Uni dars 
jarayonida sozlash o`quv soatini ancha qismini olib qo`yilishi mumkin; 
- texnik vositalar orqali ma`lum bir mavzuni o`rganishda uni alohida qismlarga 
bo`lish lozim; 
Har bir qismda ko`zda tutilgan material tugallangandan so`ng o`qituvchi 
izoh berishi, namoyish qilingan geografik voqea va hodisalarni o`quvchilarni 
qanday qabul qilganini tekshirib ko`rish mumkin. Ko`zda tutilgan materiallar 
namoyish qilib bo`lingandan so`ng o`qituvchi darsni yakunlashi lozim; 
-
namoyish etilgan material aniq va ravshan ko`rinishi lozim. 
Geografiya darslarida foydalanadigan o`qitishni texnik vositalarni quyidagi 
guruhga bo`lishimiz mumkin: 
-
o`qitishni audiovizual vositalari; 
-
o`qitishni videotexnika vositalaridan foydalanish; 
-
o`qitishda axborot vositalaridan foydalanish. 
O`qitishni audiovizual vositalariga o`quv kinosi, teleeshittirishlar, diafil`mlar, 
diapozitivlar, transportlar kiradi. 
Videotexnika vositalariga turli xil videomagnitafonlar kiradi. O`qitishni 
axborot vositalariga komp`yuterlar, internet imkoniyatlari, masofaviy o`qitish 
vositalari kiradi. 
O`qituvchi o`quv yilini boshida texnika vositalardan foydalanish rejasini 
tuzmog`i lozim yoki kalendar rejada texnika vositalardan foydalanish bo`limi 
bo`lmog`i lozim. 
Mazkur reja asosida texnika vositalari hafta boshida tayyorlab qo`yilmog`i 
zarur. 

Yüklə 237,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin