35
Geografik o`qituvchisi kinofil`mlardan foydalanib dars o`tishga tayyorgarlik
ko`rayotganda quyidagilarga e`tibor berishi lozim.
Darsni ta`limiy va tarbiyaviy maqsadlarini ishlab chiqish, darsni
mazmunini ishlab chiqish, darsda foydalaniladigan ekranli va statistik
ko`rgazmalar fondi bilan tanishtirish va dars mazmuniga mos keladigan
ko`rgazmali vositalarni tanlash.Tanlab olingan
ekran materiallarni dars
mazmuniga mosligi aniqlanadi.
Dars rejasi ishlab chiqiladi va unda kirish so`zi ko`zda tutilmog`i lozim.
Bundan tashqari fil`mni namoyishi jarayonida o`quvchilarga beriladigan savollar
va ularga beriladigan jadvallar (fil`mni ko`rish jarayonida) olinadigan aniqlab
olinishi lozim. Fil`mni namoyishi davomida qisqa-qisqa izohlar ko`zda tutilmog`i
lozim. Fil`mni eng maqul joylarida namoyish to`xtatilib o`quvchilar suhbat
o`tkazishi ko`zda tutilmog`i lozim.
Ma`lum bir paytlarda fil`mni to`xtatib izoh berish uchun darsga
tayyorgarlik jarayonida o`qituvchi plyonkasini to`xtatiladigan joylarini qilish bilan
belgilab qo`yilishi lozim, agar biror lavhani alohida ko`rsatish lozim bo`lsa mazkur
lavhani baholashi va oxirgi plyonkada siyoh yoki ip bilan belgilab qo`yiladi.
Darsda fil`mlarni namoyish qilishni samaradorligi uni qo`llash turiga
bog`liq. Fil`m darslarda muntazam va nomuntazam qo`llashi mumkin. Fil`mlar
muntazam ko`rsatilganda o`quvchilarda uni ko`rish, tahlil qilish,
qabul qilish
ko`nikmalari shakllanadi. Dars samaradorligi ortadi. Nomuntazam, ya`ni onda-
sonda dars paytida fil`m namoyishi qilinsa u samara bermaydi, o`quvchilar unga
ko`nikma olishmaydi.
Geografiya ta`lim sohasida ishlab chiqarilgan diafil`mlar va diapozitivlar
ko`pincha rangli qilib chiqariladi, bu esa o`quvchilarni bilim faoliyatini
jadallashtiradi.
Diafil`mlardan foydalanib dars o`tishda o`qituvchi quyidagi talablarga javob
berish lozim:
-
statistik proektsiya vositalarini dars rejasiga kiritish;
-
darsni maqsadini ishlab chiqish;
36
-
mavzu bo`yicha kadrlarni tanlash. Tanlangan kadrlar (lavhalar) o`quvchilar
tomonidan bilimlarini o`zlashtirishiga yoki ularni mustahkamlashga imkon
yaratish lozim;
-
kadr (lavha) namoyish etilayotgan bilimlar o`quvchilar tomonidan o`zlashtirilishi
uchun o`qituvchi kirish so`zini amalga oshirishi lozim. Agar namoyish
etilayotgan lavhada beriladigan bilimlar sodda va oson bo`lsa kirish
so`zi qisqa, murakkab bo`ladigan bo`lsa kirish so`zi kengroq bo`lmog`i lozim;
-
o`quv vositasidan foydalanishdan ko`zlangan
maqsadga erishish uchun
o`qituvchi qo`yidagi ishlarni amalga oshirish lozim; diafil`m yoki diapozitiv
namoyishi etiladigan lavhalarni chuqur o`rganish lozim; lavhalarni dars jarayonida
namoyish qilish rejasini ishlab chiqmog`i zarur; har bir namoyish qilinadigan
kadrlar uchun izohlar va savollar tizimini ishlab chiqish lozim; lavhadagi
tushunarsiz va notanish so`zlarni tinglab olib ularga izoh berish lozim;
-
o`quvchilarni fikrlash faoliyatini faollashtirish uchun namoyish qilinadigan
lavhaga quyidagicha topshiriqlar tuziladi:
savollarga javob bering; chizmani
tuzing; reja tuzing va x.k.;
-
namoyish etiladigan lavha mavzuni eng muhim qirralarni ochib bermog`i lozim.
Ikkinchi darajali qismlarga kamroq e`tibor berilishi zarur.
-
Lavhani tagidagi yozuvlar o`qituvchini so`zlarini eshitishga xalaqit berishi
mumkin. Shuning uchun iloji boricha ular ko`rsatilmasdan pastga tushib qo`yilishi
mumkin:
-
sinf bilan aloqani o`zmaslik uchun lavhaning boshi va oxiri ko`rsatilmaydi.
Geografiya darslarida epidoskop va kodoskoplardan foydalanish.
Geografiya darslari yaxshi o`tish va samarali bo`lishi uchun o`qituvchi turli
manbalardan rasmlar, chizmalar, kartalar, diagrammlar,
jadvallar va boshqa
ko`rgazmali ma`lumotlarni namoyish etish uchun yig`adi. Mazkur materiallar
epidoskop orqali namoyish qilinadi. Epidoskoplar har qanday manbalardan kesib
olingan materiallarni ekranda ko`rsatib beradigan apparatdir. Epidoskop yordamida
o`quvchilarga turli xil topshiriqlarni bajarishni talab qilish mumkin, o`quvchilar
37
tomonidan bajarilgan o`y vazifalarni namoyish qilish mumkin (chizmalar,
diagrammalar, yozuvsiz xaritalar, jadvallarni, to`ldirish va x.k.)
Epidoskop yordamida qisqa vaqt ichida o`quvchilar dars uchun xomaki karta,
chizmalar, diagrammlar, rasmlar tayyorlashlari mumkin. Epidoskop yordamida
darsni qiziqarli o`tish mumkin.
Kodoskopni turli xil yozuvlarni,
chizmalarni, diagrammalarni namoyish
qilishda ham qo`llash mumkin. Bunda o`qituvchi chizgan narsalar ekranda
ko`rsatiladi. Murakkab chizmalarni namoyish qilishda ham kodoskop katta
ahamiyatga ega. Bundan tashqari o`quvchilarni yozma javoblarni ham kodoskop
orqali ko`rsatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: