Bekchanova-zilola kurs-ishi m.ó. m pdf



Yüklə 177,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/6
tarix02.06.2023
ölçüsü177,38 Kb.
#123830
1   2   3   4   5   6
2.2. Quvnoqlar
 
va
 
zukkolar
 
klubi,matematik
ro’znoma,matematik ekskursiya tavsifi
Matematik ro’znoma.Matematik ro‘znoma o‘quvchilarda katta qiziqish
uyg‘otadi. Matematik ro‘znoma odatda matematika to‘garagi organi
hisoblanadi, shu sababli ro‘znoma to‘garak a‘zolarining kuchi bilan
o‘qituvchining bevosita rahbarligida tayyorlanadi. Boshlang‘ich sinflarda
Kamolat ijtimoiy yoshlar xarakati a‘zolarini hamda yetakchini jalb etish
mumkin. O‘qituvchi ro‘znomani tayyorlashda mumkin qadar o‘quvchilarning
shaxsiy tashabbuskorligini oshirishga erishish kerak. Devoriy ro‘znomalar
quyidagi bo‘limlardan tashkil topishi mumkin:
-Matematika tarixidan bir shingil;
- Sinf o‘quvchilarining matematik hayoti;
- O‘quvchilarga o‘qish uchun tavsiya qilinadigan adabiyotlar;
- Masalalar (qiziqarli, mantiqiy, konkurs);
- matematik o‘yinlar;
-Yumor;
30


- O‘tgan nomerdagi konkurs masalalarining yechimi va javobini redkollegiyaga
topshirgan o‘quvchilar haqida qisqa, lekin maroqli hikoyalar berilishi kerak.
Biror matematik haqida hikoya qilindigan bo‘lsa, uning rasmi va
rasmning tagida bu olim haqidagi, uning ishlari to‘g‘risidagi ma‘lumot yoki
olim hayotidagi qiziq voqealar to‘g‘risidagi kichikroq hi koya beriladi. Olim
aytgan fikrlarni yoki u haqidagi boshqa olimlar aytgan so‘zlarni ko‘chirib
yozish ham foydali.
Ro‘znomada berilgan masalalarning shartlari qisqa, tez esda qoladigan bo‘lishi
maqsadga muvofiqdir.
31


Xulosa.
Xulosa qilib shuni aytish zarurki, ta`lim poydevori ilk sinflarda
bolalarni o`qish va yozishga o`rgatish, hisoblash ko`nikmlarini hosil qilish
o`qituvchilardan omilkorlikni yosh psixalogiyasiga doir chuqur bilimga ega
bo`lib o`quvchilar ruhiyatini mahorat bilan boshqarishni taqoza etadi. Hali
bilimning foydasini anglamagan bolakaylar bilan mashg`ulotlarni qiziqarli
qilib olib borishi lozim. Buning uchun albatta, dastur qiziqarli
mashg`ulotlardan bo`lishi undan keyin o`qituvchi mavzuning bolalar e`tiborini
jalb etadigan qirralarini topa bilishi darsni o`tishda turli tarqatma, ko`rsatmali
materiallardan, ma`rifiy o`yinlardan samarali foydalanish kerak. Boshlang`ich
sinflarda matematika o`qitish o`quvchilarning tarbiyasi va rivojlanishi bilan
chambarchas bog`liq holda olib borilishi lozim. Matematika mashg`ulotlari
o`quvchilarga ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirishda, bilim
qobiloiyatlrini o`stirishga va o`qishga, kollektiv foydali ishlariga jiddiy
munosabatni vatanga muhabbatni tarbiylashga bo`lishi kerak. Rejalashtirishda
matematik tushunchalarni tayyor hayot materiallari asosida shakllantirish
nazarda tutiladi. Bu esa bolalarga darsda o`rganiladigan barcha qoida va
tushunchalar hayot talabi bilan vujudga kelgan bo`lib amalda qo`llanishni o`z
ko`zlari bilan ko`rishlariga imkoniyat yaratadi. Buning o’zi esa bolalarning fan
bilan amaliyot orasidagi bog’liqliklarni to’g’ri tushuntirishga asos yaratadi.
Bolalarni turli bog’liqliklarni dastlabgi tanishtirish ko’rib turgan olamdagi
bog’liqliklarning sababini ochib berishda katta ahamiyatga ega. Xulosa qilib
shuni aytishimiz mumkinki, o’sib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama
yetuk, bilimdon kishilarni tayorlashda matematik fanining roli qanchalik
muhim bo’lsa, “Fanlar shoxi ” –“Matematika”ni mukammal singdirishda,
o’quvchilar mustaqil fikrlashlarini oshirishda, mustaqil ishning roli ham
shunchalik muhumdir. Ishimizning birinchi bobda 3-sinf matematikasida
asosiy material hisoblangan minglik sonlarni nomerlashni o’rganishni o’ziga
xos xususiyatlari, minglik sonlarni hosil qilish, ularni og’zaki nomerlash,
sonlarni qo’shish va ayirish metodikasi bayon etilgan. To`rt xonali sonlarni
32


qo’shish va ayirish mavzuni o’rganish uchun zarur bo’lgan deyarli barcha
usullar, boshlang’ich sinf o’qituvchisining vazifasi o’quvchilarning ilgari
egallagan bilimlarini takrorlash, aniqlashtirish va sistemalashtirishdan, so’ngra
esa bu bilimlarni sonlarning yangi, anchagina keng sohasiga ko’chirishdan
iborat ekanligi bayon etilgan. Minglik sonlar ichida arifmetik amallar tartibiga
oid misollar keltirilgan. Ikkinchi bobda minglik sonlar ustida arifmetik amallar
bajarishning asosiy usullari keltirilgan. Minglik sonlarni ko’paytirish va bo’lish
natijasida o’quvchilarda hisoblash malaka va ko’nikmalarini egallashlari;
ko’paytirish va bo’lish amallari haqidagi, ularni xossalari, amal komponentlari
va natijalari orasidagi o’zaro munosabatlar haqidagi bilimlarini
kengaytirishlari, chuqurlashtirishlari va sistemalashtirishlari kerakligi bayon
qilingan. Minglik sonlarni ko’paytirish va bo’lish a) bir xonali songa
ko’paytirish va bo’lish; b) xonali songa ko’paytirish va bo’lish; v) ikki xonali
va uch xonali sonlarga ko’paytirish va bo’lish bosqichlardan iborat ekanligi
misollar asosida batafsil yoritildi.
Kichik maktab yoshidagi bolalar ham o‘yinqaroq bo‘lib, ularda o‘yinga
bo‘lgan qiziqish kuchli bo‘lib, ularda o‘qish, ta'lim olish faoliyati to‘liq
shakllanmasdan bo‘ladi. Yosh bolalarning shu o‘yinga bo‘lgan qiziqishlaridan
hamda matematik tushunchalarning ularning kundalik amaliy hayotlarida
doimo qo‘llash mumkinligini tushuntirish orqali ularni matematika fani
asoslarini yaxshi o‘rganishga qaratishlari rnumkin. Kichik maktab yoshidagi
o‘quvchilar bilan dastlab ularning kundalik hayotlarida uchrab turadigan
voqyeya va hodisalar bilan bog`liq matnli masalalar yechish ularning
matyematik tushunchalarni bilib olishga, uni o‘rgatishga o‘zlari mustaqil bu
tushunchalarni amaliy darslarda qo‘llashga bo‘lgan qiziqishlarni oshiradi.
Shu narsani esdan chiqarmaslik kerakki, qar bir o‘qituvchi u yoki bu masalaga 
o‘z pyedagogik salohiyatini ish joyidan obyektiv va suyektiv shart- sharoitdan 
kyelib chiqib yondashiladi.
Yoshlar ta'lim-tarbiyasida shunday narsaning o‘zi bo‘lmaydi. Har bir ishga 
masulyatli yondashib o‘zidagilarga qo‘ygan sharoiti vazifalarni bajonidil 
33


bajarishga harakat qilishimiz kerak. Shundagina yosh o‘quvchilar ularning 
vatanimiz uchun sodiq inson bo‘lib yetishi uchun harakat qilamiz
O‘qituvchi bolalarga ikkinchi masala birinchi masalaga qaraganda 
qiyinroqligini, lekin uni hamma yechishga urinib ko‘rishini aytadi. Kim yecha 
olmasa avval birinchi masalani yechsin, so‘ngra ikkinchi masalani ham yechish
oson bo‘ladi.Masalaning yechilishi usulini umumlashtirish maqsadida vaqti 
vaqti bilan har-bir ma'lumotli masalalarning yechishlarini elementar tatqiq 
qilishni o‘tkazib tuzish foydali. Bu masala yechimga ega bo‘ladigan yoki 
yechimga ega bo‘lmagan, bitta yoki bir necha yechimga ega bo‘lmaydigan, 
shartlarni shuningdyek bir kattalik qiymatning o‘zgarishiga bog`liq ravishda 
ikkinchi kattalik qiymatning o‘zgarish shartlarni aniqlash demakdir.
Boshlang‘ich sinflar matematika darslaridaog‘zaki va yozma hisoblashlar 
usullari imkoniyatlaridan foydalanish uchun har bir tushunchaning mohiyati, 
mazmuni va uning o‘quvchilar amaliy tajribasiga asoslanilishi hamda 
ko‘rgazmalilikning keng yo‘lga qo‘yilishi, taqqoslash, xulosa chiqarish va 
konkretlashtirishga o‘rgatish hisoblash usullarining o‘rganilishi bilan birga 
umuman boshqa amallardagi o‘xshash qonuniyatlarni taqqoslash asosida 
keltirib chiqarishga hamda mashq va misollarni yechishni tahlil qilish asosida 
o‘rgatilishi, xatolar ustida ishlash va bularning barchasidan samarali 
foydalanish asosini tashkil etadi.
Boshlang‘ich sinflar matematika darslarida arifmetik amallar xossalari va 
usularini o‘rganishda o‘ziga xos bo‘lgan qonuniyatlarini ko‘paytirish amaliga 
teskari amal sifatida muvofiqlikda o‘rganilishini talab etsa, ikkinchi tomondan 
maxsus hollarni taxlil etishda amallardagi xos xususiyatlar bilan taqqoslash 
muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o‘quvchilarningog‘zaki va yozma 
hisoblashlar usullari ko‘nikmalari shakllanishiga va fikrlashlarini o‘stirishiga 
ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.
Boshlang‘ich sinflar matematika darslarida arifmetik amallar tushunchasiga 
doir mashq, masalalar va kartochkalar, ko‘rgazmalilik, predmetlar vositasida, 
nazariy mantiqiy savollardan foydalanish na faqat o‘quvchilarning og‘zaki va 
34


yozma hisoblashlar usullarini chuqur o‘rganishga, ularda mantiqiy tafakkur 
ko‘nikmalarini rivojlantirishga hamda asosiy boshlang‘ich matematik 
tushunchalarning nutqda o‘zlashtirilishini ta‘minlaydi va ularni bosqichma-
bosqich tafakkur usullari mohiyatini tushunishlariga xizmat qiladi. 
O‘quvchilarda boshlang‘ich sinflar matematika darslarida og‘zaki va yozma 
hisoblashlar usullarigni muvaffaqiyatli o‘zlatirishlari uchun arifmetik amallar 
o‘rgatish sistemali jarayon bo‘lishi, bunda o‘qituvchining turli
imkoniyatlardan foydalana olishi. tayyorlovchi savol va topshiriqlardan o‘rinli 
foydalana olishini talab etadi. Bu shu bilan asoslanadiki, tushunchalar natija va 
qoidalarning mantiqiy asoslanishida analitik va sintetik usullarni o‘zaro 
muvofiq holda qo‘llash ularni asoslash va tekshirish, taqidiy fikrlash usullarini 
qo‘llash uchun muhim ahamiyatga ega.
35


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
I. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari: 
1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan 
birga quramiz T.: O’zbekiston 2017 yil 
2. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil qatiy tartib-intizom va shaxsiy 
javobgarlik-har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi kerak T.: 
O’zbekiston 2017 yil 
3. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda. T.: O`zbekiston, 2000 yil 
II. Ilmiy-uslubiy adabiyotlar: 
1. Abduqodirov A.A., Astanova F.A., Abduqodirov F.A. Nazariya, amaliyot va
tajriba T.: Tafakkur qanoti 2012 yil 
2. Jumayev E.E. Boshlang’ich matematika nazariyasi va metodikasi T.: Turon -
Iqbol 2012 yil 
3. Jumayev M.E. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasi T.: 
O`qituvchi, 2003 yil 
4. Burxonov S., Xudoyorov O`., Norqulova Q. Matematika 3-sinf Sharq 
nashriyot Matbaa Aksiyadorlik kompaniyasi T.: 2017 yil
5. Bikbayeva N. U. Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi. T.: 
O’qituvchi, 1996 yil
6. Jumayev M. E., Tadjieva Z. G’. Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish 
metodikasi T.: 2005 yil 
7. Jumayev M.E., Tadjiyeva Z.G’. Boshlang’ich sinflarda matematikadan 
fakultativ darslarni tashkil etish metodikasi T.: TDPU 2005 yil 73
8. Jumayev M.E. Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi 
va metodikasi (KHK uchun) T.: Ilm-Ziyo 2005 yil 
9. Jumayev M. E. Matematika o’qitish metodikasidan praktikum T.: O’qituvchi
2004 yil 
10. Jo’rayev R. Zunnunov A. Ta’lim jarayonida o’quv fanlarini integratsiyalash
T.: Sharq, 2005 yil 
36


11. Suvonqulov A. K. Hamzayev H. X. Boshlang’ich sinflarda matematika 
o’qitish metodikasidan amaliy mashg’ulotlar Jizzax, 2006 yil
12. Suvonqulov A. K. Hamzayev H. X. Boshlang’ich sinflarda matematika 
darslarida didaktik o’yinlar Jizzax, 2007 yil
III Internet saytlari:
1. http://www.ziyonet.uz/
37

Yüklə 177,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin