Bekchanova-zilola kurs-ishi m.ó. m pdf


 Matematik konkurslar va olimpiadalarni tashkil qilish



Yüklə 177,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix02.06.2023
ölçüsü177,38 Kb.
#123830
1   2   3   4   5   6
1.2. Matematik konkurslar va olimpiadalarni tashkil qilish.
11


Matematik konkruslar qiyin masalalar echish, o‘tkir zehn va tez tushuna
olishni talab qiluvchi topshiriqlarni bajarish bo‘yicha o‘ziga xos
musobaqalardir. Matematik konkruslar asosan yaxshi matematikni, tez
tushunadigan, payqaydigan, ziyrak , yaxshi sinfni aniqlash maqsadida
o‘tkaziladi.
Konkrus mavzusi va uni o‘tkazish vaqti oldindan belgilanadi.
Masalan: masalalar echish; og‘zaki va yozma hisoblashlar; geometrik
topshiriqlar va hakozalar.
Matematik olimpiadalar matematik konkurslardan farqli ravishda yirikroq
masshtabda, maktabning bir sinfi emas, balki hamma sinflarini jalb qilgan
holda o‘tkaziladi. Olimpiadalar yiliga bir marta matematik qobiliyati ko‘proq
o‘quvchilarni aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Maktab olimpiadasini maktab direktori tasdiqlagan komissiya boshqaradi.
Komissiya topshiriqlarning mazmunini, qatnashchilarni tanlash shartlarini
aniqlaydi, olimpiada o‘tkazilish vaqtini belgilaydi. Olimpiadalarni o‘tkazishdan
oldin unga tayyorgarlik ishlari bajariladi.
Matematika sinfdan tashqari ishlarning dolzarbligi 2- sinflarda matematikadan
sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda bolalarning bilim saviyasiga
qaraladi.Matematikani yaxshi o’zlashtirmagan o’quvchiga o’quvchilar bilan
unchalik qiyin bo’lmagan misol va masalalar yechishni o’rgatamiz.Yaxshi
o’zlashtirgan o’quvchilarga mukamallroq misol va masalalar yechish
o’rgatiladi.
Matematika sinfdan tashqari ishlar maqsadi o’quvchilarga matematik o’n
minutlik,matematik to’garak,matematik devoriy gazeta va matematik
ekskursiyalarni tashkil etish. Sinfdan tashqari ishlarning asosiy vazifalari
ushbulardan iborat: o‘quvchilarning bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini
chuqurlashtirish va kengaytirish; o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurlarini,
topqirliklarini,
matematik
ziyrakliklarini
rivojlantirish;
matematikaga qiziqishlarini orttirish; qobiliyatli va layoqatli bolalarni topish;
12


talabchanlik; irodani tarbiyalash; mehnatga muhabbatni ; mustaqillikni;
uyushqoqlikni va jamoatchilikni tarbiyalash.
Maktab amaliyotida matematikadan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning ushbu
turlari uchraydi: matematik o‘n minutliklar, soatliklar va qiziqarli matematika
kechalari, matematika to‘garaklari, ertaliklari, viktorinalar,
konkurslar. Shuningdek, sinfdan tashqari ishga matematikadan gazeta
chiqarish, matematika burchaklarini rasmiylashtirishlar ham kiradi. Oldin 2-
sinfda sinfdan tashqari ishlar qanday tashkil qilinishi va o‘tkazilishini qarab
chiqamiz.Bu sinfda sistemali ishning asosini matematik o‘n minutliklar tashkil
qiladi. Odatda, o‘n minutliklar hafdasiga bir marta butun sinf bilan o‘tkaziladi.
O‘n minutliklardagi mashg‘ulotlar sinf chegarasidan tashqariga chiqishi juda
muhimdir.
Topshiriqlar darslarda beriladigan oddiy matemetik topshiriqlarga o‘xshash
bo‘lmasligi kerak: topshiriqlarning mazmunlari bolalarga tushunarli qiyinlik
darajalari bolalarga mos bo‘lishi kerak: javoblar tez topilishi kerak, agar
hisoblashlar zarur bo‘lsa , ular faqat og‘zaki bajarilishi kerak.
Qiziqarli matematika soati darsdan keyin sinfning hamma o‘quvchilari bilan
o‘tkaziladi. 2-sinfda bu mashg‘ulotlar epizodik ravishda o‘tkaziladi. 2-sinflarda
sistemali ravishda (ammo oyiga 1-2 martadan ko‘pmas ) o‘tkaziladi, chunki
ularni o‘tkazishga ko‘p vaqt talab qilinadi. Mashg‘ulotning davomiyligi 2-
sinfda 25-35 minut . Mashg‘ulot o‘tkazish uchun har hil qiziqarli arifmetik va
geometrik mazmunli masalalar, qiyinroq masalalar, hazil masalalar, masalalar
tuzishga doir masalalar, qiziqarli kvadratlar, rebuslar, topishmoqlar va
boshqalar material bo‘lib hizmat qiladi.
Matematika to‘garagida o‘rganiladigan material mazmuni va hajmini
chegaralab qo‘yish qiyin. Bunda maktab sharoiti va o‘qituvchining
tayyorgarligiga qarab to‘garakda turli xil tarixiy, nazariy va amaliy
materiallarni o‘rganish mumkin.
Matematika to‘garagining muvaffaqiyatli ishlashda, o‘quvchilarni
to‘garak ishiga jalb qilishda, qiziqtirishda dastlabki mashg‘ulotlarning ro‘li
13


katta. Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, dastlabki mashg‘ulotlarning ko‘p
qismini qiziqarli matematikaga ajratish ham yaramaydi, chunki keyingi
mashg‘ulotlarda qiziqarli matematikadan boshqa materillarga qiziqish
kamayadi, natijada o‘quvchilar to‘garakdan soviy boshlaydi. Shuning uchun
dastlabki mashg‘ulotlarda ham, keyingi mashg‘ulotlarda ham qiziqarli
materiallar hajm jihatdan barobar bo‘lish ma‘quldir.
Sinfdan tashqari ish tashkilotchisining matematik va umumpedagogik mahorati
ham bu ishning sifatiga va ilmiy metodik darajasiga ta‘sir ko‘rsatmasdan
qolmaydi. O‘qituvchining shaxsiy malakasi ham katta ahamiyatga ega. Shu
sababli sinfdan tashqari ish har bir o‘qituvchini qanoatlantiradigan aniq uslubiy
ko‘rsatmalar berishi qiyin.
To‘garak mashg‘ulotlarini o‘tkazish sinf darslariga yaqin. Sinfdagi va sinfdan
tashqari ishlarning o‘xshashligi jamoa o‘quv ishini tashkil qilish formasi bilan
aniqlandi, bunda o‘qituvchi o‘quvchilar guruhi bilan mashg‘ulot olib boradi,
zaruriy tushunchalarni beradi, o‘quvchilardan so‘raydi va h. Bu yerda
o‘quvchilarga katta tashabbuskorlik berish maqsadga muvofiq, ularga
muhokama qilinayotgan masala yuzasidan mulohazalarini bemalol aytish
uchun to‘la imkoniyat berish kerak. Bunda o‘quvchilarni matematik tilda
gapirishga o‘rgata borish, ularni matematik nutqlari (og‘zaki nutq va yozma
nutq) ustida ishlashi ham eng muhim pedagogik vazifalardan biridir.
Bundan tashqari to‘garaklarda to‘garak kutubxonasi, matematika burchagi
tashkil qilish va ularni jihozlash, ayrim tadqiqot ishlari olib boorish maqsadga
muvofiqdir. Bu ishlarni yaxshi tashkil qilish uchun sharoitga qarab, chorak
dasturlari, yarim yillik matematik va taqvimiy dasturlari tuziladi.
. Matematik viktorina, matematik ertalik, matematik musobaqa tavsifi
Matematika
fanidan
sinfdan
tashqari
tadbirlar
Тadbir shakli.Тadbir mavzusi. Тadbir maqsadi. O‘qituvchi faoliyati. O‘quvchi
faoliyati.
14


1. Matematik o‘yinlar Sehrli kvadrat Тez va aniq hisoblash O‘yinni boshqarish,
o‘quvchilarni qiziqtirish va sehrli kvadrat tarixi bilan tanishtirish Mantiqiy
fikrlash
2. Qiziqarli matematik soatlar Rebuslar, fokuslar, Krsvordlar Matematika
darslarida olingan bilimlarni chuqurlashtirishТurli rebuslarni, krasivordlarni
tayyorlashRebuslar va krasivordlarni topish
3. Matematik viktorina Hamma narsalarni bilishni istayman Murakkab
masalalar Тurli murakkab masalalarni tayyorlash va viktorinani boshqarish
Hamma masalalarni bilishga intiladilar
4. Matematika ertaligi Тarixiy masalalar Тarixiy misollarni o‘rganish
Misollarni tayyorlash va ertaliklarni boshqarish. Тarixiy misollarga qiziqtirish
Misollarni yechishga harakat qilish
5. Matematik to‘garaklar Mashhur matematik olimlarning hayoti va faoliyati
Olimlarning matematikaga qo‘shgan hissasi, matematika tarixini chuqur
o‘rganish Matematika to‘garagini boshqarish va ssenariy yozish Тarixiy
materiallar to‘plami
6. Devoriy gazeta, qiziqarli tarixiy hikoyalar, olimlarning ijodi va hayotidan
yangiliklar O‘quvchilarning dunyoqarashini shakllantirishga erishish. Devoriy
gazeta uchun material to‘plash, devoriy gazetalarni chiqarish va tarixiy
materiallarni o‘rganish.
7. Ekskursiyalar, tarixiy muzeylarga sayohatlarga olib boorish, milliy grafika,
geometrik shakllar bilan tanishtirish, ekskursiya jarayonida tarixiy materiallar
bilan tanishtirish, matematikadan yangi bilimlarga ega bo‘lish.
Matematika darslarini samaradorligini oshirishda tarixiy materiallardan
foydalanish darslar tizimi.
O‘rganiladigan mavzular nomi, darsning borishi, kutiladigan natija, tarixiy
tushunchalarni shakllantirish manbaalari.
1. Natural sonlarni raqamlash va ular ustida arifmetik amallar Yashash uchun
raqamlarni zarurligi, uni xalq ijodiyoti va qadriyatlarida ifodalanishi
Raqamlarni paydo bo‘lish zaruriyati va asoschilari Al-Xorazmiyning «Hind
15


kitobi» risolasi ahamiyatini bilishva vatanparvarlik hissiyotini tarbiyalash. Xalq
og‘zaki ijodiyoti, masal, topishmoq mutafakkirlar ta’limotidir
2. Miqdorlar: uzunlik, yuza, vaqt, hajm, og‘irlik tushunchalari va o‘lchov
birliklari Тurli miqdorlarni kelib chiqish tarixi, ularni har kunlik hayotga
ishlatilishi. O‘quvchilarni aniq, mantiqiy fikrlashga o‘rgatish O‘nli pozision
tizimini o‘lchov birliklarida tatbiq etilishi. O‘quvchilar ongli ravishda buni
ishlatishi Тurli xalqlarda miqdorlarni o‘lchashda turli o‘lchov birliklari,
ularning nomlari. Тurli o‘lchov asboblari (soat, chizg‘ich, palitka va h.k.)
3. Kasrlar va ulush tushunchasi Ulush va kasr tushunchalari kelib chiqish
tarixi, turli xalqlarni bular to‘g‘risidagi fikrlari Kasrlarni kundalik hayotda
masala-misollarni yechishda to‘g‘ri tatbiq etilishi. Vatanparvarlik tarbiya
Qadimiy Misr, Bobilliklarni kasr haqidagi ta’limoti. O‘rta Osiyolik
olimlarning, xususan G‘iyosiddin al-Koshiyning «Arifmetika kaliti» asari. Ibn
Sino, Beruniy ijodi.
4. Algebra elementlari: sonli va o‘zgaruvchi ifodali tushunchalari, tengsizliklar
va tenglamalar yechishAlgebrik tushunchalarni kelib chiqish tarixi. Matematik
bilimlarni chuqurlashtirish. Mantiqiy abstrakt fikrlashga o‘rgatish.Algebra
elementlarini ongli ravishda tushunish, bilish, to‘g‘ri tatbiq etish. Buyuk
ajdodlarimiz ijodi bilan yaqindan tanishish. Milliy o‘zlikni anglash hissini
tarbiyalash Muhammad -al-Xorazmiyni «Al-jabr va al- muqobala» asari va
uning ahamiyati. Qadimgi Misr papirusilaridagi ma’lumotlar, qadimgi Yunon
olimlarining ta’limoti. Umar Hayyom ijodi.
5. Geometriya elementlari: nuqta, to‘g‘ri chiziq, kesma, burchak, uchburchak,
to‘rtburchak, to‘g‘riburchak, ko‘pburchak, aylana, kvadrat, yuza va h.
Geometrik figuralarni chizish, o‘lchash, geometrik masalalarni yechish,
kundalik hayotga tatbiq etish. O‘quvchilarning fazoviy tasavvurlarini abstract
fikrlashini rivojlanadi, amaliy malakalar tarkib topadi. Evklidning «Negizlar»
asari, Pifogorning ilmiy maktabi, ijodi. Barcha buyuk O‘rta Osiyo olimlari
ijodi, faoliyati
16


6. Masalalar yechish, mantiqiy fikrlash, analiz va sintezni qo‘llashga o‘rgatish.
Тaqqoslash, umumlashtirish, konkretlashtirishga, yo‘naltirishga o‘rgatish.
Matematik bilimlarni amaliyotga tatbiq qilish. Masala yordamida tarbiya
muammolarni hal qilish. Qadimgi Misr papiruslaridan boshlab hozirgi
davrning turli manbaalari haqida ma`lumot berish.
Shuni ta’kidlash lozimki, individual va guruhli mashg‘ulotlar tizimli ravishda
o‘tkazilmasligi, aksincha, asosiy ish sinfda bajarilishi kerak. Sinfdan tashqari
ish sinfdagi dars shakliga nisbatan bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
1. O‘z mazmuni bo‘yicha u davlat dasturi bilan cheklanmagan, matematik
material o‘quvchilarning bilimlari va malakalariga mos ravishda berilishi
kerak.
2. Boshlang‘ich sinflarda bolalarning matematikaga nisbatan to‘plangan
turg‘un qiziqishlari haqida hali gapirib bo‘lmaydi.
3. Topqirlik, ziyraklik, tez hisoblashlar, yechishning samarali usullaridan
foydalanish rag‘batlantirilishi kerak.
4. Darslar 45 minutga rejalashtirilgan holda sinfdan tashqari mashg‘ulotlar
mazmuniga va o‘tkazilish shakllariga qarab 10–12 minutga ham, bir soatga
ham mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin.
5. Sinfdan tashqari ishlar shakl va turlari (qiziqarli matematika soatlari,
to‘garaklar, viktorinalar va h.k.) qarab mazmunining turli tumanligi bilan
xarakterlanadi.
Matematika minutliklarida, topshiriqlarga qiziqish uyg‘otish va quvvatlash
uchun bu topshiriqlar darslarda beriladigan oddiy matematik topshiriqlarga
o‘xshash bo‘lmasligi kerak.
Mashg‘ulot o‘tkazish uchun har xil qiziqarli arifmetik va geometrik mazmunli
masalalar, qiyinroq masalalar, hazil masalalar, masalalar tuzishga doir
masalalar, qiziqarli kvadratlar, rebuslar, topishmoqlar va boshqalar material
bo‘lib xizmat qiladi.
17


Matematik to‘garak matematikadan tizimli sinfdan tashqari ishning eng ko‘p
tarqalganidan biri. Uning asosiy vazifasi – matematikaga alohida qiziqish
ko‘rsatgan o‘quvchilar bilan bajariladigan chuqurlashtirilgan ish.
Matematik to‘garak ishi qiziqarli matematika soatlaridan quyidagilar bilan farq
qiladi:
Matematika to‘garagiga o‘quvchilar tanlashda ularning matematikaga nisbatan
alohida qiziqishlarini, moyilliklari va imkoniyatlarini hisobga olish kerak.
Mustaqil ravishda ko‘rgazmali qurollar (abaklar, ba’zi o‘yinlar uchun misollar
yozilgan kartochkalar va boshqalar) tayyorlaydilar, matematika kechalari
o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘radilar va hokazo.
Matematika to‘garagini o‘tkazish uchun oldindan uning ish rejasini tuzish
kerak. Namuna uchun ikkinchi yarim yillikda 1-sinfda o‘tkazilgan ba’zi
to‘garak mashg‘ulotlarining taxminiy rejalarinini keltiramiz.
I mashg‘ulot. 1. Rebuslarni o‘ylab topish. 2. Qo‘shishga oid qiziqarli
masalalar. 3. 100 ichida raqamlashni bilishni tekshirishga oid mashqlar. 4.
Тopqirlikni talab qiladigan masalalar. 5. Hazil masala. 6. Тopishmoqlar. 7.
Quvnoq
sanoq
(20
ichida)
o‘yini.
II mashg‘ulot. 1. Rebuslarni o‘ylab topish. 2. Тopqirlikni talab qiluvchi she’riy
masalalar. 3. Geometrik figuralarni tahlil qilishga doir mashqlar. 4. Hazil
masala.
5.
“Sonni
to‘ldir”
o‘yini.
III
mashg‘ulot. Dars
tipidagi
to‘garak
mashg‘uloti.
Matematik viktorinalar.Matematik viktorinalar ma‘lum tema, bo‘lim yoki
umuman matematikaga doir masalalar bo‘yicha savol – javob o‘yini bo‘lib,
ko‘p vaqt va katta tayyorgarlik talab qilmaydi.
Boshlang‘ich sinflarda viktorinalar 10 – 20 minut davom etadi. Bunda oldindan
tayyorlangan 5 – 6 savolga og‘zaki yoki yozma javob olinadi.
I – IV sinflarda matematik viktorinalarni tizimli o‘tkazib turish o‘quvchilarni
masalalarni turli usullarda yechishga o‘rgatadi, ularning fikrlash va
hozirjavoblik qobiliyatlarini kamol toptiradi.
18


Umuman, viktorinalar qizigan musobaqa tarzida o‘tadi, eng bilag‘on topqir va
hozirjavob o‘quvchini, ilg‘or sinfni aniqlash imkonini beradi.
Viktorinada qatnashish mutlaqo ixtiyoriy bo‘lib, o‘quvchilarning matematikaga
bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, matematikaga qiziquvchilarni aniqlash va
keyinchalik ularni matematikaga jalb etish maqsadida o‘tkaziladi.
Albatta, viktorinada tavsiya etilgan savollar turlicha qiyinlikda bo‘lib, unga
ko‘proq o‘quvchilarning qatnashuviga erishish kerak. Matematik viktorinalar
har xil o‘tkazilishi mumkin.
Quyidagi ikki xilini misol tariqasida keltiramiz:
1. Savollar (misol, masalalar) o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga og‘zaki
beriladi yoki doskaga oldindan yozib qo‘yiladi. Javobni ham o‘quvchilar
og‘zaki tayyorlaydilar. Yoki o‘z daftarlariga qisqa, ya‘ni o‘zlari eslab turishlari
uchun kerakli narsalarni yozib turadilar. O‘qituvchi o‘quvchilardan bir nechtasi
qo‘l ko‘targuncha kutib turib, keyin birinchi bo‘lib qo‘l ko‘targan o‘quvchini
so‘raydi. Agar birinchi qo‘l ko‘targan o‘quvchi noto‘g‘ri javob bersa, ikkinchi
uchunchi va qo‘l ko‘targan o‘quvchilardan (to‘g‘ri javob olguncha) so‘raladi:
2. Agar o‘qituvchi savolni doskaga yoki qog‘ozga oldindan yozib qo‘yiladigan
bo‘lsa u o‘quvchilarga ishlash uchun buyruq beradi va javoblarni daftarga
yozib to‘g‘riligiga ishonch qilgandan keyin qo‘l ko‘tarish kerakligini aytadi.
O‘qituvchi qo‘l ko‘targan o‘quvchilar oldiga borib berilgan savol, masala yoki
misol javobini ko‘radi. So‘ngra avval qo‘l ko‘targan o‘quvchiga javobni
aytishga va javobini tushuntirib berishga ruxsat beradi.
Matematik ertaliklar.Matematik ertaliklar (kechalar) ommaviy tadbirlardan biri
bo‘lib, o‘quvchilar va ota – onalar o‘rtasida matematik bilimlarni tarqatish
hamda o‘quvchilarning matematikaga qiziqishini oshirish, shu bilan birga
ularni matematik to‘garaklarga ko‘proq jalb qilish maqsadida o‘tkaziladi.
Bunday ertaliklar I – IV sinflarda 1 – 2 marta o‘tkazish mumkin.
Ertalikni bir sinf bilan yoki parallel sinflarni qo‘shib o‘tkazish mumkin. Ertalik
o‘rta hisobda bir soat davom etishi mumkin. Ertalikni o‘tkazish uchun puxta
tayyorgarlik ko‘rish kerak. Buning uchun eng kamida bir oy oldin o‘qituvchi
19


chuqur o‘ylangan reja tuzib chiqishi kerak. Shundan keyin o‘quvchilar bilan
suxbatlashib, ularga qilinadigan ishlar taqsimlab chiqiladi. Bu ishga yuqori sinf
o‘quvchilarini va ota – onalarini ham jalb qilish mumkin.
Ertalik dasturini kerakli materiallar (she‘r, qo‘shiq, boshqotirma, qiziqarli
masala, matematik o‘yin, konkurs masalalari, viktorina savollari, ishtirokchi
personajlar kostyumi va boshqa) tayyor bo‘lgadan so‘ng yana bir marotaba
ko‘rib chiqish va muhokamadan o‘tkazish kerak.
Ertalikni (kecha) o‘tkazishdan bir hafta oldin uning chiroyli bezatilgan va katta
qilib yozilgan dasturni ko‘rinarli joyga osib qo‘yish kerak. Dasturdagi ba‘zi
savollarga boshqa o‘quvchilar ham tayyorgarlik ko‘rishi mumkin.
Ertalik o‘tayotgan xonaga (zal) shu ertalikka atab chiqarilgan matematik
ro‘znoma yoki jurnal osib qo‘yiladi. Iloji boricha shu xona ertalikka moslab
bezatiladi.
Ertalikda (kecha) ishtirok etgan bolalar fantaziya qilish, mulohaza yuritish,
to‘g‘ri fikrlash va gapirishga o‘rganishadi. Demak, matematik ertalik uchun
sarflangan vaqt faqat matematik qimmatga ega bo‘lmay, balki o‘quvchilar
uchun umummadaniy qimmatga va tarbiyaviy ahamiyatga ham egadir.
matematik musobaqa
 
Yuqorida aytib o‘tilgan sinfdan tashqari ishlarda
(10 minutlik, viktorina, ertalik va h.k.), asosan, butun sinf o‘quvchilari ishtirok
etsa, matematik musobaqalarda (konkurs, olimpiada) ko‘pchilik ishtirok etib,
g‘oliblar musobaqasi bilan yakunlaydi, ya‘ni bu musoba bir necha (ko‘pincha 3
yoki 4) soat davom etadi. 1 turda istagan hamma o‘quvchilar qatnashishi
mumkin. Unda muvaffaqiyatli qatnashgan o‘quvchilar II – turda qatnashadilar.
II – turdan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar III – turda qatnashush huquqiga
ega bo‘ladilar va h.k. I turni sinfdagi barcha o‘quvchilar ishtirokidagi og‘zaki
qiziqarli savollar orqali viktorina shaklida o‘tkazish mumkin. Shunda g‘olib
chiqqan o‘quvchilar bilan II – tur musobaqalar o‘tkaziladi. Shundan keyin
parallel sinflar o‘quvchilari III – turda kuch sinashadi.
20



Yüklə 177,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin