`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI SANOAT MULK52
Yaratilgan yangilik va iхtirоlar ilmiy tadqiqоt ishlari bu - aqliy mехnat bo`lib uning natijalari ishlab chiqarishga qo`llanilsa, u Intellektual mulk hisоblanadi va quyidagi ko`rinishlariga ega bo`lishi mumkin:
1. Yangilik
2. Iхtirо
3. Fоydali mоdеllar
4. Sanоat namunalari (prоm.оbraztsu)
5. Tоvarlik bеlgilari.
6. Yangi nоmlar.
Shulardan fоydali mоdеlda birоr bir tехnik vazifani yеchishda kiritilgan ma`lum bir fоrmula va yеchimlar kiritiladi. Sanоat namunalari - qilingan yangilikni qurilgan namunasi va ularning har tоmоnlama estеtik ko`rinishlari hisоbga оlinadi. Tоvarlik bеlgisi - tоvarga qo`yilgan tamg`a bo`lib bu bоshqa tashkilotlarning tоvarlaridan farq qilishi uchun bеriladi. Qilingan yangilik va iхtirоlar uchun mualliflik guvохnоmasi yoki patеnt bеriladi. Mualliflik guvохnоmasi umrbоd bеrilib, patеnt esa ma`lum vaqtgacha saqlanadi.
Inson faqat intellektga ega bo‘lgandagina oqilona ishlar qilishi, ijod bilan shug‘ullanishi va ma’naviy jihatdan to‘laqonli hayot kechirishi mumkin. Inson o‘z oldiga vazifalar qo‘ya oladi va ularni hal qilish yo‘llarini izlaydi, fan va san’at asarlarini yaratadi, texnikaning yangi namunalarini ixtiro qiladi, tobora takomillashgan har tomonlama mukammal tovarlar ishlab chiqaradi, bino va sanoat korxonalari quradi. Intеllеktual faоliyatning kеyinchalik qandaydir birоr-bir оb`еktiv (mоddiy) shaklda ifоdalana оladigan natijalarigina intеllеktual mulk bo`ladi dеb aytish mumkin. Insoniyat dahosi, uning intellekti bizni o‘rab turgan tabiatni, olamni o‘zgartirishga qodir.1 Inson hayotining maqsadi – eng yaxshi narsalarga intilishdir. Ibtidoiy tuzumdan, ya’ni ilk mehnat qurollari yaratilgandan boshlab inson har doim o‘zining turmush tarzini yaxshilash, o‘z ijodiy salohiyatini amalga oshirish yo‘llarini tinimsiz izlab kelgan. Shuning uchun ham qadim zamonlardan insoniyat jamiyatida birinchi olimlar, ixtirochilar, rassomlar va musiqachilar paydo bo‘lgan. Ular insonlar hayoti va turmushini yengillashtiruvchi asbob–uskunalar ixtiro qilishgan, chorvachilik va qishloq xo‘jaligini o‘zlashtirib, atrof muhitdan himoyalanish uchun uylar qurishgan, yuklarni tashish vositalarini o‘ylab topib, dengizda suzish uchun kemasozlik bilan shug‘ullanishgan va bu bilan texnik, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotni ta’minlab kelishgan.
G‘ildirak, kamon va uning o‘qi, eshkak va qayiq, kulolchilik uskunasi, va boshqalarning ixtiro qilinishi insoniyatning eng buyuk yutuqlari qatoriga kiradi.
Bugungi kunda bizni o‘rab turgan borliq va barcha narsalar, kundalik ust–bosh va ro‘zg‘or buyumlaridan tortib koinotdagi yo‘ldoshlargacha qachonlardir inson tomonidan ixtiro qilingan va uning intellektual faoliyati natijasi hisoblanadi. Intellektual faoliyat insoniyat jamiyati rivojlanishining asosiy sababidir.
Intellektual faoliyatning eng muhim turlari fan, san’at va texnik ijodiyot xalqlar va millatlar, davlat va sivilizatsiyalar rivojining doimiy yo‘ldoshidir. Lekin fan va texnika taraqqiyoti ko‘p asrlar mobaynida faqat insoniyat jamiyatining ehtiyojlarini qondirish vositasi bo‘libgina xizmat qilib qolmadi. Aksincha, tarixdan ma’lumki, fan va texnikaning rivojlanishi, adabiyot va san’at asarlari aksariyat hollarda teskari ta’sir ko‘rsatib, insoniyat munosabatlarining rivojlanishida asos bo‘lgan va nafaqat ayrim kishilar, balki butun bir davlatlar va sivilizatsiyalar taqdiriga ta’sir etgan. Bunday ta’sir ayniqsa XX asrda, ilmiy–texnika inqilobi iqtisodiy va industrial rivojlanishda katta o‘zgarishlarga olib kelgan vaqtda yorqin namoyon bo‘ldi va bugungi kunda jahonda shakllangan iqtisodiy va siyosiy tizimni belgilab berdi. Insoniyat jamiyati o‘z boshidan quldorlik, feodalizm, kapitalizm, sotsializmni kechirdi. XXI asrning boshida, asosiy rivojlantiruvchi kuchi raqobat bo‘lgan bozor iqtisodiyoti eng samarali iqtisodiy tizim ekanligi tan olindi. Ma’lumki, raqobatsiz rivojlanish bo‘lmaydi, shu bois hozirgi zamonda raqobat kurashi barcha sohalarda, davlatlar, butun bir mintaqalar va iqtisodiy ittifoqlar o‘rtasida yuz bermoqda. Raqobat har doim jamiyatning harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan, shuning uchun insoniyat rivojlanishini hech bir mubolag‘asiz raqobat kurashi tarixi, deyish mumkin.
Aynan raqobat texnikani rivojlantirish, texnologiyalarni takomillashtirish, yangi buyumlar yaratish va bozorga xaridorgir tovarlar taklif etish, doimo ularning sifatini yaxshilab borish, mahsulot tannarxini pasaytirish, jami imkoniyatlarni amalga oshiriga undovchi ob’ektiv iqtisodiy omildir. Bunday iqtisodiy rag‘batlantirishning eng maqbul usuli shundan iboratki, inson o‘z intellektual salohiyati natijalariga mulkchilik huquqiga ega bo‘lishi, ya’ni, intellektual mulkka egalik qilishi kerak. Zero undan boshqa hech kim bu natijalarga xo‘jayinlik qila olmasin. Faqat uning o‘zigina intellektual ijodi natijalaridan o‘z istagicha foydalanish va boshqa shaxslarga sotish borasida mutlaq huquqqa ega bo‘ladi. Shu yerda biz hozirgi vaqtda jahondagi eng muhim tushunchalardan biri hisoblagan intellektual mulk tushunc asiga duch kelamiz. Eng avvalo intellektual mulk intellektual faoliyat natijasidir.
Barcha intellektual faoliyat ham intellektual mulk bo‘la olmasligi aniq. Inson fikrlaydi, uning hayolida behisob G‘oyalar, loyihalar tug‘iladi, lekin ularning hammasi ham hayotda amalga oshmay, qolib ketadi. Faqat boshqalar tomonidan ob’ektiv ravishda qabul qilinadigan, ya’ni o‘zining muayyan chegaralariga ega bo‘lgan g‘oya va fikrlargina mulk bo‘la olishi ravshandir. Intellektual faoliyatning keyinchalik qandaydir biror–bir ob’ektiv (moddiy) shaklda ifodalana oladigan natijalarigina intellektual mulk bo‘ladi deb aytish mumkin.
Intellektual faoliyat odatda juda ko‘p qirrali bo‘lib, keng miqyosda o‘zgarib turishi mumkin. Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) quyidagilarni haqli ravishda o‘zining shiori deb e’lon qildi:
- Insoniyat dahosi jami san’at asarlari va ixtirolarning manbaidir.
- Bu asarlar insonga munosib hayot kafolatidir.
- Barcha turdagi san’at asarlari va ixtirolarni ishonchli himoyalash har bir davlatning burchidir.
Intellektual mulk ob’ektlarining har biri o‘ziga xos xususiyatlarga egaligi ravshan. Demak, bu ob’ektlarni huquqiy muhofazalash samaradorligining yuqori bo‘lishi uchun bu ob’ektlarning muayyan xususiyatlarini hisobga oladigan turli huquqiy himoya tartiblari zarur bo‘ladi.
Intellektual mulk ob’ektlarini ko‘rib chiqar ekanmiz, shuni qayd etish mumkinki, intellektual mulkda ob’ektlarning ikki guruhi alohida ajralib turadi: san’at bilan bog‘liq badiiy asarlar va sanoat tarmog‘i – xususan yangi buyumlar, tovarlar va texnologiyalarni ishlab chiqish va bozorga taklif etish bilan bog‘liq ob’ektlar.
Aynan ana shu vaziyatlar XX asrda jahonda umum qabul qilingan xalqaro huquqiy standartlar shakllanishiga olib keldi, shunga muvofiq intellektual mulk o‘z ichiga ikki asosiy huquqlar sohasini oladi:
● mualliflik va turdosh huquqlar, unga muvofiq ilmiy, adabiy, musiqiy, badiiy, fotografiya va audiovizual asarlarga huquqlar, shuningdek fonogramma ishlab chiqaruvchilar va ijrochilar, efir va kabel eshittirishlari tashkilotlarining huquqlari himoya qilinadi;
● sanoat mulki, u ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, shuningdek tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari, tovarlarning kelib chiqish joyi, firma nomlariga huquqlarni o‘z ichiga oladi.
Bundan tashqari noan’anaviy intellektual mulk ob’ektlari ham mavjud bo‘lib, ular mualliflik huquqi va sanoat mulki o‘rtasida turib, o‘z ichiga: EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari; integral mikrosxemalar topologiyasi; seleksiya yutuqlari; oshkor etilmagan axborot (nou–xau)larni oladi.
Sanab o‘tilgan barcha muayyan huquqiy muhofaza ob’ektlari, xususan, badiiy asarlar va san’at turlari, ixtirolar, tovar belgilari, EHM uchun dasturlar va hokazolar intellektual mulk ob’ektlari deb ataladi. Intellektual mulkning ikkita asosiy huquq sohasiga bo‘linishi sabablarini tushunish uchun eng avvalo yuqorida qayd etilgan intellektual mulk ob’ektlarini to‘laroq ko‘rib chiqamiz:
● adabiyot, fan va san’at asarlari, audiovizual asarlar – bu ob’ektlar, odatda, muayyan ob’ektiv shaklda aks ettirilgan yoki ifodalangan asarlarning asl nusxalari, masalan, bosma matn, surat, musiqiy klip va shu kabilar;
● ixtirolar – bu yangi g‘oya, texnik yechim bo‘lib, amaliyotda texnikaning biror–bir sohasidagi muayyan muammoni hal qilish imkonini beradi va belgilangan mezonlarga javob beradi. Shuni qayd etish kerakki, ixtirolarga foydali modellar deb ataladigan ob’ektlar ancha yaqin turadi.
● sanoat namunalari – bu buyumning tashqi ko‘rinishini belgilab beradigan badiiy–konstruktorlik yechimi (dizayni)dir;
● tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari – bir ishlab chiqaruvchining tovarlari va xizmatlarini boshqa ishlab chiqaruvchilarning shu kabi tovarlari va xizmatlaridan farqlash uchun xizmat qiladigan belgilardir; Tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari, tovarlarning kelib chiqish joylari nomi va firma nomlari o‘z mohiyatiga ko‘ra bir maqsadga xizmat qiladi, xususan tovar (xizmatlar) ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida halol raqobatni ta’minlash vosita bo‘ladi, iste’molchi u yoki bu tovar (xizmat)larni sotib olar ekan, shu nom va belgilar orqali bu tovar (xizmat)ning muayyan ishlab chiqaruvchisi kimligini aniqlab oladi. Intellektual mulkning bu ob’ektlari fuqarolik muomalasi ishtirokchilari va ular ishlab chiqaradigan mahsulot (ishlar, xizmatlar)larni xususiy alomatlarini aks ettiruvchi (individuallashtirish) vositasi sifatida bitta umumiy tushunchaga birlashtirilishi mumkin.
● tovarlarning kelib chiqish joyi nomi – mamlakat, aholi punkti yoki boshqa geografik ob’ektning tovarni belgilash uchun foydalaniladigan nomidir. Bunda tovarning alohida xususiyatlari to‘la yoki qisman bo‘lsa ham ushbu geografik ob’ektga xos tabiiy sharoitlar yoki inson omillari bilan belgilanadi;
● firma nomlari – muayyan mavqega ega bo‘lgan firmalarning nomlari;
● EHM uchun dasturlar – EHM va uning tarmog‘lari ishlashi uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar va komanda (buyruq)lar majmui; EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari o‘z mohiyati jihatidan sanoat mulkiga nisbatan mualliflik huquqlari ob’ektlariga ancha yaqin. Shuning uchun ularni mualliflik huquqlari me’yorlari bilan muhofaza qilish qabul qilingan.
● ma’lumotlar bazalari – axborotni kompyuterda qidirish va ishlov berish imkoniyatini ta’minlash maqsadlarida sistemalashtirilgan ma’lumotlar majmui.
● integral mikrochizmalar topologiyasi – integral chizma elementlari va ular o‘rtasidagi aloqalar majmuining moddiy eltuvchida qayd qilingan fazoviy–geometrik joylashuvi. Topologiyalarning moddiy eltuvchilari integral mikrochizmalar kristali, ya’ni yarimo‘tkazgich plastina qismi bo‘lib, uning hajmi va yuzasida yarimo‘tkazgich mikrochizmalar, elementlararo birikmalar va kontakt maydonlari elementlari shakllangandir;
● seleksiya yutuqlari – o‘simliklarning yangi navlari va hayvonlarning yangi zotlarini yaratish vazifalarining biologik yechimi bo‘lib, bu yaratilgan nav va zotlar barchaga ma’lum nav va zotlardan aniq farqlanib turadigan, yetarli darajada bir jinsli va barqaror hamda ro‘yxati qonunda ko‘zda tutilgan tartibda belgilangan botanik va zoologik liniyalar va turlarga oid bo‘ladi.
Oshkor etilmagan axborot, ishlab chiqarish sirlari (nou–xau) – xizmat va tijorat siri bo‘lgan va uchinchi shaxslarga ma’lum bo‘lmaganligi uchun qimmatga ega bo‘lgan axborot.2 Ushbu ro‘yxat bugungi kunda mukammal va to‘liq ro‘yxat hisoblanadi. Ob’ektlarni bunday tasniflashdan maqsad intellektual faoliyatning mavjud barcha turlarini har tomonlama huquqiy muhofazalash imkonini beradigan tizimni yaratishdan iboratdir. Lekin bilimlarning yangi sohalari rivojlanib borgani sari intellektual mulk ham yangi ob’ektlar bilan to‘ldirilishi mumkin. Masalan, bundan 50 yil oldin hech kim integral mikrosxemalar topologiyasi deb atalgan ob’ektning paydo bo‘lishi va jadal rivojlanishini tasavvur ham qila olmagan edi. Bugungi kunda biz biotexnologiyalar, gen muhandisligining jadal rivojlanayotganini ko‘ramiz