2.2. Sanoatni tarkibiy qismlari va tuzilishi Sanoat tarmoqlari ayrim mezonlar bo’yicha ham birlashtiriladi. Umuman tarmoq deganda korxonalarning ma’lum o’xshash xususiyatlariga ko’ra guruhlanishi tushuniladi. Sanoat tarmoqlari odatda uch asosiy mezon asosida ajratiladi. Ular:
Xom-ashyo birligi bo’yicha ajratilgan sanoat tarmoqlari (mashinasozlik va metallni qayta ishlash, o’rmon, yog’ochni qayta ishlash va sellyuloza—qog’oz sanoati va hk.);
Iste’mol birligi, ya’ni muayyan maqsadda mahsulot ishlab chiqaruvchi
tarmoqlar (yengil va oziq —ovqat, qurilish, elektr energetika va b.);
Texnologik jarayon asosida tashkil etilgan sanoat tarmog’i (ximiya va neftni qayta ishlash)
Bundan tashqari sanoat ikki yirik guruhga: undiruvchi va ishlov beruvchi sanoatga bo’linadi. Undiruvchi sanoatga kon-kimyo xom ashyosi, metallurgiya uchun qora va rangli metallar rudasi, noruda xom ashyolar, metallsiz rudalar, neft, gaz, ko’mir, torf, slanes, tuz, noruda qurilish materiallari, yengil tabiiy to’ldiruvchilar va ohaktoshlar chiqaradigan korxonalar, shuningdek gidroelektrostansiyalar, o’rmon, baliq ovlash va boshqa dengiz mahsulotlari chiqarish korxonalari, suv keltiruvchi injenerlik inshootlari kiradi.
Ishlov beruvchi sanoatga qora va rangli metallar, prokat, kimyo va neft kimyosi mahsulotlari, mashina va asbob-uskunalar, yog’och va sellyuloza-qog’oz mahsulotlari, sement va boshqa qurilish materiallari, yengil sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalar, shuningdek sanoat buyumlarini va issiqlik elektr stansiyalarini remont qiladigan korxonalar kiradi. Shuningdek, ishlab chiqariladigan mahsulotning iqtisodiy ahamiyati va takror ishlab chiqarish jarayonidagi roli jihatidan sanoat «A» guruhga — ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarysh va «B» guruhga — iste’mol buyumlari irlab chiqarish sohalariga bo’linadi.
Dunyoda qabul qilingan hisob-rejalashtirish metodologiyaskga ko’ra, stanoklar, asbob-uskupalar, qora va rangli metallar rudasi, mineral o’g’itlar, sellyuloza va sh.k. mahsulot turlari «A» guruhga, trikotajdan va boshqa materiallardan tikilgan tayyor mahsulotlar, baliq mahsulotlari, non va non mahsulotlari, xolodilniklar, radiopriyomniklar, mebel va boshqa «B» guruhga kiradi.7 Ishlab chiqarishda va ishlab chiqarishdan boshqa sohalarda qo’llaniladigan bir necha xil mahsulotlar (masalan, elektr energiyasi, ko’mir, gazmollar va b.), ulardan haqiqatda qanday maqsadlarda foydalanilishiga qarab, «A» va «B» guruhlardan biriga mansub bo’ladi. Sanoatni bunday ikki guruhga bo’lish zaruriyati ishlab chiqarish bilan iste’mol o’rtasida to’g’ri proporsiyalar yaratish va ijtimoiy ishlab chiqarishni tez sur’atlar bilan o’stirish zaruriyatidan kelib chiqadi.
Sanoat ishlab chiqarishni joylashishiga qarab sanoat korxonasi, sanoat punkti, sanoat markazi, sanoat tuguni va sanoat rayoniga ajratiladi.