Kurs ishining maqsadi. O`zbekiston respublikasining intellektual mulk agentligi. Sanoat mulk obektlari, intellektual kapital - foyda va boshqa iqtisodiy va texnik natijalarni maksimal darajada oshirish uchun samarali foydalaniladigan patentlar, ma'lumotlar bazalari, dasturiy ta'minot, savdo belgilarini va boshqalarni o'z ichiga olgan ma'lum odamlar va nomoddiy aktivlarning bilimlari, ko'nikmalari va ishlab chiqarish tajribasi haqida ilmiy tushuncha berishdan iborat.
Kurs ishining vazifasi. O`quvchilarga:
“Intellektual mulk” va intellektual mulk ob’ektlarining tasnifi va tavsiflari
Intellekt, intellektual mulk va intellektual faoliyat xaqida asosiy tushunchalar
Sanоat mulki оb`еktlarini хuquqiy jihatdan muhоfaza qilish
Sanоat mulki оb`еktlarini хuquqiy jihatdan muhоfaza qilish.
Sanoatni tarkibiy qismlari va tuzilishi haqida tushuncha berish.
Kurs ishining obekti. Umumta’lim maktablarida tehnalogiya fani darslarida innovatsion tehnalogiyalarni tatbiq etishni tashkil etish jarayoni.
Kurs ishi predmeti:Umumta’lim maktablarida tehnalogiya fani darslarida innovatsion tehnalogiyalar asosida samarali tashkil etish shakli va metodlari.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Kirish, asosiy qism, 2 ta bob, 4 ta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yhatidan iborat.
I BOB. “INTELLEKTUAL MULK” VA INTELLEKTUAL MULK OBEKTLARINING TASNIFI VA TAVSIFLARI Intellekt, intellektual mulk va intellektual faoliyat xaqida asosiy tushunchalar
Odamzot o‘z tabiatiga ko‘ra jismoniy jihatdan eng mukammal mavjudot emas. U kuch, tezlik va epchillikda ko‘plab hayvonlardan ortda qoladi. Lekin insonda eng kuchli imtiyoz – uning intellekti mavjud.
Intellekt so‘zi lotincha intellectus so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, insonning aqli, ongi, fikrlash qobiliyatini bildiradi.
Intеllеkt – insоnni hayvоnоt dunyosidan ajratib turadigan asоsiy bеlgi bo`lib, rivоjlanishni sifat jihatidan yangi pоg`оnaga ko`taradi. Eng avvalо intеllеktual mulk intеllеktual faоliyat natijasidir. Barcha intеllеktual faоliyat ham intеllеktual mulk bo`la оlmasligi aniq. Insоn fikrlaydi, uning хayolida bеhisоb g`оyalar, lоyihalar tug`iladi, lеkin ularning hammasi ham hayotda amalga оshmay, qоlib kеtadi. Faqat bоshqalar tоmоnidan оb`еktiv ravishda qabul qilinadigan, ya`ni o`zining muayyan chеgaralariga ega bo`lgan g`оya va fikrlargina mulk bo`la оlishi ravshandir.