Bekmurodv dostonning mahsulot tayyorlash texnologiyasi fanidan tayyorlagan


XULOSA..................................................................................................................27



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə2/10
tarix03.04.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#92817
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
doston

XULOSA..................................................................................................................27
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI.......................................29
ILOVALAR………………………………………………………………………31
Kirish
Kurs ishining dolzarbligi. Hozirgi zamon texnikasining asosini mashinalar tashkil etadi. Ular qanday ishni bajarishiga ko‘ra bir–biridan farqlanadi va energetika mashinalari (turbina, ichki yonish dvigateli, elektrodvigatel, elektrogenerator va boshqalar), ishchi mashinalar (stanok, urug‘ sepish mashinasi va boshqalar): transport mashinalari (samolyot, avtomobil, vertolyot, velosiped va boshqalar): axborot mashinalari (turli kompyuterlar) kabi turlarga bo`linadi.
Mashina o‘z vazifasini bajara olishi uchun unda ishchi (ijrochi) organ bo‘ladi. Uning tuzilishi mashinaning vazifasiga va ishlash sharoitiga bog‘liqdir. Masalan, ventilyatorning ishchi organi – parragi, ekskavatorning ishchi organi – kovsh, avtomobilning ishchi organi – g‘ildiraklari hisoblanadi. Mashinalar ishchi organlari yordamida ko‘zlangan foydali ishlarni bajaradi.
Texnologik mashinalar o‘zlari qo‘llanadigan aniq texnologik jarayonlarning turiga qarab bir-biridan farqlanadi. Masalan, mashinasozlik (va boshqa tarmoqlarda) metall zagotovkalar va detallarni qirqib ishlash uchun metall qirqish stanoklari kabi texnologik mashinalarning keng tarqalgan turlaridan foydalaniladi. Bularga tokarlik, parmalash, randalash, frezalash, pardozlash stanoklari kiradi. Stanoklarning har qaysi guruxini turli tip hamda o‘lchamdagi buyumlar ishlanadigan universal va bir tip hamda o‘lchamdagi buyumlar ishlanadigan maxsus stanoklarga ajratish mumkin.
So‘nggi paytda bir necha turli texnologik operatsiyalarni bajarishga mo‘ljallangan metall qirqish stanoklari keng tarqaldi. Bunda stanoklarda bir qancha almashinuvchi tokarlik, parmalash, frezerlash, pardozlash agregatlari bor. Agregatlarning almashtirilishi stanokni tez qayta sozlash, yangi detallar yasashga tayyorlash vaqtini qisqartirish imkonini beradi va bu iqtisodiy jihatdan g‘oyat foydalidir.
Amalda texnologik jarayonlar qanchalik puxta ishlangan, tavsiya etilayotgan usullar chuqur tajriba va ilmiy yondashuvga asoslangan boʻlsa, tayyorlanadigan mahsulot (avtomobil, bino yoki inshoot va 6.) shunchalik sifatli boʻladi. Texnologiyaning fan sifatidagi roli va vazifasi mahsulot tayyorlashning eng zamonaviy va samarali usullarini yaratishdan iboratexnologiya Fan va texnika rivojlanib borgan sari texnologiya ham yangilanib va oʻzgartirib turiladi. Har qaysi sohada texnologiyani ishlab chiqish uchun texnologik hujjatlarni ishlab chiqish, tipaviy texnologik jarayonlar, standartlashtirilgan jihozlar va uskunalardan foydalanishning yagona tartibi boʻlishi lozim.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin