Oliy pedagogik ta’lim muassasalarida bo‘lajak mehnat va kasb ta’limi o‘qituvchisi texnik ijodkorligini shakllantirish masalasi ko‘p qirrali bo‘lib, u talabalarni ijodkorlik faoliyatiga tayyorlashning samarali yo‘llarini aniqlash va mazmunini muvofiq tanlash birgalikda, o‘quv jarayonida texnik ijodkorlikni bo‘lajak mutaxassislarning ijtimoiy va kasbiy tayyorgarligini umumlashtirishning aniq usul va vositalarini ishlab chiqishdek muhim pedagogik vazifani o‘z ichiga oladi. Shuningdek, ushbu jarayon vatanimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni aks ettirishi va zamonaviy ilmiy talablarga to‘la javob berishi kerak.
Respublikamizning bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tishi va dunyo hamjamiyatiga har tomonlama kirib borishi natijasida ilm olishni axborotlashtirishning amaliy yo‘naltirilgan yaxlit davlat siyosatiga asos solindi, uning ustivorliklari bo‘lgan dastlabki meyoriy-huquqiy asoslar yaratildi. Bunga misol sifatida “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida“, “Axborotlashtirish to‘g‘risida“, “Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlarni va ma’lumotlar bazalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risida“, “Aloqa to‘g‘risida“gi qonunlar va boshqa dasturiy hujjatlarni keltirish mumkin. Ushbu qonunlarga muvofiq yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar intellektual mulkdan unumli foydalanishdagi iqtisodiy samarani oshirish, yangi texnika va texnologiyalarni o‘zlashtirish, ular vositasida yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishga asoslangan intellektual mulk innovatsiya jarayonlarini rivojlantirish uchun yangi istiqbollarni ochib berdi.
3 Mamlakatimizda izchil amalga oshirilayotgan kadrlar tayyorlash milliy modеlining asosiy g‘oyasi barkamol insonni tarbiyalashni nazarda tutadi. Barkamol shaxsning muhim sifatlari bo‘lgan mehnatsevarlik, kasbiy qiziquvchanlik, ijtimoiy faollik, tirishqoqlik, intizomlilik, tashabbuskorlik, ijodkorlik qobiliyatlarini tarbiyalash o‘rta umumiy ta’lim muassasalarining muhim vazifalaridan hisoblanadi. Kadrlar tayyorlash milliy modеlining markazida shaxs sifatlari turar ekan ta’lim mеtodlarini shu asosida tanlash va qo‘llash ishlarini takomillashtirish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Bu borada o‘quvchilarning faolligini oshirish, dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarni samarali tashkil qilish alohida ahamiyat kasb etadi. Jumladan, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mеhnat ta’limi darslari yoshlarni hayotga, kasb-hunarga tayyorlashda muhim o‘ringa ega.
Mazkur qo‘llanmada maktab o‘quv ustaxonalarida mashg‘ulotlar o‘tkazishni rejalashtirish va tashkil etish, ta’limiy, tarbiyaviy va rivoijlantiruvchi maqsadlarni belgilash, jihozlarni mashg‘ulotga tayyorlash bilan bog‘liq masalalar yoritilgan. Shuningdek, qo‘llanmada 5-sinfda mehnat ta’limini amalga oshirishga oid umummetodik yondashuvlar hamda uni amalgam oshirish yo‘llari ko‘rsatib berilgan. Fan bo‘yicha taqvimiy-mavzuiy rejaning har bir mavzusi bo‘yicha dars ishlanmalari bayon qilingan.
Mehnat obyektlari sifatida namunaviy detallar tanlab olingan bo‘lib, ular tegishli ravishda o‘rganiladigan texnologik jarayonlar asosida tayyorlanadi. Shu sababli oquvchilarda umummehnat bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllanrisih, mustaqil ta’limni tashkillashtirish, yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatoliklarning oldini olish ga oid metodik tavsiyalar o‘qituvchi tomonidan boshqa mehnat obyektini tangan holida ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi.
Mazkur fanni o‘qitishda umumiy o‘rta ta’lim maktablari mehnat ta’limi darslari bilan bevosita aloqada bo‘lib, O‘zbekistondagi ishlab chiqarish turlari va zamonaviy taraqqiyot yo‘nalishlari, texnologik jarayonlar, yangi texnika, ilg‘or texnologiyalar, fan texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqbollari, ishlab chiqarish texnologiyasi, ishlab chiqarishni tayyorlashga oid texnologik hujjatlar, yog‘ochga ishlov berishga oid kasb-hunar turlari, metallga ishlov berishga oid xalq xunarmandchiligi soxalari hamda mahsulotlarni tayyorlash usullari haqida o‘quvchilarga bilim berilsa dastur mazmuniga mos keladi.
. Talabalarning mazkur fanni o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi axborot-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘qitishda plakatlar, chizmalar, namunalar, yo‘riqnomalar, texnologik xaritalar, ko‘rgazmali texnik vositalardan, kompyuter texnikasi, kinofilm, videofilm, diafilm, slayd va elektron versiyalardan, yangi pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitish, bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish ko‘zda tutiladi.
Texnologiya va dizayn”fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida o‘quvchilar yog‘ochning xususiyatlari to‘g‘risida boshlang‘ich bilimlarni egallash, ularni rejalash, yo‘nish, arralash, teshish, pardozlash ishlari va bu ishlarni bajarishda ishlatiladigan qo‘l va elektr asboblarining tuzilishi, ishlashi, dastgohlar, elektr va mexanizatsiyalashtirilgan jihozlar, mashinalar elementlari, yangi texnika va ilg‘or texnologiya asoslari, texnologik xaritalar, ularni tuzish va foydalanish, xavfsizlik texnika qoidalari,sanitariya-gigiyena talablari, o‘quvchilar metallarning xususiyatlari to‘g‘risida boshlang‘ich bilimlar, rejalash, ishlov berish, pardozlash ishlari va bu ishlarni bajarishda ishlatiladigan qo‘l hamda elektr asboblarining tuzilishi, ishlashi, dastgohlar, elektr va mexanizatsiyalashtirilgan jihozlar, mashina elementlari, yangi texnika, ilg‘or texnologiya asoslari, texnologik xaritalar, ularni tuzish va foydalanish, mehnat qonunchiligi hamda xavfsizlik texnika qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, o‘quvchilar elektr montaj ishlarida ish o‘rnini tashkil qilish; elektr o‘tkazish
simlarining turlari; elektr o‘tkazgichlarni montaj qilish izolyatsiyalash ishlari; elektr asboblari; elektr o‘tkazish simlarini montaj qilish hamda ish asboblari bilan bilan ishlash usullari, pol qoplamalari hamda mebellarning laklangan va qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta’mirlash ish usullari; yurtimiz me’morchiligi tarixi, xona intereri hamda jihozlanish dizayni; sohaga oid yurtimizda tarkib topgan an’analar hamda zamonaviy taraqqiyot yo‘nalishlari; xona va fanlar bo‘yicha o‘quv kabinetlarida mebel va qo‘shimcha jihozlarni joylashtirish sxematik tasviri hamda eskizlarini tayyorlash to‘g‘risida,
O‘zbekistondagi ishlab chiqarish turlari va tarkibi, ularning bir-biriga bog‘liqligi; texnologik jarayonlar, yangi texnika, ilg‘or texnologiyalar; mehnat predmetiga mexanik ta’sir etish orqali amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar; ishlab chiqarishdagi kimyoviy va fizik-texnologik jarayonlar; fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqboli; ishlab chiqarish texnologiyasi; ishlab chiqarishni tayyorlashga oid texnologik hujjatlar to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi kerak;dizayn talablari darajasidagi ro‘zg‘orbob va xaridorgir buyumlarni tayyorlashni, ro‘zg‘orbob hamda xaridorgir, dizayn talablari darajasidagi buyumlarni, bitta xonani yoritish zanjiri sxemasini tuzish; maishiy elektr asboblarini elektr manbaiga ulash, ularning atrof-muhit va inson sog‘ligiga ta’siri; elektr energiyasini tejamli ishlatish usullari; kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish o‘rnini tashkil qilish; kavsharlashda simlar, kavshar, flyuslar turlari; kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish asboblari hamda ish usullari; elektr montaj ish asboblari turlari va ularda ishlash usullari; elektr bilan ishlovchi sodda uskuna va jihozlar tayyorlashni, taklif etilgan yechimlar asosida xonalarni jihozlash; shahar va qishloq uylarida suv, gaz, elektr energiyasi va issiqlik ta’minoti tizimi va undan foydalanish qoidalari; uy va xonadonlarni ta’mirlash ishlarining asosiy turlari; ta’mirlashda qo‘llaniladigan zamonaviy qurilish materiallari; mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilish, o‘lchash va taqqoslash texnologiyalari; kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish yo‘nalishlari, tartibi va standartlari; mulkchilik turlari, marketing va menejment faoliyatining rivojlanishi; zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabati bilan uzviyligi; olinadigan daromad va uni taqsimlash qoidalari; mehnatni unumli tashkil etish, tejamkorlik va ishbilarmonlik asoslari; mehnatni ilmiy tashkil etish; tabiatni muhofaza qilish; o‘quvchilar yog‘ochga va metallarga ishlov berish jarayonlari bilan uyg‘unlashtirilgan xalq hunarmandchiligi texnologiyalari; hunarmandlarning bozor munosabatlari asosidagi faoliyatlari, uyushmalari va uning istiqbollari; hunarmandchilik bo‘yicha ko‘rgazma va tanlovlarni tashkil qilish va ishtirokchilarni tanlash qoidalari; hunarmandlari tomonidan eksport va ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar; xalq hunarmandchiligida foydalanilayotgan nodir materiallar, asbob-uskunalar hunarmandchilik mahsulotlarini tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligi ta’minlanishiga ko‘ra baholash; kompozitsion yaxlitlik; xalq hunarmandchiligiga oid tanlangan bitta kasb-hunar turlar; xalq hunarmandchiligining tanlangan yo‘nalishi bo‘yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg‘unlashtirilgan mahsulot tayyorlash ish usullarini bilishi, malaka hosil qilishi va amalda qo‘llay olishi kerak; хalq xunrmandchiligining etnik, tarixiy, mahalliy, geografik xususiyatlari, tadbirkorlik, ijodkorlik asoslari; yog‘ochga ishlov berishga oid kasb hunar turlari, metalga ishlov berishga oid xalq xunarmandchiligi soxalari; metallarga ishlov berishga oid kasb hunar turlari, elektrotexnik hamda elektron uskunalarni ishlab chiqarish, ishlatish va ularga xizmat ko‘rsatish, asboblarni elektr montaj qilish va ishga tushurishga tayyorlash bilan bog‘liq kasb hunarlar bo‘yicha, uy va xonadonlarni ta’mirlashda qo‘llaniladigan asosiy ish asboblari; suv ta’minoti tizimi, suv quvurlari, ventil va jumraklarni sozlashda mayda ta’mirlash ishlarini bajarish; qurilish va ta’mirlash bilan bog‘liq kasb hunarlar, sanoat miqiyosida ko‘p seriyali ishlab chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo‘lgan mahsulot namunasini tayyorlash bo‘yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg‘unlashtirilgan mahsulotlarni tayyorlash ish usullariga oid bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.