Bekmurodv dostonning mahsulot tayyorlash texnologiyasi fanidan tayyorlagan


Texnologiya va dizayn fanining nazariy asoslari, ishlab chiqarishda yangi texnika va ilgor texnologiyalar mavzusida 1 soatlik dars ishlanma



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə8/10
tarix03.04.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#92817
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
doston

2.3. Texnologiya va dizayn fanining nazariy asoslari, ishlab chiqarishda yangi texnika va ilgor texnologiyalar mavzusida 1 soatlik dars ishlanma
Amaliy mashg’ulotlarning o’tkazish uslubi (Dars ishlanmasi namunasi)
Darsning maqsadi:

  1. Ta’limiy maqsad: Texnologiya va dizayn fanining nazariy asoslari, ishlab chiqarishda yangi texnika va ilgor texnologiyalar haqida umumiy ma’lumot berish.

  2. Tarbiyaviy maqsadi: o’quvchilarga Texnologiya va dizayn faniga bo’lgan qiziqishini uyg’otish , go’zallikga havas shakillantirish.

  3. Rivojlantiruvchi maqsadi: Texnologiya va dizayn fanining nazariy asoslari, ishlab chiqarishda yangi texnika va ilgor texnologiyalar haqida ilmiy tushiuncha berish

5. Dars jihozi: quritish asbob va moslamalari
Darsning o’tish usuli: savol-javob , ko’rgazmali , amali mashg’ulot
Dars borish:

  1. Tashkiliy qisim;

    1. Davomat aniqlash

    2. O’quvchilar mashg’ulotga tayyorligini bilish

    3. O’quvchilarning amaliy mashg’ulot uchun maxsus kiyimlarning kiyishga hozirlash.

  2. Yangi mavzu bayoni:

8Texnologiya va dizayn fanining nazariy asoslari, ishlab chiqarishda yangi texnika va ilgor texnologiyalar O’quvchilarga mashg’ulot vaqtida texnik xafsizlik bo’yicha yo’riqnoma berish:
Barcha texnologiya fani o’qituvchilari o’quv ustaxonalarida o’quvchilarga amaliy mashg’ulot o’tish vatida ularga olib borilayotgan mashg’ulot yuzasida o’rgatilishi lozim bo’lgan texnik xafsizk qoidalarining chuqur o’zlashtirishi lozim bo’ladi .
9O’qituvchi talabalarga amaliy mashg’ulot bilan bir vaqtda u talabalarga bajariladigan amaliy ish yuzasidan to’liq na’zariy ma’lumot berish bilan bir qatorda shu mashg’ulot bajarishda amal qilish lozim bo’lgan texnik xafsizlik qoidalariga ham alohida e’tibor berish lozim. Bu jarayonda o’qituvchi talabaga mashg’ulot texnik xafsizlik qoidasi haqida ma’lumot yo’riqnomasi bilan tanishtirish lozim bo’ladi. Shuningdek saqlovchi moslama vazifasi , xafsiz ishlash qoidalari , ish o’rning yig’ishtirish va tozalash shaxsiy gigyena to’g’risida ma’lumot olishi kerak. Bu vaqtda o’quvshi vati-vaqita na’zorat qilib turiladi.
Har bir topshiriqning mazmuni bolalarda ko‘nikma va malakalar, texnik tafakkur, mehnatga qanday yondashishning shakllanishi va rivojlanishiga yordam berishi, shuningdek ularning ishdagi mustaqilliklarini ta’minlashi lozim. Bu o‘rinda o‘quvchilarning qiziqishlari va individual xususiyatlarini nazarda tutish kerak. Shuning uchun mexnat topshiriqlarini tuzishda ularga quyidagi o‘quv vazifalarini hal etish uchun zarur bo‘lgan bir qator ma’lumotlarni kiritish lozim.
O’quvchilarga topshiriqni quyidagi tartibda, ya’ni o‘qituvchi buyumning namunasini tayyorlab, sinf doskasida ayrim detallarning texnik rasmlarini va ularning razvyortkasini aks ettirib berishi o‘zini oqlaydi. O’qituvchi narsaning rasmini ko‘rsatib, uning asosiy qismlari nomini (masalan, fyuzelaj, old qismi, qanoti, stabilizator) tartibi bilan aytadi. Bunday tushuntirish o‘qituvchi oldindan tayyorlab qo‘ygan modelni ko‘rsatish davrida ham qilinishi mumkin. So‘ngra o‘qituvchi detallarning texnik rasmlari va razvyortkalari yordamida bolalarni 228 mehnat ob’ektining detallari hamda ularni tayyorlash va yigishning umumiy ish plani bilan tanishtiradi.
Baliq skleti metodi

Darsda o`quvchilar bilan savol javoblar orqali ularning o`zlashtirrgan bilimlari tekshiriladi.


Dars oxirida uyga vazifa berildi.

Xulosa
Ta’lim-tarbiya mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o’tishi bilan kengayib taraqqiy etib borishi natijasida uning shakl, usul va vositalari ham takomillashib bormoqda. Hozirgi inson faoliyatining asosiy yo’nalishlari shu faoliyatdan ko’zda tutilgan maqsadlarni to’liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga, ya’ni texnologiyalarga aylanib bormoqda. Xuddi shu kabi ta’lim-tarbiya sohasida ham so’nggi yillarda ta’lim texnologiyalari faol tarzda amal qila boshladi.
Ma’lumki, ta’lim-tarbiya jarayoni katta avlod tomonidan o’z bilim va tajribalarini o’sib kelayotgan avlodga o’rgatishdan iborat bo’lib, bu jarayonda, asosan, inson hayoti uchun zarur axborotlarni avloddan- avlodga uzatish amalga oshiriladi. Inson hayoti axborotlar bilan chambarchas bog’liq. Insonning har bir harakati axborot olish va uzatish yoki undan foydalanish, o’rganish, o’zlashtirish, saqlash va boyitishdan iborat.
Ta’lim texnologiyalari masalalari va muammolarini o’rganayotgan pedagog, ilmiy-tadqiqotchi, amaliyotchilarning fikricha, ta’lim texnologiyalari – bu albatta, axborot texnologiyalari bilan bog’liq O’qitish, ta’lim jarayonida qo’llanishi zarur bo’lgan texnik vositalar, kompyuter, masofaviy o’qitishdan foydalanish, deb belgilanadi. Ta’lim texnologiyalarining bog’liq eng asosiy negizi – bu o’qituvchi va talabaning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlagan texnologiyalariga, ya’ni o’qitish jarayonida, maqsad bo’yichakafolatlangan natijaga erishishda qo’llaniladigan har bir ta’lim texnologiyasi o’qituvchiva talaba o’rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o’quvjarayonida talaba mustaqil fikrlay olsa, ijodiy ishlay olsa, izlansa, tahlil eta olsa, o’zi xulosa qila olsa, o’ziga, guruhga, guruh esa unga baho bera olsa, o’qituvchiesa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha, ana shu, o’qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzu, o’quvpredmetining o’ziga xos texnologiyasi bor, ya’ni o’quv jarayonida o’qitish texnologiyasi – bu yakka tartibdagi jarayon bo’lib, u talabaning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo’naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir. Ta’lim texnologiyasi tizim sifatida ko’rilganda, uning tuzilmasini tashkiliy funksional elementlar bo’yicha tasavvur etish mumkin. Ta’lim texnologiyasining tashkiliy elementlari - ta’lim beruvchi, ta’lim oluvchi, maqsad, natija, ta’lim mazmuni, o’qitish usullari, tashkiliy shakllari, vositalari, nazorat qilish va baholashdan iborat. Pedagogik jarayon o’quv maqsadini qo’yish bilan boshlanadi. Maqsad shunday aniq bo’lishi lozimki, uning vositasida ta’lim- tarbiya jarayonini qanday darajada amalga oshirilganligini aniqlash, berilgan vaqtda ko’zlangan maqsadga erishishni ta’minlaydigan didaktik jarayonni qurish imkonini bersin. Ta’lim texnologiyasining maqsadi o’rganilayotgan o’quv predmetining maqsadlaridan va mazmunidan, tarbiyaviy ta’siridan kelib chiqqan holda aniqlanadi hamda ta’lim maqsadiga mansub bo’ladi. Ta’lim mazmuni, o’quv materiali quyidagilarda o’z aksini topadi: mazkur fanni o’qitish mazmunini o’zida aks ettirgan ta’lim texnologiyalari, darsliklar va o’quv qo’llanmalarining matni, axborot manbalari. O’qitish usullari, vositalari va tashkiliy shakllari, ya’ni ta’lim oluvchiga pedagogik ta’sir etish texnikasi va qurollari, axborot mazmuni va didaktik maqsadlarga uyg’un holda tanlab olinadi hamda amaliyotga tatbiq etiladi. Shuningdek, bunda ta’lim oluvchilarning yosh, fiziologik xususiyatlari, ta’lim muassasalarining moddiy jihozlanishi, ijtimoiy muhit ham hisobga olinadi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin