Bektasova Gulbahor Anvarbekovnaning


bob Kimyo o’quv fanidan amaliy mashg’ulotlar va laboratoriya ishlarini o’tkazish metodikasi



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə6/25
tarix02.01.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#44985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bektasovaaa

1 bob Kimyo o’quv fanidan amaliy mashg’ulotlar va laboratoriya ishlarini o’tkazish metodikasi


1.1 Organik kimyo fanidan foydalaniladigan dasturlar bilan tanishish va ularni o’rnatish.

Oxirgi vaqtlarda axborot texnologiyalarining shiddatli rivojlanishi tufayli kimyo fanlarini o’qitish texnologiyasiga turli xil kompyuter dasturlari kirib keldi. Kimyoning asosiy obyekti – molekula juda kichik bo’lgani uchun uni oddiy ko’z bilan ko’rib yoki qo’l bilan ushlash imkoniyati yo’q. Ammo uning kattalashgan modelini hosil qiluvchi turli kompyuter dasturlari yaratildi. Bu dasturlardan kimyo fanlarini o’qitishda samarali foydalanish uchun ularning xususiyatlarini bilish zarur. Bugungi kunda keng qo’llaniluvchi ayirm kimyoviy kompyuter dasturlarining ba’zi xususiyatlari 1-jadvalda keltirilgan.



      1. jadval

Kimyoviy kompyuter dasturlarning ba’zi xususiyatlari




Datur nomi

Animatsiyali yoki

animatsiyasiz



Tili

Boshqarish erkin yoki

chegaralangan



Ovozli yoki ovozsiz

1

Crocodile chemistry 605

Animatsiyali

Ingliz

Erkin

ovozli

2

Химия ( 8-11 класс )

Виртуальная лаборатория



Animatsiyali

Rus

o’zbek


Qisman erkin

ovozli

3

Davriy_jadval

Animatsiyali

O’zbek

Erkin

ovozsiz

4

Chemsk12

Animatsiyali

Ingliz

Erkin

ovozsiz

5

Химический калькулятор

Animatsiyasiz

Rus

Chegaralangan

ovozsiz

6

ChemDraw Ultra 11.0

Animatsiyali

Ingliz

Erkin

ovozsiz

7

CHEMIX 12

Animatsiyasiz

Ingliz

Chegaralangan

ovozsiz

8

GaussView

Animatsiyali

Ingliz

Erkin

ovozsiz

9

ChembalanceWiziard32

Animatsiyasiz

Ingliz

Chegaralangan

ovozsiz

10

Xumua42

Animatsiyasiz

Rus

ingliz


Chegaralangan

ovozsiz

Yuqoridagi jadvalda berilgan kimyoviy kompyuter dasturlarining xususiyatlarini inobatga olib, ularni quyidagicha sinflarga bo’lishni taklif qilamiz.



  1. Animatsiyali, ovozli, bajarilish imkoniyati erkin dasturlar: Crocodile chemistry 605, Химия (8-11 класс) Виртуальная лаборатория;

  2. Animatsiyali, bajarilish imkoniyatlari erkin, ovozsiz dasturlar: Davriy_jadval, Chemsk12, ChemDraw Ultra 11.0, Gauss View;

  3. Animatsiyasiz, bajarish imkoniyati chegaralangan, ovozsiz dasturlar: Химический калькулятор, CHEMIX 12, ChembalanceWiziard32, Xumua42.

Sanab o’tilgan dasturlarni 3 ta asosiy sinflaridan kimyo fanlarini o’qitish uchun foydalanishda o’quvchilarning bilim savyasi va imkoniyatlarini hisobga olgan holda quydagicha taqsimlanishi maqsadga muvofiq bo’ladi; umumta’lim maktablari uchun 1- sinf dasturlari, akademik litsey va kasb-hunar kolejlari uchun 1- va 3-sinf dasturlari, oliy ta’lim o’quv yurtlarida 1-, 2- va 3-sinflarning barcha dasturlaridan keng foydalanish mumkin. Oliy ta’lim o’quv yurtlarida kimyo fanlarini o’qitish uchun kimyoviy kompyuter dasturlaridan foydalanishning quydagicha taqsimlanishini 2-jadvalga muvofiq taklif etamiz.

      1. jadval Oliy ta’lim o’quv yurtlari uchun kimyo fanlarini o’qitishda foydalaniladigan

kimyoviy kompyuter dasturlarining taqsimlanishi



Fan nomi

Dastur nomlari

1

Noorganik kimyo

Crocodile chemistry605, Химия (8-11класс) Виртуальная

лаборатория, Davriy_jadval, CHEMIX 12.



2

Analitik kimyo

Crocodile chemistry605, Химический калькулятор,

Davriy_jadval, Xumua42.



3

Fizik kimyo

Crocodile chemistry 605, Химия ( 8-11 класс ) Виртуальная лаборатория, ChembalanceWiziard32

4

Modda tuzilishi

Davriy_jadval, Chemsk12, ChemDraw Ultra11.0, Gauss View

5

Organik kimyo

Chemsk12, Химия ( 8-11 класс ) Виртуальная лаборатория,

Gauss View



6

Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash

Химия (8-11 класс) Виртуальная лаборатория, Crocodile chemistry 605, Химический калькулятор

Kimyo fanlarini o’qitishda yuqorida taklif etilgan kimyoviy kompyuter dasturlarini sinflash va qo'lanilish borasidagi takliflar inobatga olinsa, ta’lim jarayonining samaradorligi yanada ortadi deb hisoblaymiz.

Chemsk12.exe dasturini o’rnatsih uchun tugmasi bosiladi.


Hosil bo’lgan oynadan “Next>” tugmasi belgilanadi.



Dastur to’g’risidagi letsenziya malumotlar bilan tanishdim deb belgilanadi.



Hosil bo’lgan oynalar ketma-ketligidan “Next>” tugmasi belgilanadi.






  1. Hosil bo’lgan oynadan “Next>” tugmasi, 2- Hosil bo’lgan oynadan “Install” tugmasini bosamiz.

Dastur o’rnatilish o’ynasi hosil bo’ladi, so’ng dasturni o’rnatishning oxirgi bosqichi yani “Finish” tugmasi bosiladi va dastur o’rnatilish yakunlanadi va ishchi stolda dasturlar oynasi hosil bo’ladi.






Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin