235
BOSHLANG’ICH SINF O'QUVCHILARINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARINI INOBATGA
OLGAN HOLDA TA’LIM TARBIYA JARAYONINI TASHKIL ETISH
10.53885/edinres.2021.39.22.056
Z.Sh.Yusupova
Buxoro davlat universiteti, Buxoro, O’zbekiston
A.Y.Temirov
Buxoro davlat universiteti, talaba Buxoro, O’zbekiston
Организация учебного процесса с учетом психологических особенностей
младших школьников
З.Ш.Юсупова
Бухарский государственный университет, Бухара, Узбекистан
А.Ю.Темиров
Бухарский государственный университет, Бухара, Узбекистан
Organization of the educational process taking into account the psychological characteristics
of younger students
Z.Sh.Yusupova
Bukhara State University, Bukhara, Uzbekistan
A.Y.Temirov
Bukhara State University, student Bukhara, Uzbekistan
Annotatsiya:
Mazkur maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’yinlar yordamida
jismonan rivojlantirishning o’ziga xos yo’llari hamda vazifalari ochib berilgan.
Kalit so’zlar:
boshlang’ich ta’lim, sport,
jismoniy tarbiya, jismoniy rivojlanish, jismoniy
sifatlar.
Аннотация:
В данной статье разъясняются конкретные способы и задачи
физического развития младших школьников с помощью игр.
Ключевые слова:
начальное образование, спорт, физическое воспитание,
физическое развитие, физические качества.
Annotation:
The article explains the specific methoods and tasks of physical
development of young school students with the help of games.
Key words:
primary education, sports,
physical education, physical development, physical
qualities.
Jismoniy tarbiya o'qituvchisi jismoniy tarbiya jarayonida o'quvchi-yoshlar va
bolaning yosh xususiyatlari va psixik jarayonlari, shaxs xususiyatlarining rivojlanishini
farqlash, psixik jarayonlar (diqqat, nutq, sezgilar, idrok, xayol, xotira, tafakkur, hissiyot va
boshqalar), psixik holatlar (emotsiyalar,
hayratlanish, ishonchlilik, ijodiy ruhlanish,
e'tiqodlilik, apatiya, qiziquvchanlik, bardamlilik, tetiklik) va shaxs xususiyatlarini
(temperament, qobiliyat, iqtidor, mas'uliyat xarakter) jismoniy tarbiya va sport
bilan
bog'lay olish lozim. Mash-g'ulot jarayoni, uning ta'siri,
musobaqa davrida, musobaqadan
so'nggi, davr, jamoa orasidagi munosabat holatlarining shakllanishi ahamiyatini bilishi
lozim.
Jismoniy tarbiya o'qituvchisining faoliyat turidan qat'iy nazar faoliyat tarkibiy qismi,
odatda, bir xil his etish va idrok qilishlar bilan bog'liq bo'lgan perseptiv (masalan
o'quvchilarni kuzatish), ma'lumotni eslab qolish va qaytatiklash bilan bog'liq. Bo'lgan
mnemik, faoliyat jarayonida yuzaga keladigan vazifani hal etish bilan bog'liq bo'lgan
fikrlovchi, tasavvur qilish, yangi mashqlarni o'ylab o'quvchi faoliyatiga ta'sir qilish alohida
o'rinni egallaydigan harakatlantiruvchi tarkibiy qismlarga ajratiladi.
236
Faoliyat bir qancha bosqichlarda amalga oshiriladi, tayyorlanish bosqichi, rejani
bajarish (asosiy bosqich) bosqich va erishilganlikni baholash bosqichi (yakunlovchi
bosqich).
Birinchi bosqichda jismoniy tarbiya o'qituvchisi juda katta hajmda ish bajaradi. Reja
bo'yicha konspekt tuzadi, ularga tayyorlanadi, joylarni (zalni, suv havzasini,
sport
maydonini, stadionni) tayyorlaydi. Darsga oid bo'lgan barcha sport anjomlarini, qurollarini
tayyorlaydi. Bu bosqichga faoliyatni yanada muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun
o'quvchilarga qulay bo'lgan sharoitlarni yaratish va jismoniy tarbiya o'qituvchisining
psixologik tayyorlanganligi kiradi.
Ikkinchi bosqichda o'quvchilarni (shug'ullanuvchilarni) nazorat qilish, ularni
tarbiyalash (axloqiy, aqliy, estetik, mehnat vazifalarini tarbiyalash jihatidan), tartib saqlash,
ularni jarohatlanishdan saqlash va hokazolar kiradi. Belgilangan ishlarni amaliy tatbiq
qilish, o'quvchilar harakatlari, intizomini nazorat qilish, dars boshida yuzaga keladigan
qiyinchiliklarni bartaraf etish, vaziyat o'zgarishiga ko'ra dars rejasini to'g'rilash bilan
bog'liq. Bu bosqichda chetda qolgan o'quvchilar o'rtasidagi e'tiborni doimo taqsimlash va
olib o'tish jismoniy jarohatlanishga olib keladigan vaziyatiaming oldini olishga ko'ra
o'qituvchining sergakligi bilan shartlanadigan o'qituvchi psixik kuchlanishi bilan
tavsiflanadi, boshqacha qilib aytganda, jismoniy tarbiya o'qutuvchisiga nafaqat psixik
jihatdan, balki jismoniy jihatdan ham jismoniy yuklanish tushadi.
Uchinchi bosqich (yakunlovchi bosqich) unda o'tkazilgan darsdagi yutuq va
kamchiliklarga baho beriladi. Erishilgan natijalar baholanadi, jismoniy tarbiya
o'qutuvchisini faoliyati funksiyasi jismoniy tarbiyaning maqsadi va vazifalarining kelib
chiqishi lozim. Faoliyatni qayta bajarishda rejaga to'g'rilashlarni kiritish bilan bog'liq,
o'tilgan darsning to'liq tahlili, ba'zi bir noto'g'ri dalillarni umumlashtirish,
ilmiy uslubiy
adabiyotda yuzaga kelgan savollrda javob qidirishni talab qiladi. Jismoniy tarbiya
o'qituvchisining asosiy maqsadi ularning garmonik shakllanishiga va jamiyatga sadoqatli,
vatanparvar bo'lib yetishishiga yordam berishdir. Shuningdek tarbiyaviy, ilmiy, tashkiliy,
rahbarlik, loyihalashtirish, ma'muriy-xo'jalik funksiyalarni ham bajarishga to'g'ri keladi.
O'quvchilar jismoniy tarbiyasining maqsadi - Mustaqil Vatanga barkamol rivojlangan
va sodiq bo'lgan shaxsni shakllantirishga yordam berish bo'lib, bu maqsadga o'quvchilar
ta'lim-tarbiyasi jarayonida erishiladi. Umumiy vazifalarda ochib beriladi va aniqlashtiriladi.
Shuningdek, ta'limiy, tarbiyaviy, sog'omlashtirish vazifalari qo'yiladi. Bu vazifalarni hal
etishda boshqalari hisobiga birini ustun qo'yishga yo'l qo'ymaslik kerak. Ba'zida sport
yo'nalishiga ega bo'lgan o'qituvchilar tarbiyaviy va umumta'lim vazifalarini unutib, asosiy
e'tiborni o'quvchilar jismoniy rivojlanishiga beradilar. Boshqa holda ikki tarbiyaviy va
sog'lomlashtirish vazifalari aziyat chekadi.
Jismoniy tarbiya o'qituvchisi faoliyati sharoitlari xususiyati
jismoniy mashqlarni
ko'rsatish va jismoniy mashqlarni bajarishda o'quvchilarning xavfsizligini ta'minlash hamda
ochiq havoda, safarlarda o'tkaziladigan mashg'ulotlarda o'quvchilar o'quvchilar bilan
birgalikda harakatlanish zaruriyatidan iborat. Bu kunda bir qancha darslarning mavjudligi
jismoniy tarbiya o'qituvchisi uchun katta jismoniy yuklama-ni yaratadi. O'qituvchi butun
kun davomida oyoqda tik turishi, harakat-da bo'lishi oyoq va qadni rostlovchilarga yuklama
yaratishini hisobga olish kerak. Yosh o'tgan sari jismoniy konditsiyalar yomonlashishini
e'tiborga olgan holda jismoniy tarbiya darslarida jismoniy tarbiya o'qituvchilari bilan
sinaladigan
jismoniy
yuklama
pedagogik
faoliyatining
amalga
oshirilishini
qiyinlashtiradigan omillaridan biri bo'lishi muqarrar. Ayniqsa bu erkak o'qituvchilar
jismoniy qobiliyatlari darajasiga qaraganda kam bo'lgan ayol o'qituvchilariga tegishli.
Pedagogik faoliyat pedagogik vazifalarning uzluksiz hal qilinishini bildiradi. Ularni
hal qilish - mazkur pedagogik vaziyatga, pedagogik maqsadga erishishini mos usulini
topishdir. Sababi o'qituvchi va o'quvchi e'tiborliligi, o'quv materialiga bo'lgan munosabati,
o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi munosabat hamda o'quvchilar o'zi o'rtasidagi munosabat
237
bilan ish ko'radi. Shuning uchun bir marta va har doim tekshirilgan maqsadga erishishi usuli
bilan ishlash ko'p holda qulaydir. Har doim muntazam ravishda maqsadga erishishi
usullarini almashtirish, mazkur pedagogik vaziyat uchun eng yaxshi usul tanlash kerak.
Jismoniy tarbiya o'qituvchisi avvalo bolalarni o'rab
turgan ijtimoiy muhit
tengdoshlari va kattalar o'rtasida bo'ladigan munosabatlarni birinchi kundan boshlab
o'rgatib boradi. O'qituvchi bir sinfning o'zida turli xil va individual tafovutlarga duch keladi.
Bular o'qituvchi o'quvchilaming temperament tiplari, xatti-harakatlari (ko'nikma
malakalari), o'quv materiallarini o'quvchilar tomonidan qanday eslab qolishi, qanday
o'zlashtirayotganliklarini, sport musobaqalari, sport bayramlari hamda estafetalarda
qanday faollik ko'rsatayotganliklarini (boshqa ish shakllarida) bilishidan iboratdir.
Yana shuni aytish kerakki, o'rgatish jarayonida mashqlarni qismlarga bo'lib
o'rgatishdan ko'ra, soddalashtirilgan holda butunlay o'rgatish metodini qo'llash maqsadga
muvofiqdir. Masalan: yugurib kelib uzunlikka sakrash (echki bolasiga (uloqchaga o'xshab)
sakrash), yugurib kelib balandlikka sakrash (ariqdan sakrab o'tishga o'xshab). Jismoniy
tarbiya bo'yicha ta'lim jarayoni kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning
ixtiyoriy,
barqaror, mustahkam, kuchli, to'planuvchan, taqsimlanuvchan, faol, ongli diqqatini
rivojlantirishga qulay shart-sharoit yaratadi. Bilim olish uchun mustaqil aqliy mehnat qilish
(u yoki bu mashqlarni, elementlarni bajarishi), mashqlarni takrorlashi, irodaviy zo'r
berishda ixtiyoriy, ongli diqqat tarkib topadi. Shuningdek, uning eng zarur xususiyatlari
takomillashadi, bu esa ongli boshqarish imkoniyatini beradi.