Belbog`li kurashning qoidalari Reja


Gavdani o`ngdan chapga va chapdan o`nga aylantirish



Yüklə 24,4 Kb.
səhifə2/4
tarix28.10.2022
ölçüsü24,4 Kb.
#66665
1   2   3   4
Belbog

Gavdani o`ngdan chapga va chapdan o`nga aylantirish.

Har ikki oyoq bilan turli xildagi cho`qqayish-oyoqlar orasini torroq ochish, kengroq ochish, mashqni oyoq uchida, oyoq kaftini to`la yerga tegirib bajarish, cho`qqayib turgan holda turgan choyda sakrash.
Yerga qo`llar bilan tayanib yotgan holdan-qo`llarga tayanib ko`tarilish, qo`llarni bukish, yozish va keyinchalik poldan itarilib chapak chalish.
Polga chalqanchi yotgan holda ikki oyoqni to`g`ri burchak hosil bo`lguncha ko`tarish, keyin esa oyoqlarni boshidan o`tkarib bukilish va yana dastlabgi holatga qaytish. Shuning o`zini ikki uch marta qaytarish.
Tizzalarga tayanib o`tirgan holatdan qo`llarni oldinga siltab va oyoqlar bilan depsinib cho`qqayib o`tirgan holatga sakrab turish, 6-10 marta takrorlash.
Navbati bilan o`ng va chp qo`lni boshidan o`tkazib, gavdani o`ng va chap tomonga engashtirish, har bir engashish vaqtida engashgan tomonga ikki marta siltanish.
Cho`qqayib o`tirgan holatdan (oyoqlar keng qilib qo`yilgan) gavda og`irligini o`ng oyoqdan chap oyoqqa o`tkazish va aksincha. Asosiy tik turgan holatdan (oyoqlar yelka kengligida) oldinga engashi gavdani o`ng va chap tomonlarga burish.
Oyoqlarni keng ochib o`tirgan holatdan gavdani o`nga va chapga burish hamda har ikki qo`lni oyoq uchiga tegizishga harakat qilib, gavdani burilgan tomonga engashtirish.

Qo`l-oyoqda turgan holatda, qo`llarni to`lqinsimon bukish va gavdani gorizontal holatga tushirish hamda qaytadan dastlabki holatga qaytish.


Chalqanchi yotish, qo`llari va boshi bilan tayanib, ko`prik holatini olish. Qo`llari va boshiga tayanib turib tebranish, oyoqlari bilan o`nga va chapga egilish, qo`llarini qo`yib yuborib boshi va oyoqlariga tayonib turish va tebranish. Bu mashqlarning juda ko`p variantlari ham bo`lishi mumkin.
Ko`prik bo`lib turgan holatda qo`llarni qo`yib yuborish va boshiga tayanib, qo`llari bilan oyoqlarini ushlab olish, oyoqlarini qo`yib yubormay yon tomonga yotish va qoringa aylanib olish.
Qo`llarga va oyoq uchiga tayanib yotgan holatdan navbati bilan oyoqlar uchini orqaga surib borib, oyoq yuzini yerga tegizish.
Asosiy tik turgan holatdan qo`llarni ko`krak oldida kaftini oldinga qaratib bukish, oyoqlar bilan itarilish va odinga yiqilayotib, qo`llar bilan yerga tushish va so`ngra oyog`ini chalishtib tosga va yonboshga aylanish. Mashq kurash to`shagi yoki matda, dastlab turgan joydan-oyoqlar bilan itarilmay, keyin esa itarilib bajariladi.
Qo`l muskullarini aktiv bo`shashtirish mashqlari. Qo`l panjalarini mahkam siqish-musht hosil qilish. Qo`l panjalarini yozish, panjalarni bo`shashtirish va silkitish. Shundau ischillikda-muskullarni qisqartirish, cho`zish, bo`shashtirish va silkitish. Kurashchilarga boshqa muskul guruppalarini ham aktiv bo`shashtirish tavsiya etiladi. Bu muskullarning to`g`ri rivojlanishi va ishchanligini ta’minlaydi.
Turli muskul guruppalarning kuchi va chaqqonlikni rivojlantirish uchun sherigi va og`rliklari bilan juft-juft bo`lib mashqlar bajarish.
To`ldirma to`plar yoki qop bilan bajariladigan mashqlar: to`ldirma to`pni tik turgava o`tirgan holatda bir biriga tashlash; to`ldirma qopni boshi orqasida yelkada tutib turish, gavdani o`nga va chapga engashtirish; to`ldirma to`pni boshidan oshirib va oyoqlari orasida o`tkazib tashlash.
O`zi yasaga shtanga bilan bajaroladigan mashqlar-shtangani ko`kragidan ko`tarish; shtangani yelkasid ako`tarib turib, o`nga va chapga katta qadam tashlash. To`ldirma to`pni oyoq uchida ushlab, chalqanchi yotgan holatda uni boshidan o`tkazib ko`tarish.
Dastasi bo`lgan to`ldirma qop bilan mashq bajarish-turli og`rlikdagi to`ldirma qopni ikki va bir qo`llab ushlab, boshi uzra aylantirish. To`ldirma to`p yoki qopni oyoqlari orasidan orqaga uloqtirish va aylantirib uni ushlab olish.
Sherigini qarshiligi bilan bajariladigan mashqlar-qo`llarini yon tomonga yozish, pastga tushirish, o`ng va chap qo`l bilan bir qo`lni orqaga itarish, cho`qqayib o`tirgan holarda oyoqlarini bukish va yozish. Sherigining qo`lidan ushlab turib bir oyoqda turli xil cho`qqayish. Asta-sekin va tez cho`qqayish hamda turishni oyoqlarni almashtirib bajarish. Qo`llarini sherigining yelkasiga qo`ygan holatdan, pastga purijinasimon tebranish.
Sherigining bir qo`lidan ushlagan holada yelkada ko`tarib yurish, sherigini ko`kragi oldida ikki qo`lida ko`tarib yurish, sherrigini yelkaga ko`tarib olik va uni bir qo`li vaoyog`dan ushlab harakatlanish. Sherigini ko`tarib, bir joydan ikkinchi joyga yurishda taxminan bir xil vazndagi sherik tanlashga harakat qilish kerak. Bunda trenerning topshirig`iga binoan sheriklar navbati bilan almashnib turadi.

Sheriklardan biri o`z sherigining oyoqlaridan ushlab turadi, u bo`lsa qo`llarida harakatlanib yuradi, keyin ular o`rin almashadilar.

Yiqilish mashlari-sheriklardan biri pastga yiqiladi, ikkinchisi esa uning yelkasidan yoki qo`llaridan tutib qoladi. Cho`zilish mashqlari-sheriklardan biri qorni bilan yotadi, ikkinchisi esa uning beliga o`tirib oladi, sherigining oyog`ini yuqoriga ko`taradi.


Yüklə 24,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin