Berdaq nomidagi qoraqalpog’iston davlat universiteti



Yüklə 31,95 Kb.
səhifə2/4
tarix09.05.2023
ölçüsü31,95 Kb.
#109944
1   2   3   4
Savol-javob kеchasida o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishadi. Kеchaga tayyorgarlik kamida oy oldin boshlanadi. O’quvchilar maktabda tashkil etilgan qutiga o’zlarini qiziqtirgan savollarni yozib tashlaydilar. Bu savollar mavzu jihatidan har xil bo’lishi mumkin. Masalan, “Alisher Navoiy asarlari tilini tushunish uchun nima qilishim zarur?”, “Yozuv qanday kеlib chiqqan?”, “Kirill yozuvini ham o’rganish zarurmi?”, “Ko’zi ojizlar qanday yozadi va o’qiydi?”, “Kelajakda tillar qo’shilib ketishi mumkinmi?” kabi. Muayyan vaqt o’tgach, to’garak a’zolari savollarni yig’ib, ularga javob tayyorlaydilar va kеchani tashkil etadilar.
Ijodiy uchrashuvlar juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Unga ona tili darsliklarining mualliflari, mashhur tilshunos-olimlar, hukumat mukofotiga sazovor bo’lgan ona tili o’qituvchilari taklif etilishi mumkin. Ayniqsa, shular orasida maktabning sobiq talabalari bo’lsa, ularni taklif etish, ular bilan suhbatlashish katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.
O’tkir zеhnlilar mushoirasining mavzusi ham kamida bir oy oldin e’lon qilinadi. Bеllashadigan guruhlar o’zlariga sardor bеlgilaydilar. Mushoira shartlari asosida har bir guruh mustaqil tayyorgarlik ko’radi.
Mushoira, odatda, guruhlarning o’zaro tabrigi bilan boshlanadi. Asosiy qism savol-javobdan va she’rxonlidan iborat bo’ladi. Savollar o’qituvchi yoki bеllashayotgan guruhlar tomonidan tuzilishi mumkin.
Hakamlar tabrik so’zi va har bir savol-javobga tеgishli baho qo’yishadi hamda ular e’lon qilib borishadi. Mushoira savollari ona tilining muayyan bir bo’limi yoki bir nеcha kichik mavzularni o’z ichiga olishi mumkin. Masalan, “Orfografiya”, “To’g’ri talaffuz mе’yorlari”, “Sinonimlar tilga kirsin”, “Tinish belgi – tanish belgi”, “Bo’yoqdor so’zlar she’riy misralarda”, “Nutq uslublaridan bahslashamiz” kabi.
Ona tili kabinetida ish qog’ozlaridan namunalar bo’lsa, o’quvchilar uchun ancha foydali bo’ladi. Metodbirlashma ona tili kabinetini zarur o’quv-tadrisiy qo’llanmalar bilan ta’minlashga alohida e’tibor berishi lozim.
Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarga savol-javob kechalari, uchrashuvlar, o’tkir zehnlilar mushoirasi, so’zlar olamiga sayohat, ko’rik-tanlovlar o’tkazish kabilar kiradi. Savol-javob kechasida o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishadi. Kechaga tayyorgarlik 1-1,5 oy oldin boshlanadi. O’quvchilar maktabda tashkil etilgan qutiga o’zlarini qiziqtirgan savollarni yozib tashlaydilar. Bu savollar mavzu jihatdan har xil bo’lishi mumkin. Masalan, “Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi yozuvlari qanday bo’lgan?”, “Lotin alifbosiga o’tish bizga nima beradi?” v.h.
Muayyan vaqt o’tgach, to’garak a’zoari savollarni yig’ib, ularga javob tayyorlaydilar va kechani tashkil etadilar. Uchrashuvlar ham juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Unga ona tili darsliklarining mualliflari, mashhur tilshunos-olimlar, hukumat mukofotiga sazovor bo’lgan ona tili o’qituvchilari taklif etilishi mumkin. Ayniqsa, bular orasida maktabning sobiq talabalari bo’lsa, ularni taklif etish juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. O’tkir zehnlilar mushoirasining mavzusi ham 1-1,5 oy oldin e’lon qilinadi. Bellashadigan guruhlar o’zlariga sardor belgilaydilar. Mushoira shartlari asosida har bir guruh mustaqil tayyorgarlik ko’radi.
Mushoira ona tilining muayyan bir bo’limi yoki bir necha kichik mavzularni o’z ichiga olishi mumkin. Masalan, “Orfografiya”, “So’zning shakl va ma’no munosabati”, “Sodda gap turlari” kabi.
Ko’rik-tanlovlar ham sinfdan tashqari ishlarning muhim turlaridan biridir. Bu tadbir vaqti-vaqti bilan o’tkaziladigan tadbir bo’lib, uni tashkil etishda o’quvchilarning yoshi, bilim saviyasi hisobga olinadi. Chunonchi, agar boshlang’ich sinflarda “Kimning xati chiroyli?” kabi mavzular tanlansa, 5-6-sinflarda esa erkin mavzuda yozilgan insho bo’yicha tanlov o’tkazish mumkin.
Konferensiyalar ancha murakkab tadbirlardan biri bo’lib, u asosan 8 – 9va undan keyingi bosqichlarda o’tkaziladi. Bunda ham asosiy bosh mavzu oldindan o’quvchilarga ma’lum qilinadi: bu bosh mavzu kichik mavzularga ajratilib, uning har biri bo’yicha kimlar tayyorgarlik ko’rishi lozimligi belgilanadi. Bitta mavzu bo’yicha 3-4 nafar o’quvchi tayyorgarlik ko’rgan bo’lsa, ulardan biri asosiy ma’ruzachi, qolganlari qo’shimcha maruzachilar sifatida ishtirok etadilar.
Olimpiadalar ham sinfdan tashqari ishlarning bir turi bo’lib, unga ishtirok etish ixtiyoriydir. Bu tadbirga kuch sinashishni ixtiyor etgan barcha o’quvchilar ishtirok etishlari mumkin. Olimpiada g’oliblari maktab ma’muriyatining buyrug’i bilan rag’batlantiriladi.
Ona tili olimpiadalari yilda bir marta o’tkaziladigan tadbirdir. Bu tadbirning birinchi bosqichi maktabda, ikkinchi bosqichi tuman(shahar)da, uchinchi bosqichi viloyatda va to’rtinchi bosqichi Respublikada o’tkaziladi.
Xullas, sinfdan va maktabdan tashqari ishlar alohida-alohida tadbirlar sanalsa-da, ammo ular o’zaro bog’langan, biri ikkinchisini to’ldiradigan tadbirlardir.
Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning yuqorida tilga olingan barcha shakllarini tashkil etishida to’garak a’zolari faol ishtirok etadilar. Ona tllidan sinfdan tashqari olib boriladigan ishlar ham ta’limiy, ham tarbiyavly maqsadlarni ko’zlaydi. Ona tilidan sinfdan tashqari ishlami doimiy va mavsumiy tadbirlarga ajratish mumkin. Doimiy tadbirlarga to’garak mashg’ulotlari klritilsa, qolganlari vaqti-vaqti bilan o’tkaziladigan tadbirlarga kiradi. To’garak sinfdan tashqari ishlarning asosiy turi bo’lib, u o’quvchilaming doimiy barqaror tarkibi bilan ish ko’radi.
To’garakka a’zo bo’lish ixtiyoriy, ammo uning mashg’ulotlarida ishtirok etish majburiydir. Ona tili to’garagining a’zolari soni 12-15 o’quvchidan oshmasligi lozim. Ular parallel sinflardan iborat bo’lsa, mashg’ulotlarni samarali va qiziqarli tashkil etish imkoniyatlari kengayadl. Agar maktabda parallel sinflar bo’lmasa, to’garak a’zolari bitta sinfdan iborat bo’lishi ham mumkin.
To’garak har xil nomlar bilan nomlanadi. Masalan, “Ona tilim - Jonu dilim”, “Til - dil kaliti”, “O’zbek tili davlat till” v.h. Mashg’ulot 15 kunda bir marta o’tkazilgani ma’qul. Ona tili kabineti zamonaviy texnika vositalari, mashhur tilshunos olimlaming portretlari, donolarning til haqida aytgan hikmatli so’zlari, DTS talablari, tahlil namunalari, o’quvchilaming diktant, bayon va insho yozishlari uchun esdalik kabllar bilan Jihozlangan bo’lishl, o’quv-metodik majmuanl o’zida mujassamlashtirishi lozim.
Ona till kabinetlda Ish qog’ozlaridan namunalar bo’lsa, o’quvchilar uchun ancha foydali bo’ladi. Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarga savol-Javob kechalari, udirashuvlar, o’tkir zehnlilar mushoirasi, so’zlar olamiga sayohat, ko’rik-tanlovlar o’tkazish kabilar kiradi. Savol-lavob kechasida o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga Javoblar olishadi. Kechaga tayyorgarlik 1-1,5 oy oldin boshlanadi. O’quvchilar maktabda tashkil etilgan qutiga o’zlarini qiziqtirgan savollarni yozib tashlaydilar. Bu savollar mavzu jihatdan har xil bo’lishi mumkin. Masalan, “Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi yozuvlari qanday bo’lgan ?”, “Lotin alifbosiga o’tish bizga nima beradi?” v.h.
Muayyan vaqt o’tgach, to’garak a’zoari savollaml yig’ib, ularga Javob tayyorlaydilar va kechani tashkil etadilar. Uchrashuvlar ham juda katta tarbiyaviy
ahamiyatga ega. Unga ona till darsliklarining mualliflari, mashhur tilshunos- olimlar, hukumat mukofotiga sazovor bo’lgan ona tili o’qituvchilari taklif etilishi mumkin. Ayniqsa, bular orasida maktabning sobiq talabalari bo’lsa, ulami taklif etish juda katta tarbiyavlyaha miyatga ega. Q’tkir zehnlilar mushoirasining mavzusi ham 1-1,5 oy oldin e’lon qilinadi. Bellashadigan guruhlar o’zlariga sardor belgilaydilar.
Mushoira shartlari asosida har bir guruh mustaqil tayyorgarlik ko’radi. Mushoira ona tilining muayyan bir bo’limi yoki bir nec ha kichik mavzulami o’z ichiga olishi mumkin. Masalan, “Orfografiya”, “So’zning shakl va ma’no munosabati”, “Sodda gap turlari” kabi. Ko’rik-tanlovlar ham slnfdan tashqari ishlaming muhim turlaridan biridir. Bu tadbir vaqti-vaqti bilan o’tkaziladigan tadbir bo’lib, uni tashkil etishda o’quvchilarning yoshi, bilim saviyasi hisobga olinadi. Chunonchi, agar boshlang’ich sinflarda “Kimning xati chiroyli?” kabi mavzular tanlansa, 5-6- sinflarda esa erkin mavzuda yozilgan insho bo’yicha tanlov o’tkazish mumkin.
Konferensivalar ancha murakkab tadbirlardan biri bo’lib, u asosan 8 - 9va undan keyingi bosqichlarda o’tkaziladi. Bunda ham asosiy bosh mavzu oldindan o’quvchilarga ma’lum qilinadi: bu bosh mavzu kichik mavzularga ajratilib, uning har biri bo’yicha kimlar tayyorgarlik ko’rishi lozimligi belgilanadi. Bitta mavzu bo’yicha 3 -4 nafar o’quvchi tayyorgarlik ko’rgan bo’lsa, ulardan biri asosiy ma’ruzachi, qolganlari qo’shimcha
maruzachilar sifatida ishtirok etadilar.
Olimpiadalar ham sinfdan tashqari ishlaming bir turi bo’lib, unga ishtirok etish ixtiyoriydir. Bu tadbirga kuch sinashishni Ixtiyor etgan barcha o’quvchilar ishtirok etishlari mumkin. Olimpiada g’oliblari maktab ma’muriyatining buyrug’i bilan rag’ bat lantiri ladi. Ona tili olimpiadalari yilda bir marta o’tkaziladigan tadbirdir. Bu tadbiming birinchi bosqichi maktabda, ikkinchi bosqichi tuman(shahar)da, uchinchi bosqichl viloyatda va to’rtinchi bosqichi Respublikada o’tkaziladi.
Xulosa shuki, sinfdan va maktabdan tashqari ishlar alohida-alohida tadbirlar sanalsa-da, ammo ular o’zaro bog’langan, biri ikkinchisini to'ldiradigan tadbirlardir.Ona tilidan sinfdan tashqari ishlaming yuqorida tilga olingan barcha shakllarini tashkil etishda to’garak a’zolari faol ishtirok etadilar.
Odatda sinfdan tashqari ishlar deyilganda ko‘proq ikkinchi turdagi mashg‘ulotlar nazarda tutiladi va ular asosan o‘z oldiga quyidagi maqsadlarni qo‘yadi: O‘quvchilarda ona tiliga va uning tadbiqlariga qiziqish uyg‘otish, o‘quvchilarning ona tilidan reja bo‘yicha olgan bilimlarini kengaytirish, o‘quvchilarda ilmiy tekshirish xarakteridagi malakalarini oshirish, ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan ishlashga o‘rgatish, o‘quvchilarda tilshunos olimlar va tarixiy materiallar haqida tasavvurlarini kengaytirishdan iborat. Bu maqsadlarni bir qismi darsda amalga oshiriladi, ammo dars vaqti chegaralanganligi tufayli qolgan qismini sinfdan tashqari ishlarda amalga oshiriladi.
Boshlang`ich sinflarda Ona tili fanidan sinfdan tashqari ishlar bosqichlari:
1. Tayyorlov bosqichi. Bu 1-sinfning savod o'rgatish davriga to'g'ri keladi. Unga darsning bir qismi 17-20 daqiqasi ajratiladi.
2. Boshlang'ich bosqich. Bu 1-sinfning 2-yarim yilligiga to'g'ri keladi. Bu bosqichda haftada 1 marta 45 daqiqalik dars uyushtiriladi.
3. Asosiy bosqich. Bu bosqich 2-4-sinflarga to'g'ri keladi. Bu davrda o'quvchilarning o'qish malakalari mustahkamlanadi. Bunda o'quvchilarning sinfdan tashqari o'qiganlari baholanadi.
Sinfdan tashqari ishlar darslarining xususiyatlari, birinchidan, sinfdan tashqari ishlar tizimining bosqichlari bilan, ikkinchidan, o'quv vazifalari va dastur bilan, uchinchidan, oldinga qo'yilgan tarbiyaviy vazifalar bilan, to'rtinchidan, o'quvchilaming qiziqishlari bilan belgilanadi.
Doimiy tadbirlarga to`garak mashg`ulotlari kiritilsa, qolganlari vaqt-vaqti bilan o`tkaziladigan tadbirlarga kiradi.
Sinfdan tashqari ishlar ayniqsa boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun katta ahamiyat kasb etib, ularga nutqini o’stirish, olingan bilim va malakalarni mustahkamlash uchun yordam beradi. Yangi qo’shimcha ma’lumotlar manbai hisoblanadi.
Sinfdan tashqari ishlarning samarali usullaridan yana biri adabiy kechalar hisoblanadi. Adabiy kechalarga misollar “Navoiyxonlik”, “Boburning tavallud kuniga bag’ishlangan kecha” va h.k bo`lishi mumkin. Undan tashqari ekskursiya davlat kutubxonalariga tashrif, teatr va kino, bayram va tadbirlar, uchrashuvlarning jonli muloqot tarzida tashkil etilishi, ko’rik tanlovlarning yo`lga qo`yilishi boshlang`ich sinf o`quvchilarining ona tili fanini chuqur o`zlashtirishlariga muhim poydevor bo`lib xizmat qiladi.

Yüklə 31,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin