Kirish. I o`qish darslarining maqsad va vazifalari, ta`limiy-tarbiyaviy ahamiyati



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə1/19
tarix16.06.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#131203
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
hikoya o`qishni tahlil qilish



Mavzu:2-sinf o`qish darslarida hikoya o`tish usuliyoti.
REJA:
KIRISH.
I O`qish darslarining maqsad va vazifalari, ta`limiy-tarbiyaviy ahamiyati.
1.1.Kichik yoshdagi o`quvchilaming badiiy asarni idrok etishdagi psixologik xususiyatlari .
1.2. Boshlang`ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilishning metodik shartlari.
1.3. Badiiy asar ustida ishlash.
II. Badiiy asarlarni janriy xususiyatlariga ko`ra o`rganish.
2.1. Hikoyani o`qish metodikasi.
2.2. Hikoya o`tish darsi namunasi.
XULOSA .
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.
Bolaning til tizimini egallash borasidagi barcha yutuqlarini muloqotni ta`minlovchi mazmunli, keng yoyilgan fikr sifatida qaraladigan ravon nutq о`z ichiga oladi. U mazmunliligi, mantiqliligi va izchilligi bilan ajralib turadi. Ravon nutq bola til boyligini qanchalik о`zlashtirganligining kо`rsatkichi hisoblanadi, u bolaning aqlan, estetik, emotsional jihatdan rivojlanish darajasini aks ettiradi.
Monologik nutqni rivojlantirish nazariyasi va metodikasining yanada rivojlanishi bolalar ravon nutq turlari va fikr bildirishning turli xillarini о`zlashtirish xususiyatlarining chuqur tadqiq etilishi bilan tavsiflanadi. Izohlovchi nutqlar, mulohaza shaklidagi jumlalarning xususiyatlari о`rganiladi va uning negizida bolalarga monologlarning turli xillarini о`rgatish metodikasi yaratiladi.F.A.Soxin, O.S.Ushakova va ularning shogirdlari tomonidan ravon nutqni shakllantirishninig turli jihatlari bо`yicha olib borilgan tadqiqotlar ravon nutqni baholashning shunchaki mantiqlilik, izchillikdan kо`ra yanada aniqroq mezonlarini qidirishni galdagi vazifalardan biri qilib qо`ydi. Ravonlikning asosiy kо`rsatkichi sifatida sо`zlar, gaplar va fikrlarning qismlari о`rtasida zarur aloqa vositalaridan foydalangan holda, matnni tarkibiy jihatdan tо`g`ri tuzish qobiliyatini shakllantirish qabul qilingan.Olimlar bolalarni о`qitishni ularning yuqori darajadagi aqliy va nutqiy rivojlanish darajasini ta`minlash, til qobiliyatlarini shakllantirish imkonini beradigan darajada optimal tashkil etish yо`llarini topish borasida faol ish olib bormoqdalar.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin