Grafik tasvirlash ko`proq uyda bajariladi. Buning uchun o`quvchilar tasvirlanadigan matn qismini ajratadilar, uni diqqat bilan o`qib chiqadilar, mazmunini o`zlashtiradilar va unga mos rasm chizadilar. Bunda o`quvchilar bilan qanday ranglardan foydalanish, ranglar ifodalaydigan ma`nolar bo`yicha suhbat o`tkaziladi. Rasmlar ko`rgazmasi tashkil etiladi. Har bir rasm muallifi o`zi chizgan rang tasvirini izohlab beradi. Kompyuterlashtirilgan sinflarda grafik tasvirlash sinfda ham bajartirilishi mumkin. Bunda o`quvchilaming ijodiy yondashuvlariga imkon beriladi. O`quvchilar asar voqealari rivojini seriyali rasmlar asosida muayyan izchillikda tasvirlashlari ham, har bir rasm seriyasi ostida shu qismda ifoda etilgan muhim fikrlami yozib qo`yishlari ham mumkin. Bular asar matnini to`liq qayta hikoyalash, shuningdek, o`qilgan hikoya, maqolaning rejasini tuzish, matn mazmunini, uning tasviriy vositalarini bilib olishga yordam beradi. 5. Asar rejasini tuzish. Reja matn mazmunini ongli va chuqur tushunishda, asosiy fikrni ajratishda, voqealarning izchilligini belgilashda, matn qismlarining o`zaro bog`lanishini tushunishda o`quvchilarga yordam beradi. Reja ustida ishlash o`quvchilar nutqi va tafakkurini o`stiradi. Ular matnni mazmunan tugallangan qismlarga bo`lishga va har bir qismning asosini topishga, ularga qisqa va aniq sarlavha topishga, uni reja qismi sifatida shakllantirishga o`rganadilar.Reja tuzishga tayyorgarlik ishlari savod o`rgatish davridayoq boshlanadi.Tayyorgarlik mashqining eng oddiy turi berilgan sarlavhalardan kichik matn mazmuniga mosini topib qo`yish hisoblanadi. Bunday mashqqa o`rgatishda o`qituvchi sarlavha asosiy fikrni ifodalashini ta` kidlaydi, bolalar topgan sarlavhani tahlil qilib, u yoki bu sarlavha nima uchun mos yoki mos emasligini tushuntiradi. Reja tuzishga tayyorgarlik ishining ikkinchi turi o`qituvchi rahbarligida tanlab o`qish hisoblanadi, bolalar matndan o`qituvchi bergan savolga javob bo`ladigan o`rinni topib o`qiydilar. Reja tuzish oddiydan murakkabga» tamoyili asosida asta-sekin murakkablashtirilib, muayyan izchillikda o`tkazib boriladi. O`quvchilar 1 -sinfda o`qilgan kichik matnga o`qituvchi rahbarligida so`roq gap tarzida sarlavha tanlashlari, 2-sinfda kichik maqolaning rejasini o`qituvchi rahbarligida so`roq yoki darak gap tarzida tuzishlari, 3-sinfda o`qilgan matn rejasini jamoa bo`lib tuzishlari, 4-sinfda mustaqil reja tuza olishlari kerak. Rejaning eng oddiy shakli rasmli reja hisoblanadi. Buning uchun awal bolalar kitobda berilgan rasmlardan matn qismiga mosini tanlashga va uni nomlashga o`rgatiladi, keyin matn qismiga tayyor rasm berilmaydi, uni bolalaming o`zlari so`z bilan tasvirlaydilar. Hikoya o`qiladi va qismlari bo`yicha tahlil qilinadi, so`ng o`quvchilar matnning 1-qismini o`qiydilar, o`qituvchi ulardan qanday rasm chizish mumkinligini so`raydi. Qolgan qismlari ustida ham ishlar shu tarzda ishlanadi.O`quvchilar chizgan rasmlariga nom (sarlavha) qo`yadilar. Ular qo`ygan nom sarlavha xattaxtaga reja qismi tarzida yozib boriladi.O`quvchilar rasmli reja tuzishdan mantiqiy reja tuzishga o`tadilar.Bunday reja tuzish quyidagi izchillikda o`rgatiladi:
1. O`qituvchi qismlarga bo`lingan matnga tanlab reja tuzadi va matn rejasining o`rnini almashtirib, sarlavha tarzida xattaxtaning chap tomoniga yozib qo`yadi. O`quvchilar matnning 1-qismini o`qiydilar, shu qism mazmuniga mos sarlavhani topadilar, uni o`qituvchi xattaxtaning o`ng tomoniga yozadi. Ana shu tarzda xattaxtada o`qilgan matnning rejasi hosil bo`ladi. 2. Matn qismlarini tahlil qilish jarayonida o`quvchilar o`qituvchi rahbarligida har bir qismdagi asosiy g`oyani aniqlaydilar va unga sarlavha topadilar, o`qituvchi sarlavhalarni reja tarzida xattaxtaga yozib boradi. 3. Qismlarga bo`linmagan matn tanlanadi, sarlavhalar matn rejasi tartibida xattaxtaga yoziladi. O`quvchilarga berilgan sarlavhalardan foydalanib, matnni qismlarga bo`lish topshiriladi. Ular matnni o`qishadi va sarlavhalarga tegishli qismni ajratadilar. 4. Qismlarga bo`linmagan matn tanlanadi, sarlavhalar aralash tarzda xattaxtaga yoziladi. O`quvchilarga yuqoridagiday qismlarga bo`lish topshiriladi. O`quvchilar matnni o`qib, nisbiy tugallangan qismni ajratadilar va unga mos sarlavhani xattaxtadan tanlaydilar. Ish shu tarzda davom ettirilib, matn rejasi tuziladi. O`quvchilarda reja tuzish ko`nikmasi hosil bo`lgach, 3-4-sinflarda ular matnni mustaqil ravishda qismlarga bo`ladilar, har bir qismga reja tuzadilar. Rejani darak va atov gap tarzida shakllantiradilar, unda har bir qism bir turdagi gapiar shaklida bo`lishi lozim.0`quvchiIar lug`atini boyitish, nutqining hissiy ta`sirini kuchaytirish, badiiy vositalardan foydalanish ko`nikmasini shakllantirish, nutq madaniyatini o `stirish maqsadida asardagi badiiy vositalar ustida ishlanadi. Masalan, 4-sinf “O`qish kitobi” 1-sinf darsligidagi “Kitobga ixlos”matnidagi badiiy vositalar ustida quyidagicha ishlash mumkin:Kartonga ko`chma ma`noli so`zlar yozib qo`yiladi. Ularning ma`nosini izohlash bo`yicha quyidagicha savol-topshiriqlar beriladi:— Birikmalarni о `qing. Tagiga chizilgan so `zlarning ma `nosiga diqqat qiling. Ulaming qaysi ma `noda qo `llanganini izohlashga harakat qiling.olovning qip-qizil tillari — gurullab yonayotgan olovning yuqoriga bo`ralab-bo`ralab ko`tarilishi;olovning ... tillari osmonni va lar — baland ko`tarilar ;o `zini o `tga urmoqchi — olovning ichiga kirmoqchi. o`quvchilarga yordam berish maqsadida shu so`zlarni o`z ma`nosida qo`llab, taqqoslash uslubidan foydalanish mumkin: olovning tili — odamning tili;odam tili bilan y a la y d i — olov tili bilan osmonni yalaydi;o `tga urmoqchi — bolani urmoqchi.Qaysi birikmada ,”til” , “yalaydi”, “uradi” so`zlari o `z ma`nosida, qaysi birikmada ko`chma ma`noda qo`llanganligi aniqlanadi.O`xshatishlar ustida quyidagicha ishlanadi: gapiar oldindan xattaxtaga yoki kartonga yozib qo`yiladi va ular yuzasidan topshiriq beriladi: — Gapni o`qing. Alanga nimaga o`xshatilyapti?... yong`in borgan sari kuchayar, qimmatli kitoblarni ajdahodek yutayotgan alanga quturib, hujra eshigidan tutun aralash chiqib turar edi.— Parchani о `qing. Suv alangaga qanday ta `sir qildi? Nima uchun ? ...Chelaklab sepilgan suv unga kor qilmas, aksincha, moydek ta`sir qilayotgandek edi. — Quyidagi parchada Ibn Sinoning holati nimaga o`xshatilyapti?...Ibn Sino xuddi yaqin kishisini ko`rib, qabristondan qaytgan kishidek boshini quyi solib, yarim-yorti kuygan bir necha kitobni qo`ltiqlagan holda uyiga jo`nadi... So`ngra iboralar ustida ishlanadi. Bunda quyidagicha topshiriqlar beriladi: — Berilgan gaplarni о `qing, tagiga chizilgan iboralaming ma `nosiga diqqat qiling. Ularni bir so`z bilan almashtirish mumkinmi? Yoki ularning ma `nosini boshqa so`z bilan ifodalash mumkinmi?1. Askarlaming suroni quloqni qomatga keltiradi — qattiq eshitiladi.2. Kechasi uyqusi kelib, ko`ziga qum tiqila boshlaganda ... — ko`zi og`riy boshlaganda, uyqusi kela boshlaganda. 3. Ba`zilar mehnati bekorga ketayotganini ko`rib, qo `Ilarini qo `Itiqqa urdilar — ishonchini yo`qotdilar. 4. ... ko`pchilikning hafsalasipir bo`ldi — ... ishini to `xtatdi. 5. ... kiyimi bilan o `zi yonib ketishi turgan gap edi — aniq edi. 6. Oxiri baxayr bo`lsin — yaxshilik bilan tugasin. 7. ...nima to `g`risida bosh qotirayotganini bilib turibman — O`ylayotganini; 8. Bu yerda qolsam bir kuni meni chaqirib, oyog`imga bolta uradilar — yo`q qiladilar va shu kabilar. Hozir maktab tajribasida izohli o `qish, ijodiy o `qish, adabiy o`qish usulidan, muammoli o `qitish metodlaridan, ilg`or pedagogic texnologiya, interaktiv metodlardan keng foydalanilmoqda. Masalan, A. Qodiriyning “Chin do`st” hikoyasini o`rganishda izohli o`qish metodidan foydalanish mumkin. Chunki bu asar matnida o`quvchilarga lug`aviy ma`nosi tushunarsiz bo`lgan so`zlar uchraydi. Masalan, hikoyadagi saboqdosh, mirzaboshi, havolanmas, asrandi, g `arq, holda,mahdum, marsiya, xun, hamnishin, dildor, notavon, g`urbat kabi so`zlar izoh talab etadi.Metodik adabiyotlarda badiiy asar matnini tahlil qilishning uch usuli: badiiy asami yozuvchiga ergashib yaxlit o`rganish, obrazlar vositasida o`rganish, mavzuli-muammoli o`rganish alohida ajratibko`rsatiladi.Boshlang`ich sinflarda, asosan, matn asosidagi tahlildan foydalaniladi,ya`ni, o`qituvchi asarni tahlil qilishda asar matniga asoslanadi.Uni o`zgartirmagan holda undagi ma`noni, jozibani o`quvchilarga yetkazib beradi.Boshlang`ich sinflarda muammoli tahlil usulidan ham foydalanish mumkin. Masalan, “Bobur va Humoyun” hikoyasini o`rganishda o`quvchilarga “Boburning aytgan gaplari o `rinlimi?”, „Hikoyadagiday holat sodir bo`lishi mumkinmi?” kabi muammoli savollar berish o`rinli bo`ladi. O`quvchilar asarni ichda o`qiydilar, jamoa bo`lib fikr almashadilar, bahslashadilar. Bahs davomida o `quvchilar ma`naviy olamida ham, aqliy dunyosida ham muayyan o`zgarishlar, rivojlanishlar sodir bo`ladi. Asar tahlilida qo`llanadigan tanlab o`qish, unga munosabat bildirish, munosabatlarning turli xilda bo`lishi ham munozarani keltirib chiqaradi. Munozarali o`rin muammoni yuzaga keltiradi. Endi o `quv jarayoni oldida muammoni to`g`ri hal etish vazifasi turadi.Shunday qilib, boshlang`ich sinflarda ham badiiy asar matnini tahlil qilishda, umuman, badiiy asarlarni o`rganishda o`quvchi shaxsiga kuchli ta `sir qiluvchi, ularning saviyasiga mos, bilimlaming o`zlashtirilishini ta `minlovchi metod va usullardan, tahlil turlaridan foydalanish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |