Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti biologiya fakulteti biologiya yo’nalishi 1-g kurs talabasi gulmirzayeva azizaning botanika fanidan yozgan kurs ishi



Yüklə 193,42 Kb.
səhifə2/8
tarix02.01.2022
ölçüsü193,42 Kb.
#40564
1   2   3   4   5   6   7   8
KURS ISHI gulli osimliklar AZIZA davomi

MAGNOLIYATOIFALARNING MUHIM

BELGILARI

Magnoliya toifalar yoki gulli o’simliklar boshqa yuksak o’simliklardan vegetativ a’zolarnng o’ta murakkab tuzilganligi bilan ajralib turadi . Ildizlari o’q ildiz , qo’shimcha ildizlari shakllangan popuk ildiz sistemasi , havodan nafas oluvchi va tayanch ildizlari bo’ladi . Ayrim hollarda ildizning tugunak bakteriyalai bilan birlashishui kuzatiladi (burchoqdoshlarda ) . Ildiz sistemasi o’zining asosiy funksiyasi – o’simlik yer ustki qismlarini tuproqqa biriktirish , suv va unda erigan mineral moddalarni so’rishdan tashqari ortiqcha zaxira moddalarni to’plash vazifasini ham bajaradi (ildizmevalarda)

Novdalari juda xilma – xil tuzulishga ega yog’ochlangan o’t , ko’p yillik , bir yillik , o’sish shakliga ega tik , yotib o’suvchi , sudraluvchi , chirmashuvchi , ilashuvchi, o’raluvchi ; ko’ndalang kesimi - doira , to’rt qirrali uch qirrali yassi va hakazo . Poya va novdalarda turli shakl o’zgarishlar kuzatiladi (tikanlar , ildizpoyalar ,piyozboshlar, tugunaklar ) . Ba’zan poyalar rivojlanmagan va barglari ildiz bo’g’zi atrofida g’uj bo’lib o’rnashgan (qoqio’t, zubturum )

Barglarining tuzulishi va shakllari nihoyatda xilma – xil Ularda bandli , o’troq , qinli , yonbargchali , oddiy , murakkab , butun , turli darajada kesilgan , bo’lakli : tomirlanishi patsimon , to’rsimon , parallel , yoysimon , silliq , tukli , tikanchalarga aylangan (zirk , bo’ztikan , kaktus , qushqo’nmas ) .Ba’zan burglar juda qisqargan tangachalar ko’rinishida yoki butunlay yo’q (saksovul , qandim , zag’oza va boshqalar ) . Bularning barchasi o’simlik turlarining yashash muhitiga moslashish uchun kurashining natijasi bo’lib evolutsion jarayonda paydo bo’lgan xususiyatlardir.

Magnoliyatoifalarning boshqa yuksak o’simliklardan farq qiladigan eng asosiy belgisi ularda masxus jinsiy (generarativ ) ko’payish organi – gulning bo’lishidir . Barcha yuksak o’simliklardagidek ularning taraqqiyot siklida ham 2 faza (bosqich ) mavjud : saprofit (diploid , jinssiz ) va (gametofit, jinsiy ) . Tomchi suvli muhitga bog’liq bo’lmagan tarzda bu ikkala bosqich almashinib gallanib sodir bo’ladi .

Gul –metamorfozlashgan poya va barglar kombinatsiyalaridan iborat bo’lib , poyaning kurtagi – g’unchalardan rivojlanadigan generativ organdir . Gul tuzulishidagi quyidagi o’ziga xos belgilar magnoliya toifalarni boshqa yuksak o’simliklardan keskin ajratib turadi :

  1. Urug’kurtaklari bir nechta mevabargning (karpella) lardan iborat bo’lib , urug’chi tugunchasining ichida yopiq holda joylashgan .

  2. Chang donalari tog’ridan – tog’ri urug’kurtak mikropilesiga emas, balki urug’chining tumshuqchasiga tushadi va o’rnashadi.

  3. Gametofitlar juda qisqargan , gametongiysi yo’q va gametofit bir necha marta bo’linish natijasida shakllanadi .

  4. Qo’shaloq urug’lanish sodir bo’ladi , spermiylarda biri urug’kurtak murtak xaltasi ichidagi tuxum hujayra bilan , ikkinchisi esa diploid xromosomli markaziy hujayra bilan qo’shiladi va natiojada murtak va uni oziqlantiruvchi triploid endosperm to’qimasi hosil bo’ladi

Aksariyat hollarda gul xuddi novda kabi qoplag’ich barg qo’ltig’ida hosil bo’lib , uning gulbandi , gulyonbarglari , gulo’rni mavjud . gulo’rniga gulkosachabarglar (kosacha ) , gultojibarglar , ( gultoj ) , changchilar va urug’chilar joylashadi . Gul qo’rg’oni oddiy yoki ikki qavat (murakkab ) erkin yoki tutash , to’g’ri (aktinomorf ) yoki qiyshiq (zigomorf) , ba’zan esa gul butunlay gulqo’rg’onsiz (bug’doydoshlar ) bo’lishi ham mumkin

Changchilari ( androtsey ) mikrosporofillar hisoblanib , changchi iplari va changdondan iborat . Changdon ichida changchilar bilan to’lgan 4 ta sporangiylar, ya’ni changdon uylari mavjud . Gul markazida urug’chi bitta yoki ko’pchilik hollarda bir nechta mevabarglarning qo’shilishidan hosil bo’ladi . Urug’chi tumshuqcha , ustuncha , va tugunchadan kabi 3 ta qismdan iborat .

Gullari bir jinsli , ikki jinsli ba’zan jinssiz: bittadan , oddiy yoki murakkab to’pgullarda joylashadi . Gulning tuzulishi , qismlarning soni va o’rnashuvini gul formulasi va diagrammasi orqali ko’rsatish mumkin . Masalan, olma gulining gul formulasi Gk 5 Gt 5 Ch & U 1

Gul qismlarining soni , shakli , rangi, o’rnashuvi magnoliyatoifa ajdodlari , qabilalari , oilalar , turkumlari va turlarining klasssifikatysiyasida hal qiluvchi sistematik belgilar hisoblanadi

Changchining urug’chi tumshuqchasiga kelib tushish jarayoni changlanish deb ataladi , va u o’z –o’zidan , chetdan , hasharotlar , shamol va ba’zan qushlar yordamida sodir bo’ladi .

Chang urug’chi tumshuqchasiga tushgach unadi , uning vegetative hujayrasi hisobiga chang naychasi shakllanadi , generativ hujayrasidan esa ikkita spermiy hosil bo’ladi : chang yo’li urug’kurtakning murtak xaltasiga yetib boradi . Spemiylardan biri tuxum hujayrani , ikkinchisi esa markaziy (diploid ) hulayrani urug’lantiradi . Bu jarajonni 1898 – yilda Kiyev universiteti professori S. NAVASHIN o’rmon liliyasi ( lilum martagon ) dan tayyorlangan preparatda kashf etgan va uni “qo’shaloq urug’lanish “ deb atalgan .

O’sgan chang yo’li urug’li o’simliklarda chang germofroditdir , generativ hujayra esa anteridiyga gamologdir

Urug’langan tuxum hujayradan bo’linish yo’li bilan murtak to’qimasi va keyinchalik murtak shakllanadi , undan murtak ildizcha , murtak poyacha ,kurtakcha va ba’zi turlarida esa 2 ta bargchani kuzatish mumkin . Markaziy hujayraning urug’lanishidan hosil bo’lgan triploid yadroli moziqlantiruvchi to’qima ikkilamchi endospermni tashkil etadi , chunki u yadro moddasiga , oqsil , yog’ , uglevodlar va vitaminlarga juda boy bo’ladi . Bu esa murtakning bo’lajak yosh sporafitga aylanishida muhim ahamiyatga ega . Shunday qilib , magnoliya toifalar ning gametofitlari doimo 2 uyli :changchi gametofitlari o’sgan chang yo’li va 2 ta spermiyni hosil qilgan chang ; urug’chi onalik gametofit esa 7 hujayrali murtak xaltasidir .

Murtak va endosperm rivojlanib murtak xaltaning boshqa hujayralarini chetga siqib qo’yadi va urug’kurtakni to’ldiradi . Urug’kurtak to’lig’icha uruqqa , uning po’sti urug’ning po’stiga ,tuguncha – mevaga , tugunning devori esa meva etiga aylanadi. Shu sababdan magnoliyatoifalarni yopiq urug’li o’simliklar deb ataladi

Gulli o’simliklarning urug’ida jamg’arma oziq moddalar nutselluesdayoq to’planadi va perisperm deb ataladi . (chinniguldoshlarda ) , agar 2 urug’pallalilarda to’planadigan bo’lsa (burchoqdoshlarda , qovoqdoshlarda , karamdoshlarda , ) u holda endosperm rivojlanmaydi .

Magnoliyatoilarning ko’payish va rivojlanish siklida sporafitning ustunligi aniq ko’rinadi , gametofit bo’g’in esa nihoyatda qisqargan. Bundan tashqari , uning yana bir muhim xususiyati shundaki , ayrim hollarda ularning sporafitlari ham 2 uyli . Masalan , Toldoshalar , Nashadoshlar , Chinniguldoshlar , Jiydadoshlar , Zarangdoshlar , ,hatto , qoqio’tdoshlar , va Palmadoshlarning ayrim vakillarida bunday holat kuzatiladi . Qarag’aytoifalarning ikki uylilik nisbatan kamroq va uni sagovniklar , ginko , tiss , archalarda ham ko’rishimiz ham mumkin . Gulli o’simliklarda ikki uylilikning nisbatan ko’proq bo’lishi progressiv belgi bo’lib chunki ularda chetdan changlanishning samaralilroq o’tishini ta ‘minlaydi , deb ham tushuntiriladi .

Anatomik tuzulishiga ham magnoliya toifalar o’simliklar dunyosidagi eng yetuk va mutanosib murakkab tuzulishga ega bo’lgan o’simliklardir . To’qimalar har xil (10 dan ortiq )va o’ta differensiyalshgan , ayniqsa , haqiqiy ksilema naylar (traxeya ) dan iborat , ikkilamchi yog’onlashuv natijasida ikkilamchi to’qimlar ksilema, floema , periderma va po’stlar hosi bo’ladi . Bu xil tuzulish arxegonial tuzulish o’simliklar ning deyarli birontasida ham uchramaydi .

Yuksak murakkab anatomik va morfologik tuzulish magnoliyatoifalar (gulli o’simliklarning ) ekologiyasi bilan bevosita aloqadordir . Ularning deyarli barchasi quruqlikda o’suvchi o’simliklar hisoblanadi Ammo o’ta sovuq , issiq , va quruq hatto suvli muhitda ham o’sishi gulli o’simliklar uchun ikkilamchi yashash muhiti hisoblanadi . Hammasi bo’lib sho’r suvlarda gulli o’simliklardan 30 tacha turning o’sishi aniqlangan . Hatto , Arktika va Antarktikada (Aira antaretica ) , Himolay to’g’larining dengiz yuzasidan 6200 metr baland joylarida ham gulli o’simliklarning ayrim vakillari topilgan . (Arenaria musoiformis – chinniguldoshlar oilasidan ) .


Yüklə 193,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin