Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti biologiya fakulteti biologiya yo’nalishi 1-g kurs talabasi gulmirzayeva azizaning botanika fanidan yozgan kurs ishi


MAGNOLIYATOIFALARNING KLASSIFIKATSIYASI



Yüklə 193,42 Kb.
səhifə3/8
tarix02.01.2022
ölçüsü193,42 Kb.
#40564
1   2   3   4   5   6   7   8
KURS ISHI gulli osimliklar AZIZA davomi

MAGNOLIYATOIFALARNING KLASSIFIKATSIYASI

Magnoliyatoifalarni klassifikatsiyalashgan turli taksonlar orasidagi filogenetik qimmatini olimlar turlicha talqin etishadi va o’z sistemalarini qabila va oilalarga yetkazishadi , xolos . Faqat A. ENGLER ning filogenetik sistemasi (tizimi ) turkumchalarga , ba’zan hatto turlargacha aniqlik bilan tuzilgan . Ayrim noaniqliklari bo’lishiga qaramasdan bu sistema hozirgacha ham o’z ilmiy qiymatini yo’qotgani yo’q . Yer yuzidagi aksariyat mamlakatlardagi yirik gerbariylar , shu jumladan, O’zR FA ,, Botanika “ ilmiy ishlab chiqarish markazidagi Gerbariy ham ENGLER sistemasi asosida joylashtirilgan va u 1 million 400 mingga yaqin nusxadan iborat turni o’z ichiga oladi .

3—jadvalda bir qator muhim sistematik belgilarning filogenetik sxemasi keltirilgan ( S.A. Shostakovskiy , 1971 ) . Bunda A—Primativ va qadimiy belgilar , B—murakkab va paydo bo’lishiga ko’ra nisbatan yosh belgilar .

Ammo soda yoki murakkab , qadimiy yoki paydo bo’lishiga ko’ra yosh belgilarni ba’zan sistematik guruh yoki takson chegarasida , hatto bir tur doirasida ham kuzatish mumkin . Masalan , ko’pchilik , ayiqtovondoshlar (Ranunculaceace ) oilasiga xos turlarning gullari aktinomorf, ammo isfarak (Delphinum ) da akonit (Aconitum ) da , aksincha zigomorf , Nilufardoshlar (Nymphacaecae ) ning ayrim vakillarida tuguncha ustki , shoxona viktoriya (Vicotiria regia ) da esa tugunchasi ostki ; Ra’noguldoshlardan (Rosaccae ) qulupnay (Fragaria ) va maymunjon (Rubus ) da tuguncha ustki , olma (Malus ) , nok ( Pyres ) , na'matak (Rosa ) turkumlaridan esa tugucha ostkidir. Gavzabondoshlar (Boraginaceae ) oilsining aksariyat turlarining , gullari to’g’ri , ammo , qiyagul (Lycopsis ) da , ko’ztikan (Echium) ning gullari zigamorf va hakazo .

Bundan tashqari ko’pchilik hollarada soda tuzil;ganl;ik birlamchi bo’lishi mumkin va umi aniqlash ancha qiyin . Masalan , oddiy gulqo’rg’onning umuman bo’lmasligi A. Engler va R. Vettshteyn bo’yicha birlamchi belgi hisoblansa , G. Gallir va A. Taxdajyan lar uni ikkilamchi belgi deb hisoblaydilar . Anemofiliya ham xuddi shunday R. Vettshteyn , A. Engler , N. Bush uni birlamchi hisoblasalar , G. Gallir va A . Taxtadjyanlar fikricha bu ikkilamchi holdir. Ikki jinsli gullar va bir uyli o’simliklar ning paydo bo’lishini A.Engler va R. Vettshteynlar ikkiklamchi deb hisoblaydilar , ammo G. Gallier va A. Taxtadjyanlarning fikricha u birlamchi hisoblanadi .

GULLI O’SIMLIKLARNING HOZIRGI ZAMON FILOGENETIK SISTEMALARI .

Gulli o’simliklarning hozirgi zamon filogenetik sistemalari orasida A . L . Taxtajyanning sistemasi o’zining mukammligi , ixchamligi , sistematika fanining eng so’nggi yutuqlarini hisobga olib turkumlargacha aniqlik bilan tuzilganligi jihatidan alohida ajralib turadi . Bu sistemada magnoliyatoifalarning 533 ta oila , 13 ming turkum va 25000 ta atrofida turdan iborat iborat ekanligi ko’rsatilgan .

  1. Magnoliyasimonlarning urug’lari ikki urug’pallali , Lolasimonlarniki esa bir urug’ pallali. Ammo Magnoliyasimonlar ayrim turlarining urug’lari bir urug’pallali ekanligi kuzatiladi. Masalan , Ayiqtovondoshlar ( Ranunculaleseae ) dan Fikariya (Ficaria ) da , Navro’zguldoshlar Primulaccaea ) lardan siklimen (Ceclamen ) da va umuman 40 tacha misolda shunday tuzulishni kuzatish mumkin . Lolasimonlardan esa Agafantus ( Agaphantus ) va sitxrantus ( Cttrantus ) da urug’larning ikki urug’pallali ekanligi aniqlangan . Ba’zi chetlanishlarga qaramasdan bu belgi ikkala ajdodni ajratuvchi eng muhim belgidir.

  2. Magnoliyasimonlarda urug’pallalar lateral (ikki yonlama yoki ikki yon tomonda ) , lolasimonlarda esa terminal , ya’ni poyachaning uchida o’rnashgan.

  3. Magnoliyasimonlarning ildizi ikkiklamchi yo’g’onlanishga ega , kambiy halqasi bor va o’q ildiz sistemasi shakllanadi ; Lolasimonlarda, aksincha , asosiy ildiz nobud bo’ladi , kambiy halqasi yo’q , qo’shimcha ildizlardan popuk ildizlar sistemasi shakllanadi .

  4. Magnoliyasimonlarning poyasida kambiy halqasi mavjud va shu sababdan ikkilamchi yog’onlashuv sodir bo’ladi ; Lolasimonlarda esa kambiy yo’q , poya ikkilamchi yo’g’onlashuvga ega emas .Ammo mustasno tarzda daraxtsimon liliyalardan Dratsena ( Draceana ) va kordilina (Cordyline ) larda ikkilamchi yo’g’onlashuv mavjud , u poyaning pereiferik qismida yangi nay tolali tutamlar hosil bo’lishi hisobiga sodir bo’ladi . Ammo ba’zi liliyalar ( Lilium) , makkajo’xori (Zea mays) , qog’alar (Tupha ) va boshqalarda dastlab kambiy bo’ladi , ammo uning faoliyati tezda to’xtaydi .

Ayiqtovondoshlar (Ranunculaceae )dan podofiliumda (ikki urug;pallalilar ) kambiy butunlay yo’q

  1. Magnoliyasimonlarning barglari juda xilma –xil : oddiy , murakkab , bandli , o’troq ; qinli , qinsiz yonbargchali ; butun , kesilgan , , bo’lakli asosan , to’rsimon va patsimon tomirli , ba’zan bargsiz turlari ham mavjud . Lolasimonlar da esa bu burglar oddiy , bandsiz , qinli yoki qinsiz , parallel yoki yoysimon tomirlangan , , yonbargsiz yoki bir yonbargli . Patsimon bo’lakli barglari faqat palma va aronniklardagina ko’rish mumkin . ammo bir urug’pallalilardan chinniguldoshlar (caryophllaceae ) va zubturumdoshlar (Plantaginaceae ) ning barglari ensiz , qnli , parallel yoki to’rsimon tomirlangan .

  2. Magnoliyasimonlarning gul qismlarini asosan , 5 tadan qisman 4 tadan, ya’ni 4—5 doirali changchilari ba’zan 2—3 doira hosil qilib o’rnashadi , umumiy gul formulasi : Gk 5 Gt 5 Ch 5+5 U (5) . Lolasimonlarda esa gullari 4 doirali va 3 a’zoli umumiy gul formulasi Gk 0 Gt 3 Ch 3 U (3) .

Har bir oila va turkum doirasida gul qismlarinining soni , doiralari soni qisman o’zagarishi mumkin . Masalan, Magnoliyasimonlar dan zirklarad ( berberis ) , lavrda (laurus )gul qismlarini har doirada uchtadan ; Lolasimonlardan qarg’ako’z ( paris ) , rdest (potamogeton ) da esa gul qismlari 4 tadan .

  1. Nihoyat bu ikkala ajdod vakillari changlarining hosil bo’lishi va joylashuv tartibiga ko’ra ham farq qiladi .Ikkala ajdod ajdod belgilarini taqqoslash, ularni ajratish uchun ayrim olingan bir belgi emas , balki belgilar majmularidan foydalanish va ularga asoslanish lozimligini ko’rsatadi . Ayrim darsliklarning mualliflari ( Kuznetsov , Bush , Lotsi ) bir urug’pallalilar ( Lolasimonlarni ) mustaqil sinf deb qaramaydi va bu o’simliklarning oilalarini ikki urug’pallali (magnoliyasimon ) lar sistematikasining turli qismlariga joylshtiradilar . Ammo bu tabiiy haqiqatni unchalik aks ettirmaydi , chunki bir urug’pallali o’simliklar o’ziga xos guruh bo’lib , ikki urug’pallalilardan ko’p jihatdan farq qiladi .

Magnoliyatoifalarni magnoliyasimon va lolasimonlar ajdodlariga ajratish eng yangi sistemalarda ham qabul qilingan va asosli deb hisoblashgan. ( V. Simmetman , A. Taxtadjyan ) . umuman olganda , magnoliyasimon va lolasimonlarni o’zaro farq qiladigan eng muhim belgi urug’pallalar sonidir . Hozirgi vaqtda bir urug’pallallilar ning kelib chiqishi to’g’risida 4 ta nazariya mavjud:

  1. Bir urug’pallilardan ikkita urug’palalilar ning birlashib o’sishidan bitta urug’pallali hosil bo’lgan

  2. Urug’pallalilardan biri endosperm oziq moddalarni so’rib oladigan organga ( Bug’doshlar urug’ida ) aylangan , ikkinchisi esa reduksiyalangan ( bug’doydoshlar urug’idagi epiblast ) .

  3. Urug’pallalar biri endospermdan oziq moddalarni so’rib oluvchi organga , ikkinchisi tuproq yuzasiga chiqib , dastlabki yashil bargga aylangan .

  4. Urug’pallalilarning poya uchida terminal joylashuvi va uchki kurtakning yon tomonida hosil bo’lishiga ko’ra ayrim olimlar ikkinchi urug’palla umuman bo’lmagan barg hisoblaydilar . Ammo A .Taxtajyan buni mutatsion jarayonda paydo bo’lib irsiy mustahkamlanish natijasida kelib chiqqan db tushuntiradi.

Bu nazariyalarning birontasi ham to’liq isbotlangan emas , isbotlangan emas , balki ikkinchi yoki to’rtinchi nuqtayi nazar haqiqatga yaqinroqdir . Bir urug’pallalik va ikki urug’pallalikni sistematik birlik sifatida dastlab Jon Rey ( XVIII asr ) qabul va keyinchalik A. Braun o’zining tabiiy sistemasida , R. Vettshteyn, , I. Gorojankin , M. Golenkin va A.Taxtadjayn lar Magnoliyatoifalarni bir urug’pallalilar (Lolasomonlar ) va ikki urug’pallalilar (Magnoliyasimonlar ) ajdodlariga bo’lishgan .

Uzoq yillar davomida oliy maktablarda o’qitilayotgan P.M . Jukovskiy, M.V.Kultiasov , M . Golenkin , B.M . Kozo—Ployonskiy , L.I. Kursanov , va boshqalar, S . A. Shostakovskiy , S .S Sahobiddinovlarning ,, Botanika “ darsliklarida ham gulli o’simliklarlar bo’lmimi ikki urug’pallilar va bir pallalilar sinflariga bo’lib ta’riflangan.

Hozirgi vaqtda ko’pchilik sistematikalar ikki urug’pallalilarni birlamchi hisoblanib, bir urug’pallalilar , bir urug’pallalilarni ularning ayrim qabilalaridan ( Polycarpicae ) kelib chiqqan deya fikr yuritishadi . ( R. Vettshteyn , A. Taxtagyjan ) . A. Engler esa ikkala ajdod parallel rivojlanmagan deb hisoblansa—da , o’z sistemasining bir urug’pallalilarni ikki urug’pallalilardan oldin joylashtirilgan . A. Engler , R . Vettshteynlar bir urug’pallalilarni monofiletik guruh deb hisoblansa , G. Gallir va N. Kuzenov lar polifiletik guruh tan olishadi .

So’nngi ma’lumotlarga qaraganda , hozir Yer yuzida magnoliyatoifalarning 2 ta ajdod , 533 oila va 1300 turkumga mansub 25000 tagacha yaqin turlari mavjud .


Yüklə 193,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin