Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə5/13
tarix05.04.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#93828
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Rajabov Otabek 2-G fizika

O‘rtacha tezlik. Bu kattalik ko‘chishning sodir bo‘lgan vaqtiga nisbati orqali yoki jism bosib o‘tgan yo‘l uzunligining shu yo‘lni bosib o‘tish uchun ketgan vaqtga nisbatidan aniqlanadi. O‘quvchilarga jism butun vaqtning birinchi yarmida 10 m/s tezlik bilan ikkinchi yarmida 20 m/s bilan harakatlangan degan shart bilan o‘rtacha tezlikni tanishishni taklif qilish mumkin. Bu holda o‘rtacha tezlik 15 m/s.
Oniy tezlik. Oniy tezlik tushunchasini kiritishning qiyinchiligi shundaki, asosan bunda o‘quvchilarga mavzutik tushunchalardan ham ma’lum bo‘lmagan chegaraviy o‘tishdan foydalanish kerakligi bilan bog‘liqligidir. Shuning uchun o‘rtacha tezlik topilishi kerak bo‘lgan vaqt oralig‘ining cheksiz kamaytirilishi haqida gapirish o‘rniga, ya’ni benihoya kichik kattalik o‘rnida juda kichik, lekin cheklangan vaqt oralig‘i-fizik kichik kattalik kiritiladi. Misol tariqasida qiya tekislikdan dumalayotgan sharchaning stroboskopik suratlaridan foydalanib ikki jism orasidagi o‘rtacha tezlik bir-biri bilan farq qilgani holda, bir qismda sharchaning har 0,002 sekunddan keyingi vaziyatlari tahlil qilinadi. Bu holda o‘rtacha tezliklar orasidagi farq deyarli yo‘qligini ko‘rsatish mumkin.
Kinematikani o‘rganish mexanik harakat tushunchasidan boshlanadi. Bunday harakat bir jismning boshqa jismga nisbatan vaziyatning o‘zgarishi bilan aniqlanadi. Mexanik harakat, tekis harakat, notekis harakat, trayektoriya kabi tushunchalarni o‘rga-nishdagi metodika shunday bo‘lishi kerakki, darsda va sinfdan tashqari holdagi ishlarda kuzatishlarga imkoniyat yaratish juda muhim. O‘quvchilarda kuzatishlarga, solishtirishlarga va xulosalarga qiziqishlar paydo bo‘la boshlashi ular tajribalarda fizik hodisalarni topa bilishga o‘rganishlari va aniq fizik tasavvurlarga tayangan holda mexanika tushunchalaridan foydalanishlari muhimdir [3].
Mexanik harakatning universialligi shundan iboratki, zarralardan tashkil topgan barcha moddiy jismlar harakat qiladi. Jismlarni tashkil etgan barcha zarralar doimiy harakatda bo‘ladi. Mexanik harakat materiya harakatining tarkibiy qismi bo‘lishi bilan birga eng murakkab shakli hisoblanadi. Nisbiylik muammosi hozirgi zamon fizikasining asosiy g‘oyalaridan biri hisoblanadi. Nisbiylik tushunchasining shakllanishi mexanik harakatning nisbiyligidan boshlanadi. Chunki mexanikada harakatning tarektoriyasi, yo‘li, tinch yoki harakat holatini baholaganda biror sanoq boshiga nisbatan baholanadi. Jismning harakati turli sanoq sistemasiga nisbatan turlicha bo‘ladi. Demak, har qanday harakat har qanday tinchlik nisbiy ekan.
Kinematika bo‘limini o‘rganishni tugatgach, o‘tilgan mavzular bo‘yicha bilimlarni umumlashtirish maqsadga muvofiqdir. Umumlashtirish uchun jadval to‘zib, jadvalda to‘g‘ri chiziqli harakat, tekis va tekis tezlanuvchan harakatda tezlik, tezlanish, ko‘chish va koordinatalarning vaqtga bog‘liqligini ham analitik ham grafik usulda keltiriladi. Bilimlarni umumlashtirishda ya’ni tekis va tekis tezlanuvchan harakatni taqqoslashda bunday grafiklar ustida ishlash o‘quvchilar bilimini mustahkamlash nuqtai nazaridan juda foydalidir. O‘rganilgan o‘quv materialini jadvallar yordamida umumlashtirgan holda bilimlarni takrorlash va chuqurlashtirishdan tashqari taqqoslash hamda sistemalashtirish kabi fikrlash jarayonlariga o‘rganish borasida ham afzalliklarga ega.
2-sxema


Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin