Berdaq nomidagi QDU Yuridika fakulteti Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi yo`nalishi 1-bosqiсh talabasi Janabaev Orazbekning O`zbek tilining sohada qo`llanilishi fanidan mustaqil ishi
. Muloqot – odamlar o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot almashinuvi, o‘zaro ta’sirning yagona yo‘lini ishlab chiqish, boshqa odamni idrok qilish va tushunishdan iborat bo‘lgan aloqalarni o‘rnatish va rivojlatirishning murakkab, keng qamrovli jarayoni. Muloqot vositalarini muloqot jarayonida bir tirik jonzotdan boshqasiga yetkaziladigan axborotni kodlashtirish, uzatish, qayta ishlash va ochib berish vositalari sifatida ta’riflash mumkin. Muloqot vositalariga verbal va noverbal aloqalarni kiritishimiz mumkin.
Verbal muloqot
Verbal aloqa- inson nutqi yordamida tajriba almashish, muloqot o'rnatish va harakatlarni rejalashtirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir .Odamlar munozaralar, nutqlar va kundalik suhbatlarda o'zlarini ko'p jihatdan ifodalash uchun og'zaki muloqotdan foydalanadilar.
Noverbal muloqot
Noverbal aloqa- bu og'zaki va yozma ravishda so'zlardan foydalanmasdan xabarlarni yuborish va qabul qilish jarayonidir. Noverbal muloqot til, tovush nutqining qo'llanilishiga asosoanmagan bo'lib, bu mimika, imo-ishoralar, pantomimika, sensor yoki tana orqali aloqalar vositasidagi muloqotdir. Bunda axborot so'zlashish orqali emas balki fikrlar va hissiyotlarni turli harakatlar orqali ifodalash bilan namoyon bo'ladi. Amerikalik olim Megrabyan formulasiga kо‘ra, birinchi marta kо‘rishib turgan suhbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy bо‘lishiga gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar 38% va noverbal harkatlar 58% gacha ta’sir qilarkan.
Yozma muloqot so`zlovchi va qabul qiluvchi og`zaki muloqot vositasisiz amalga oshganda juda asqotadi. Barcha tashkilotlarda ijrochilar yozma xabarlar orqali bo`limlararo va bo`limlar ichida samarali aloqani yuritishlari mumkin. Muloqot jarayoni so`zlar orqali xabarlar yuborishni o`z ichiga oladi.
Muloqot texnologiyasi va teknikasini egallash ma`lakasini shakillantirish
Muloqot texnikasi tug'ma iste’dod yoki nasldan naslga o‘tuvchi xususiyat emas. Balki izlanish, ijodiy mehnat mahsulidir. Ushbu faoliyat zaminida ijodiy mehnat yotadi. Shuning uchun ham muloqot mahorati hamma uchun standart, ya’ni bir qolipdagi ish usuli emas, balki u har bir kishining o'z ustida ishlashi, ijodiy mehnati jarayonida tashkil topadi va rivojlanadi. Muloqot texnikasini san’at va mahorat deb tushunish to‘g'riroq bo'ladi. Chunki nutqiy san’at - bu qandaydir qo'l bilan tutib bo'lmaydigan, balki fahm-farosat bilan amalga oshiriladigan xatti-harakatdir. Muloqot texnikasining zaruriy sharti - bu o‘qituvchining o'z e’tibori va o‘quvchilarning e’tiborlarini boshqara olish demakdir.