Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 476
w www.oriens.uz November 2022 taraqqiyotining boshqa bosqichlarida uning turli xil turlari kelib chiqqan. Bundan
ko`rinib turibdiki, har bir bosqich bu bittadan yozuv turi degani.
Keling, endi biz yozuvning turlari haqida so`z yuritsak. Har bir yozuv
bu o`z davrida insoniyatning ehtiyojlarini qondira olgan. Demak, o`tmishda yozuvlar
hali paydo bo`lmagan davrlarda odamlar ba`zi hodisalarni boshqalarga yetkazish
uchun rasmlardan foydalanishgan. Turli xil jonli va jonsiz narsalarning rasmini chiziz
orqali o`z maqsadlarini tushintirib berishgan. Bunday yozuv
piktografik yozuv deb
nomlangan. Bu yozuvning birliklarini
piktogrammalar deb atashgan. AQSHning
taniqli olimi L.Blumfild bu yozuvga quyidagicha misollarni keltiradi: Amerikaning
mahalliy odjibva qabilasining bir a`zosida daraxtning uzun po`stlog`i bo`lgan.
Po`stlog`da bir qancha belgilar chizilgan bo`lib(tulki, boyo`g`li va boshqalar), u
aytiladigan muqaddas qo`shiq tartibini ko`rsatar edi. Yana bir misol: Mandan
qabilasining bir a`zosi savdogarga ikki bir birini kesib o`tgan bir chiziq va bu
kesmalarning bir tomoniga bir miltiq bilan qunduz va uning yoniga o`ttizta parallel
chiziqchalarni, ikkinchi tomonda esa savsar, suvsar va qo`tosning surati chizilgan
maktubni yuborgan . Bu xatning ma`nosi quyidagicha bo`lgan: “Men savsar, suvsar
va qo`tos mo`ynalarini bir miltiq va o`ttizta qunduzning terisiga almashtirishga
roziman”.
3
Lekin bu yozuvni tushunish ham boshqalarga tushuntirish ham biroz qiyin.
Negaki, yozuvning bunday turini hamma ham o`z tartibida joylashtirib tasvirlab bera
olmaydi. Misol uchun o`zimiz ham maktab darsliklarida, turli jurnallarda rasmli
rebuslarni ko`rib, ularni tushunishda va to`g`ri ma`no chiqarishda qiyinchikka duch
kelamiz. Chunki berilgan rasm hammaga har xil ta`sir ko`rsatadi. Misol uchun,
berilgan rasmlardan kelib chiqib asar nomini toping deyilsa, rasmlarning ketma
ketligiga qarab asar nomini taxmin qilishimiz mumkin. Topshiriqda birin-ketinlikda
yulduzlar va osmon tasvirlangan. Sizningcha bu qaysi kitobga ishora qilyapti? Menda
bu rasmga ikkita taxmin bor, birinchisi “Yulduzli tunlar”, ikkinchisi “Yulduzlar
mangu yonadi”. Endi, bu haqida o`quvchilar nima deb o`ylashi mumkin? Albatta,
hamma har xil fikrga boradi. Masalan, yulduzlarning yorqinligini ko`rib bir
o`quvchi bu asarni “Yulduzlar mangu yonadi” asari desa, yana biri tundagi
yulduzlarni ko`rib, bu asarni “Yulduzli tunlar asari deydi. Ya`ni rasmda kim nimani
ko`rsa o`shani aytadi. Men bu misol bilan nima demoqchiman, mening fikrimcha,
ushbu yozuv asosida qadim zamonda ham hozirgi kunda ham biroz qiyinchiliklar
bo`lgan, ma`nolarni tushunish va tahlil qilish bo`yicha. Shuning uchun ham
yozuvning taraqqiyot bosqichlarida bu yozuv ortda qolib, uning davomida yangi
3
M.T. Irisqulov. “Tilshunoslikka kirish”. Toshkent. “Yangi asr avlodi” 2009. 221-bet