KIRISH
Har qanday kishilik jamiyatida insonlar o‘zlarining ma’lum bir ehtiyojlarini
qondirish maqsadida biror bir narsani o‘zlari yaratishga majbur bo‘lishadi. Qadimda
ham ana shu ehtiyoj tufayli yozuv paydo bo‘lgan. O‘sha davrlarda insonlar biror
narsani eslab qolmoqchi bo‘lganlarida biror bir predmet orqali eslab qolishgan.
Ularning asosiy vositasi xotira bo‘lgan. Misol uchun, qarama-qarshi qabila
vakillarining ketma-ket trubka chekishi tinchlik timsolini berib, ular bu ishoralar
orqali o‘z avlodlariga yozma emas og‘zaki ya‘ni shunchaki imo ishoralar orqali o‘z
meroslarini qoldirishgan. Bunga yana boshqa misollar ham bo‘lgan. O`qish va tozish
hozirgi kunda shunchalik odat tusiga kirib qolganki, go`yoki til va yozuv bir umr
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 11
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
475
w
www.oriens.uz
November
2022
birga bo`lgandek ko`rinadi. Lekin yozuvning paydo bo‘lishi tilning paydo
bo‘lishichalik uzoq o‘tmishga ega emas. Olimlarning ta‘kidlashicha, yozuvning tarixi
taxminan o‘n-o‘n besh yildan ko‘p emas. Ba‘zi tillarning esa haligacha o‘z yozuvi
yo‘q. Masalan, Amerika qit‘asining ba‘zi mahalliy aholilarida
1
.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Yozuv paydo bo‘lganidan beri bizga misli ko‘rilmagan imkoniyatlarni ochib
bergan. Uni taraqqiyotning kashfiyotchisi desak ham bo‘ladi. Negaki, agar bizda
yozuv bo‘lmaganda edi, ajdodlarimiz yaratgan meroslari bizgacha yetib kelmagan va
biz ulardan foydalana olmagan bo‘lardik. Yozuv insoniyat hayotida juda katta rol
o‘ynaydi. Dunyoning har qanday burchagida, har qanday sohada bo‘lsin, yozuv
doimo foydalanilib kelmoqda. Yozuv axborot almashinuv jarayonida ham o`zining
beqiyos hissasini ko`rsatmoqda. Agar yozuv bo‘lmaganda bilasizmi qanday katta
fojia yuz berardi, agar u bo‘lmaganda biz buyuk allomalarimizning buyuk asarlaridan,
ko‘ngilga xush yoquvchi satrlaridan va hikmatli so‘zlaridan bahramand bo‘lolmagan
bo‘lardik. Bu juda ham tassavur qilib bo‘lmas holat, albatta. Yana shuningdek, biz
yozuv tufayli tildagi turli xil fonetik va gramatik o`zgarishlardan xabardormiz.
Negaki insoniyat yozuv tufayli juda katta ishlarga qodir bo`lyapti, ayniqsa, hozirgi
kunda. Yozuvsiz hayotni tasavvur qilish biroz qiyin, albatta.
Yozuv asrlar osha rivojlanib turli xil bosqichlardan o`tib kelmoqda. Olimlar
yozuvning paydo bo`lishi va ahamiyati to`g`risida turli xil asarlar yozishgan. Masalan,
Abu Nasr Forobiy Aristotelning “Ritorika” asariga yozgan sharhida yozuv tizimi,
uslubiyat haqidagi fikrlarida o`z ifodasini topgan. U tilshunoslikning mundarijasini
olti bo`limdan iborat deb hisoblab, beshinchisini “yozuv qonunlari va to`g`ri talaffuz
(orfoepiya) haqidagi fan” ekanligini ta`kidlagan. Bundan tashqari olim “Kitob fi
sanoat al-kitoba” (“Yozuv san`ati haqida kitob”), nomli asar yozgan. Abu Rayhon
Beruniy tilshunoslikning juda ko`p masalalari bilan birgalikda yozuv haqida ham
atroflicha fikr yuritadi.
2
Shuningdek, yozuv o`zining taraqqiyotida turli xil bosqichlarni bosib o`tgan.
Dastlab yozuv bo`lmagan davrlarda insonlar ko`proq yuqorida aytib o`tganimdek
xotira bilan ko`proq ishlashgan. Lekin bu faqat biror narsa yoki ish harakatni
eslatardi holos. Axborot uzatish uchun esa hech narsa yo`q edi. Ular biror bir
buyumga shakl berish orqali ma`lumotlarni bir biriga yetkazishgan. Buyumga ma`no
biriktirishning bu usuli “buyumli yozuv” deb atalgan. Shundan boshlab, ya`ni, yozuv
1
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish. Toshkent 2007. 124-bet
2
Prof. Karimov S.A “Tilshunoslik nazariyasi” Samarqand 2012. 54-bet
|