Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 477
w www.oriens.uz November 2022 yangi yozuvlar paydo bo`la boshlagan. Piktografik yozuvni ortda qolgan deb ham
aytolmaymiz, chunki, bu yozuv asta-asta rivojlanib,
ideografik yozuv ga aylangan.
Ba`zi olimlar ushbu yozuv turini
logografik yozuv deb ham atashadi, chunki bundagi
so`zlar faqat narsalarni aks ettirmay, tildagi so`zlarni ham ifodalaydi. Tildagi har bir
so`z o`z simvoliga egadir.
Idiografik yozuvning birligini
idiogramma deb
yuritishadi. Shuningdek, logogramma bilan piktogrammaning bir biridan farqi
shundaki, piktogrammada predmet aks ettiriladi, logogrammada esa so`zlarning
ma`nosi izohlanadi. Qadimgi arablar “yuz ming” sonini itbaliqning shakli orqali
izohlashgan. Xitoyliklar esa, “yaxshi” so`zini ayol kishi bilan bola ramzi orqali
ko`rsatishgan. Logografik yozuvning biroz mukammalashgan shakli
iyeroglifik yozuv deb nom olgan. Iyerogliflarda oz bo`lsa ham, ifodalanuvchi narsa bilan
bog`langan biror xususiyat saqlanib turadi. Bu yozuv qadimgi Arabistonga va
hozirgi Xitoyga bog`liq.
4
Shu bosqichga kelib iyeroglifik yozuvlar asosida alfavit tushunchasi ham kirib
keladi. Chunki endi bu yozuvda turli xil shartli belgilar va iyerogliflar eslab qolish
kerak bo`lgan. Hamma bir xilda tushunishi uchun va ular ifodalayotgan ma`lumotlar
orasida farq bo`lmasligi uchun alfavit eng yaxshi yo`l edi. Logografik yozuvga yana
bir misol qilib, Qadimgi Mesopotamiyada qo`llanilgan
mixxat yozuvini ham
keltirishimiz mumkin. Lekin bu yozuvlar bora bora ozgarib, o`z ahamiyatini yo`qota
boshladi. Bunga sabab bu yozuvlarning loyga yozilganligidir. Keyinchalik esa
odamlar yana yozuvning boshqa mukammalroq turiga ehtiyoj sezishdi. Bu
ehtiyojlarga juda ko`p narsalar misol bo`ladi. Asosan, o`qish va yozish, undan keyin
savdo-sodiq va davlatlarni barpo etish yangi yozuvi kashf qilinishini tezlashtirib
yubordi. Insonlar yozuvni iloji boricha soddalashtirishga harakat qilishdi va buning
natijasida
fonografik yozuv ni kashf qilishdi. Fonografik yozuv tilni faqat grammatik
tuzilishini ifodalamay, uning fonetik tuzulishini va tovush tarkibini ko`rsatgan.
Fonetik yozuvning juda ko`p ko`rinishlari bor, shulardan biri – sillabik yoki bo`g`in
yozuvidir. Bu yozuv qo`shma so`zlarni qismlarga bo`lish bilan hosil bo`ladi. Bu esa
hozirgi bo`g`inlarga to`g`ri keladi. Bu yozuvga qadimgi hind yozuvi
devanagari yaxshi misol bo`ladi.
Fonografik yozuv paydo bo`lishi natijasida harf - yozuv davri boshlandi.
Hozirgi vaqtda jahon aholisining taxminan to`rtdan uch qismi mana shu yozuvdan
foydalanishadi. Harf tovush yozuvi hozirgi vaqtda, asosan, to`rtta asosiy yozuv
sistemasidan iborat. Lotin yozuvidan jahon aholisining 30%, slavyan-krillitsa
yozuvidan 10%, arab yozuvidan 10%, hind yozuvidan 20% aholi foydalanadi.
4
M.T. Irisqulov. “Tilshunoslikka kirish”. Toshkent. “Yangi asr avlodi” 2009. 222-bet