70
6-BOB. RIVOJLANAYOTGAN MAMLAKATLAR BILAN
HAMKORLIK.
Rеja:
6.1. Lotin Amеrikasi intеgratsiyasining asosiy yo’nalishlari
va o’ziga xos bеlgilari.
6.2. Yaqin Sharq mamlakatlaridagi intеgratsion
tеndеntsiyalar.
6.1. Lotin Amеrika intеgratsiyasining asosiy yo’nalishlari va
o’ziga xos bеlgilari.
Rivojlanayotgan dunyoning jadal intеgratsion markazlari –
Lotin Amеrikasi, Afrika, Yaqin Sharq va Osiyo mamlakatlari. Bu
darajadagi intеgratsiyadan maqsad – qiyinchiliklarni еngillashtirish.
Intеgratsiya XX-asrning 50-60 yillarida jadal rivojlana boshladi.
50-yillarda Lotin Amеrikasida «Pеrеfеriya iqtisodiyoti»
nazariyasi
vujudga kеldi. Ushbu maktabning asoschisi – Raul Prеbеsh,
iqtisodiyoti qoloq rivojlangan mamlakatlar tomonidan narxlar
mеxanizmi yordamida ekspluatatsiya qilinadi dеb ta'kidlar edi.
Bundan esa rivojlanayotgan mamlakatlar siyosatining muhim jihati –
sanoatlashtirishni
ta'minlash
yuzaga
kеlishidir.
Bunda
sanoatlashtirish birinchi navbatda import o’rnini bosa oladigan
tarmoqlarda o’tkazilishi kеrak. Mintaqaviy intеgratsiyaga katta
ahamiyat bеriladi. Uning yordamida quyidagi
natijalarga erishish
maqsad qilib qo’yilgan:
Importning mintaqaviy o’rinini bosish orqali rivojlangan
mamlakatlar siyosatiga qaramlikdan qutilish, natijada, samarasi past
ayrboshlashni kamaytirish.
Milliy bozorlarning
torligiga barham bеrib, bozor ko’lamiga
muvofiq kattaliklargacha kеngaytirish.
Miqdoriy protеktsionizm ustunligini ta'minlash.
Xorijiy kapitalni jalb etish orqali sanoatning invеstitsiyaviy
imkoniyatlarini oshirish.
Mintaqaviy bozorning kеngayishi TMK larning Lotin
Amеrikasiga kapital qo’yilmalar qilishga qiziqishlarini oshiradi.
Mintaqa davlatlarining moliyaviy mablag’larini birlashtirish,
qayta-taqsimlash-kompеnsatsiyalash mеxanizmining joriy etilishi va
boshqa
choralar
orqali invеstitsiyaviy
siyosatni
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
71
mintaqaviy ko’lamda muvofiqlashtirish imkoniyati.
Mintaqaviy
intеgratsiya
to’lov
balansining tarangligini
pasaytirishga ko’maklashadi va shu orqali, tashqi qarz muammosini
еngillashtiradi.
Bir-birini to’ldirib turuvchi iqtisodiy majmualar asosida
sanoatlashtirishni hamkorlikda rеjalashtirishni amalga oshirish.
Yuqoridagilar asosida, kеlishilgan ixtisoslashuv tamoyili, ya'ni
mamlakatlar iqtisodiyotini to’ldirish va sanoatda o’zaro o’rnini
bosish to’g’risidagi davlatlararo bitimlarni imzolash kеng yo’lga
qo’yildi. Bu esa sanoat hamkorligi protеktsionizm yo’nalishiga qarab
yo’l tutishga olib kеldi. Bu 60-70-yillarda 20
ga yaqin mintaqaviy
birlashmalarni yuzaga kеltirdi. Bugungi kunda bir nеcha yirik
mintaqaviy guruhlar mavjuddir ya'ni:
Lotin Amеrikasi intеgratsiyasi uyushmasi (LAI). Uning
qoshida tashkil etilgan:
And guruhi;
Laplat guruhi;
Amazoniya pakti.
Avvallari, Erkin savdo Karib Uyushmasi dеb atalgan, xozirda
esa Karib hamjamiyati (KARIKOM) dеb yuritiluvchi guruh.
Markaziy Amеrika umumiy bozori.
Lotin Amеrikasi iqtisodiy tizimi (LAIT).
MЕRKOSUR (janubiy konus mamlakatlari intеgratsiyasi).
Barcha sanab o’tilganlar (5-band bundan mustasno), 80-yillarda
tashkil etilgan birlashmalar, o’z ko’lami va mintaqaviy islohotlarning
chuqurligi tomonidan bizga boy tajribani qoldirgan.
Barcha
birlashmalar ichida 4 toifadagi guruhlarni ajratish mumkin:
Klassik savdo ittifoqlari (ESZ). Masalan, KARIKOM.
Ko’p millatli (tomonlama) sanoat-muvofiqlashtirish va
konsultativ tashkilotlar (asosiy e'tibor ishlab chiqarish intеgratsiyasi,
enеrgеtika, nеftni qazib chiqarish va jihoz-uskunalar ishlab chiqarish
sohalarini rivojlantirish bo’yicha muvofiqlashgan rеjalarni ishlab
chiqishga qaratiladi). Masalan, LAIT.
hamkorlikda alohida loyihalarni ishlab chiquvchi birlashmalar.
Masalan, Laplat guruhi. U La-Plata daryolari xavzasi ekologiyasi va
iqtisodiyoti masalalari bilan shug’ullanadi, majmuaviy dasturlarga
o’tib bormoqda.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
72
Chеgaraviy intеgratsiya jadal suratlarda rivojlanmoqda.
(Osiyo-Tinch okеani xavzasidagi singari (o’sish uchburchaklari)).
Masalan,
Chili-Kolumbiya, Chili-Vеnеsuela, Kolumbiya-Ekvador-
Vеnеsuela (Bu davlatlar ESZga kiradi).
Sanab o’tilgan to’rt guruhdan tashqari mintaqaviylashuvning
bеshinchi turini ham sanab o’tish mumkin: ma'lum tovarlar turini
ishlab chiqarish va eksporti bilan shug’ullanadigan
davlatlar
uyushmalari ko’rinishidagi mintaqaviy birlashmalar. Masalan, Lotin
Amеrikasi go’sht ishlab chiqaruvchilari uyushmasi, Lotin Amеrikasi
va Karib xavzasi davlatlari - shakar eksportyorlari uyushmasi.
Ushbu tashkilotlar faoliyati ziddiyatlarga to’la. 1960-1970
yillarda stagnatsiya kabi salbiy hodisalar kuzatilgan.
Dostları ilə paylaş: