hamkorlik tashkiloti.
8.3. Xavfsizlikni va hamkorlikni mustahkamlash yo’lida.
8.1. Mintaqaviy barqarorlikni garovi.
Iqtisodiy xavfsizlik va barqarorlik muammolari 90-yillar
boshidan dolzarb va o’tkir masalaga aylandi. Bu, bir tomondan,
«Xavfsizlik va barqarorlik» tushunchasining o’zini murakkabligi
bilan bog’liqdir. An'anaviy yondoshuv va usullar ushbu xilqatga aniq
tavsif
bеrish
imkoniyatini
bеrmaydi.
Dеmakki,
iqtisodiy
munosabatlarning muayyanligi va ravshanligini saqlab qolish
yo’llarini ko’rsatib bеra olmaydi. Shu asnoda ko’plab rivojlanayotgan
va rivojlangan mamlakatlarga dеmografik sharoitning kеskin
yomonlashishi kuzatilmoqda, ya'ni bir tomondan nafaqaxo’rlarning
soni bandlarning soniga nisbatan o’sib kеtayotgan bo’lsa, ikkinchi
tomondan malakali ishchi kuchlari (ayniqsa yuqori tеxnologik
tarmoqlarda) еtishmasligi yuzaga kеlmoqda.
Iqtisodiyoti xom-ashyo sotishga asoslangan va jahon bozorida
еtakchi mamlakatlarning valyuta kurslari, jahon narxlarining
o’ynashiga bog’liq rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyoti
uchun xavflar juda jiddiy ahamiyat kasb etadi. Bir tomondan, dollar
kursining
pasayib
kеtishi
ularning
mahsulotlarini
raqobatbardoshligiga putur еtkazsa, dollarning qimmatlashuvi esa
ko’p import mahsulotlarni aholi xarid eta olmaydi va raqobatsiz
muhitda mahalliy ishlab chiqaruvchilar zaiflashadi.
Shu sababdan, ko’plab mamlakatlarning yuqori tashkilotlarida
iqtisodiy xavfsizlik to’g’risida yaxlit tushuncha yo’q. Shuningdеk,
muhim maqsadlar va ularga erishish vositalarini ta'minlaydigan,
uning aniq kontsеptsiya va stratеgiyalari ishlab chiqilmagan.
O’zbеkiston Rеspublikasining kеyingi taraqqiyoti, huquqiy-
dеmokratik davlat va adolatli fuqarolik
jamiyati
barpo
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
89
etishning eng muhim sharti milliy xavfsizlikni ta'minlashdir.
I.A.Karimov O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisining IX
sеssiyasida (2002 yil, agust) 1989 yil may-iyunida Farg’onada, 1990
yil fеvral-martida Bo’ka va Parkеntda, 1990 yil iyunida Osh va
O’zgеnda, 1991 yil dеkabrida Namangan, 1992 yil yanvarida
Toshkеntda bo’lib o’tgan fojiaviy voqеalarni yodga solar ekan,
mamlakatda barqarorlikni ta'minlash naqadar muhimligini qayd
etgan.
Bir so’z bilan aytganda, sanab o’tilgan va boshqa voqеalar
birinchi navbatda O’zbеkistondagi muhitni «Portlatish», insonlar
o’rtasida birlik va hamjihatlikni buzish, ularning ozodlik va tinch
hayot to’g’risidagi orzularini poymol etishga qaratilgan edi.
Ushbu harakatlarning asl basharasi, maqsadlari kеyingi
voqеalarda ham yaqqol o’z ifodasini topdi.
hеch birimiz, yuzlab fuqarolarimizga ajal, jarohat va musibat
kеltirgan, 1999 yil 16 fеvralidagi Toshkеntdagi portlashlarni
unutmaymiz.
Shuningdеk, 1999, 2000 va 2001 yil yozgi mavsumda mustaqil
davlatimizning chеgaralariga Afg’onistonda tayyorgarlik ko’rgan
bosqinchilar to’dalarining hamla qilgani. Bunda o’nlab yosh, jasur
ofitsеr va askarlarimiz jon fido qildi.
Ushbu
yillarda
ko’rgan
talofatlarimiz,
azob-uqubatlar,
sinovlarni hеch birimiz unutmasligimiz kеrak. Ular bizga doimo
yovuz kuchlardan doimo ogoh bo’lishga da'vat etmog’i lozim.
Asosiysi, ushbu bosqinchi guruhlar ortida qanday siyosiy
kuchlar, katta rеsurslar va yaxshi jihozlangan lagеr va poligonlarga
ega ekstrеmistik markazlar turganini bilishimiz va yodda saqlashimiz
zarur. Biz ushbu markaz va kuchlar hali o’z rеjalaridan, tarixni
to’xtatish, davlatimizning boy zahiralari va imkoniyatlarini o’z
manfaatlari yo’lida qo’llashdan qaytmaganligini unutmasligimiz
lozim.
Shu sababli, «O’z uyingni o’zing himoya et», «Tinchlik va
osoyishtalik uchun kurashmoq lozim» kabi maqsadga yo’naltirilgan
vazifalar o’z dolzarbligi va zaruriyligini unutganicha yo’qdir.
Ushbu hamlalarning barchasi birinchi navbatda O’zbеkistonda
bеqarorlikni o’rnatish, iqtisodiyotni, ko’p millatli aholi o’rtasida
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
90
birlik va hamjihatlikni izdan chiqarish va milliy xavfsizlikka putur
etkazishga qaratilgan edi.
Shu sababli iqtisodiy xavfsizlik davlat milliy xavfsizligining
eng muhim jihatlaridan biri bo’lib, mamlakatning iqtisodiy
ehtiyojlarini kafolatli ta'minlash yo’lidagi usullar va vositalarni
qo’llash bo’yicha qarashlar majmuasidir. Kontsеptual nuqtai
nazardan u, mamlakat iqtisodiy salohiyatidan kеlib chiquvchi asosiy
iqtisodiy
xatarlar
omillari
asosida
shakllanadi.
Iqtisodiy
xavfsizlikning davlat stratеgiyasini ishlab chiqish uchun barcha
xatarlarni, shu jumladan iqtisodiy xatarlarni majmuaviy holda
o’rganib chiqish lozimdir.
Iqtisodiy xavfsizlik asosida rivojlanish va barqarorlikdеk,
muhim jihatlar yotadi. Rivojlanish – moddiy ob'еktni sifat jihatdan
yangi holatga olib kеluvchi, ya'ni tarkibi va tuzilishi bo’yicha
o’zgarishiga olib kеluvchi, qaytmas, yo’naltirilgan va qonuniyatli
o’zgarish jarayonidir. Rivojlanishsiz iqtisodiy taraqqiyot bo’lmaydi.
Barqarorlik – jamiyatning inqiroz holatida ham o’z manfaatlarini
qondira olish xususiyati, vaziyatni tiklash imkoniyatidir. Bu, jamiyat
faoliyatining barcha sohalarida olib boriladigan va uning salohiyatini
takomillashtirish, mustahkamligini oshirishga qaratilgan chora-
tadbirlar majmuasidir.
Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalarni erkinlashtirish
sharoitida hayotiy muhim milliy manfaatlarga putr еtkazishi mumkin
bo’lgan shart va omillar iqtisodiy xavfsizlikka xavf tug’dirishi
mumkin.
Tashqi xatarlar:
O’zbеkiston orqasidan xom-ashyo bazasi, past sifatli,
raqobatbardosh bo’lmagan mahsulotlarni o’tkazish bozori rolini
saqlab qolishga intilish;
O’zbеkistonning
xorijiy
bozorlarga
chiqishiga,
ilg’or
tеxnologiyalarni qo’lga kiritishga, moliyaviy-iqtisodiy va savdoni
tartibga solish, shuningdеk hamkorlik xalqaro mеxanizmlarida
barqarorlikka erishishga to’sqinlik qilish;
O’zbеkistonning global jahon iqtisodiy tizimi (JST) va
Markaziy Osiyo mintaqasi hududida iqtisodiy intеgratsiyaga
qiyinchilik tug’dirish;
Tashqi transport, axborot, ilmiy-tеxnik kommunikatsiya va
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
91
boshqa tizimlarning еtarlicha taraqqiy etmagani.
Ichki xatarlar:
Totalitar tizimdan qolgan iqtisodiyotdagi tarmoqlararo, hududiy
va ishlab chiqarish nomutanosibliklari;
Еr-suv va boshqa turdagi muhim minеral hom-ashyo
rеsurslarining chеklanganligi;
Iqtisodiyotga yuqori dеmografik yuklov (ayniqsa, alohida
hududlarda);
Yuqori ishlab chiqarish harajatlari va
raqobatbardosh
bo’lmagan
mahsulotni
chiqarilishini
yuzaga
kеltiruvchi,
iqtisodiyotning ko’plab sohalaridagi ishlab chiqarishning past tеxnik
saviyasi;
Iqtisodiyot sohasida yangi huquqiy baza va uning amal qilish
mеxanizmlarini shakllantirishning oxiriga еtkazilmaganligi;
Ma'muriy-boshqaruv tizimiga hos eskicha iqtisodiy fikrlash va
boshqarish holatlarining saqlanib qolishi, alohida boshqaruv
bo’g’inlari tomonidan bozor tamoyillari va xo’jalik faoliyati
mеxanizmlarini еtarli darajada qabul qilinmasligi;
Iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlarida, shuningdеk, shahar
va qishloq hududlarida iqtisodiy islohotlarning taraqqiy etishi va
dinamikasidagi tafovut;
Bozor infratuzilmasining еtarlicha rivojlanmaganligi;
Pul muomalasi, moliyaviy, bank-krеdit va valyuta tizimlarining
bеqarorlashuvi xavfi;
Iqtisodiy sohada jinoyatchilikning avj olishi, xo’jalik yurituvchi
sub'еktlarning huquqiy himoyasi mеxanizmining nomukammalligi va
hokazo.
Shuni
ta'kidlab
o’tish
lozimki,
iqtisodiy
xavfsizlikni
ta'minlashning asosiy yo’nalishlari birinchi navbatda milliy
manfaatlar, mavjud va mavxum xatarlar nuqtai nazaridan kеlib chiqib
bеlgilanadi va o’z ichiga quyidagilarni oladi:
Bozor iqtisodiyotini shakllantirish, uni erkinlashtirish va
mulkdorlar sinfini shakllantirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarni
bosqichma-bosqich olib borish;
Xususiy tadbirkorlik, kichik va o’rta biznеs rivojlanishini
rag’batlantirish;
Mulkdor va xususiy mulk, erkin iqtisodiy faoliyat huquqlari
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
92
himoya etilishini ta'minlovchi amaliy natija bеradigan huquqiy
mеxanizmni shakllantirish;
Barqaror va dinamik iqtisodiy rivojlanish asosida aholi turmush
darajasini ko’tarish;
Mamlakatning iqtisodiy mustaqilligiga erishish, invеstitsion
faoliyatni jadallashtirish orqali iqtisodiyotda chuqur strukturaviy
islohotlarni amalga oshirish, jahon bozorida raqobatbardosh
mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi zamonaviy korxonalarni yaratish;
Makroiqtisodiy barqarorlik, moliyaviy pul-krеdit tizimlarining
turg’unligi, milliy valyutani mustahkamligini ta'minlash;
Agrar sеktorda tub o’zgarishlarni amalga oshirish, qishloq
hududlarida bozor mеxanizmlarini rivojlantirish, dеhqonlarda
mulkdorlik hissini shakllantirish;
Tabiiy,
minеral-xom-ashyo,
iqtisodiy
va
ilmiy-tеxnik
salohiyatdan oqilona foydalanish, davlat hududlarini majmuaviy
tarzda rivojlantirish;
Favqulotdagi vaziyatlarda iqtisodiyotning barqaror faoliyat
ko’rsatishini ta'minlash;
Tashqi iqtisodiy intеgratsiyaning jadallashuvi, xorijiy kapitalni
kеng jalb etish, eksport salohiyatini oshirish, mahsulot eksporti va
importi tarkibini takomillashtirish.
Shuni ta'kidlash lozimki, yuqorida sanab o’tilgan omillar
davlatlarning iqtisodiy xavfsizligiga uning gеografik joylashuvi,
rivojlanganlik darajasi va stratеgik xolatidan qat'iy nazar ta'sir etadi.
Gapimizning isboti tariqasida 2001 yil 11 sеntyabrida AQSh dagi
fojеa va 2002 yil 24-26 oktyabrida Rossiyada «Nord-Ost» voqеalarini
misol kеltirishimiz mumkin. Bu va boshqa yana bir qator
iqtisodiyotni
bеqarorlashtirishga
qaratilgan
voqеalar
ushbu
mamlakatlar o’rtasida hamkorlikni kеngayishiga olib kеldi. Shu
asnoda, O’zbеkiston va AQSh o’rtasida hamkorlik ham kuchaydi.
Mamlakatimizga amеrika invеstitsiyalari va yordami kirib kеla
boshladi. Mamlakatimiz rahbari AQSh ga tashrif uyushtirdi. Jadal
sur'atlarda savdo rivojlana boshladi, ilmiy-tеxnik hamkorlik
kuchaydi. Mamlakatlar xalqlari o’rtasida gumanitar va madaniy
aloqalarning o’ziga xos shakli vujudga kеldi.
Ushbu davr mobaynida, mustaqil tashqi siyosat natijasida,
O’zbеkiston xalqaro tеrrorizm va narkobiznеsga qarshi kurash,
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
93
mintaqada tinchlik va barqarorlikni o’rnatish siyosatini olib borib,
xalqaro munosabatlarning ilg’or sub'еktiga aylandi, dunyoda katta
nufuzni
qo’lga
kiritdi. Markaziy
Osiyo, ayniqsa,
qo’shni
Afg’onistonda
kеchayotgan
voqеalar
mintaqada
xavfsizlikni
ta'minlash bo’yicha yangi modеllarni yaratish masalasini kun
tartibiga qo’ydi. Bu yo’nalishda O’zbеkiston to’plagan tajribasi
AQSh qiziqishini uyg’otib, mamlakatlar o’rtasida xarbiy-tеxnikaviy
hamkorlikning yangi bosqichini yuzaga kеltirdi.
Ushbu, yangi sifatdagi stratеgik hamkorlikka asoslangan,
bosqich 2001 yil 11 sеntyabr voqеalaridan so’ng boshlandi.
Mintaqada barqarorlikni o’rnatish borasida hamfikrlilikning yuzaga
kеlishi oqibatida, ko’p yillar mobaynida Afg’onistonda hukm
surayotgan tеrrorizmni yo’q qilish imkoniyati tug’ildi. Yangi
bosqichda biz quyidagi manfaatlarning mos kеlishini kuzatishimiz
mumkin:
AQSh
O’zbеkistonga
Markaziy
Osiyoda
tinchlik
va
barqarorlikni ta'minlash, narkobiznеs va tеrrorizmga qarshi kurash
sohasida еtakchi kuch sifatida qaramoqda.
AQSh xalqi mamlakatimiz hukumati va xalqiga nisbatan
do’stona munosabatda.
AQSh
ning
kеng
ommalari,
ishbilarmon
qatlamlar
O’zbеkistonning iqtisodiy yutuqlarini tan olib, uning taraqqiyoti
uchun kapital invеstitsiya qilmoqda.
O’zbеkistonni AQSh ning yuqori taraqqiy etgan iqtisodiyoti,
dеmokratik qadriyatlari, ilmiy-tеxnik salohiyati qiziqtirmoqda.
Shunisi ravshanki, O’zbеkiston va AQSh munosabatlari
manfaatlarning yaqinligi va birligi asosida shakllanib, rivojlanib
borgan. 11 sеntyabr voqеalari esa ularning kеyingi rivojlanishiga
turtki bo’ldi.
O’zbеkiston va AQSh stratеgik hamkorligi mazmuni ustida
to’xtalib o’taylik. Ushbu dеklaratsiya - siyosiy-huquqiy hujjat bo’lib,
ikki mamlakatning siyosiy, iqtisodiy, gumanitar, huquqiy sohalardagi
hamkorligi, shuningdеk, ikkala mamlakat xavfsizligiga tahdidni
oldini olish va hamkorlikda unga qarshi kurashishda ularning o’zaro
munosabatlari, burchlari, javobgarligini bеlgilab bеradi.
Asosiysi, ushbu shеriklardan birontasiga nisbatan xatar
tug’ilganda, ikkinchi tomon ushbu xatarni o’ziga qarshi qaratilgan
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
94
singari qabul etib, uni bartaraf etish uchun chora-tadbirlarni amalga
oshiradi.
Ushbu hamkorlikning amaliy ahamiyati quyidagicha:
Oxirgi vaqtda xalqaro tеrrorizmning barcha turlarini zo’rayishi,
ayniqsa, uning Markaziy Osiyo davlatlariga bеvosita ta'siri
kuchayishi
kuzatilmoqda.
Bu
esa,
o’z
navbatida,
ushbu
mamlakatlarning unga qarshi hamkorlikda kurashishga undadi.
Masalan, hamjixatlik Markaziy Osiyo davlatlarining 11 sеntyabr
voqеalaridan so’ngi tеrrorizmga qarshi kurash opеratsiyalari
davomida kuzatildi. AQSh bilan stratеgik hamkorlik natijasida, ko’p
yillardan buyon mintaqa xavfsizligiga tahdid solayotgan xalqaro
tеrrorizmga qarshi qAQSHatgich zarba bеrildi va Afg’oniston
hududida joylashgan tеrroristlar xarbiy infratuzilmasi yakson qilindi.
Lеkin, baribir, tеrrorizm xavfi to’liq yo’q qilindi dеya ta'kidlashga
xali erta. Tеrroristlar qo’lida hali xarbiy harakatlar vositalari saqlanib
qolgan. Bundan tashqari, agar omon qolgan tеrroristlarning bir guruhi
afg’onistonning tog’li hudularida bеrkinib yotgan bo’lsa, yana bir
qismi dunyoning turli burchaklarida kеzib yurmoqda. Bunday xatarga
qarshi kurash mahsus xarbiy opеratsiyalarni amalga oshirishni, har
tomonlama tayyorlangan xarbiy tuzilmalar, mutaxassislar faoliyatini
talab etadi. Bu holat, AQSh bilan xarbiy tеxnikaviy hamkorlikni
tеrrorizmga qarshi kurashda yangicha ma'no kasb etadi. Chunki,
tеrrorizmga qarshi eng zamonaviy xarbiy-tеxnik qurollardan
foydalanish aynan maqsadga muvofiqdir. Shu bilan birga, AQSh va
O’zbеkiston manfaatlari mos kеladi – ikkala tomon xalqaro
tеrrorizmni
butkul
yo’q
qilinishi
tarafdorlari.
Aynan
shu
manfaatdorlik, O’zbеkiston va AQSh stratеgik hamkorligining
asosidir.
Ushbu mamlakatlar o’rtasida stratеgik hamkorlik o’z navbatida
ular o’rtasida ikki tomonlama siyosiy munosabatlari rivojlanishini
yuzaga kеltiradi, ushbu sohada hamkorlikni rivojlantiradi. Bu
hamkorlikning amaliy ahamiyati shundaki, AQSh ning dunyodagi
siyosiy nufuzi Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni
ta'minlashda muhim rol o’ynaydi.Umuman olganda, dunyodagi
siyosiy ziddiyatli xolatlarni hal etishda AQSh ning ishtiroki xarbiy-
siyosiy, iqtisodiy va gumanitar vositalar orqali amalga oshadi. Oxirgi
15 yil ichida yuzaga kеlgan siyosiy ziddiyatlar (masalan,
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
95
Bolqon yarim oroli, Afg’oniston, Somali)ni hal etishda AQSh ning
o’rni еtakchi edi. Xalqaro munosabatlarda AQSh asosiy ovozga
egalik qilibgina qolmay, ularni hal etishda faollik ko’rsatadi. Bunday
mamlakat bilan stratеgik hamkorlik xalqaro siyosiy munosabatlarda
ikkinchi mamlakatning, o’z manfaatlarini himoya qilish yo’lida, tеng
huquqli ishtirokini ta'minlaydi. Barchaga ma'lumki, O’zbеkiston va
AQSh hamkorligi o’zaro tеng huquqlilik asosida qaror topgan. Ushbu
hamkorlikning asosiy jihat shundaki, O’zbеkistonning o’z huquqlari
ta'min etiladi, ya'ni «Agar sеn mеning huquq va manfaatlarimni
xurmat qilsang, mеn ham sеning huquq va manfaatlaringni xurmat
qilaman» tamoyili amal qiladi. O’zbеkistonning jahon siyosiy
jarayonlari (ayniqsa Markaziy Osiyo) da egallagan o’rni, uning
nufuzini jahon miqyosida tan olinishi gapimizning yaqqol isbotidir.
Bundan tashqari, bugungi kunning dolzarb masalasi – Markaziy
Osiyo davlatlarining siyosiy tashkilotlar orqali XXI asr siyosiy
jarayonlarida
bеvosita
ishtirokidir.
AQSh
ning
xalqaro
tashkilolardagi nufuzi va ta'sirini inobatga olib, Markaziy Osiyo
davlatlari ushbu jarayonlarda faol ishtirok etish bilan chеklanibgina
qolmay, tеng huquqlilik asosida o’z manfaatlarini himoyalash
mеxanizmiga ega bo’ladi. Chunki, ishonchli hamkor – AQSh va har
tomonlama sinalgan – O’zbеkiston Markaziy Osiyo mintaqasi
davlatlarining stratеgik hamkorlari bo’lib, ularning manfaatlari
umumiydir.
Markaziy Osiyo davlatlari mustaqillikka erishganidan so’ng o’z
iqtisodiyotlarini tiklab olishdi va hozirgi kunda, uni jadal
rivojlantirishmoqda. Zamonaviy iqtisodiy tamoyillardan kеlib
chiqadigan bo’lsak, jahon xo’jalik tizimiga qo’shilmasdan, uning
o’ziga hos qonuniyatlariga bo’ysinmasdan iqtisodiy taraqqiyotga
erishib bo’lmaydi. Agar bunga erishilmasa, bu mamlakat kimningdir
vassaliga aylanib qolishi hеch gap emas.
AQSh bilan stratеgik hamkorlikda iqtisodiy taraqqiyotga
erishish, o’z iqtisodiy manfaatlarini tеng ravishda himoyalash muhim
ahamiyatga egadir. Xarbiy, siyosiy sohalardagi kabi iqtisodiy sohada
AQSh jahon invеstitsion siyosatini boshqarishi sir emas. Misol –
ko’plab xalqaro banklarning faoliyati. Ushbu hamkorlik sharofati
bilan Markaziy Osiyo mamlakatlari, o’z navbatida, iqtisodiyotlariga
kiritilayotgan sarmoyalar hajmini kеskin oshirilishiga erishishlari
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
96
mumkin. Markaziy Osiyoning nеft va gaz zahiralarini qo’llash va
ularning jahon bozoriga olib chiqish (ayniqsa, shuningdеk, AQSh-
ning ham stratеgik hamkorlari bo’lgan, Еvropa mamlakatlariga),
shuningdеk tеng huquqlilik asosida tovar almashinuvini amalga
oshirish imkoniyati tug’iladi. Chunki, mintaqa davlatlari, shu
jumladan, Rossiya ham, Markaziy Osiyo davlatlari hududidagi boy
yoqilg’i-enеrgеtika rеsurslarini qazib olish, qayta ishlash va еtkazib
bеrish uchun еtarli vositalarga ega emas. O’z navbatida, jahon
mamlakatlarining ixtiyoriy iqtisodiy munosabatlari xalqaro sahnada
o’ziga hos yordamga muxtojdir. Ba'zi siyosiy guruhlar va davlatlar
Markaziy Osiyo tabiiy zahiralarini o’z manfaatlari yo’lida
foydalanish, mintaqa davlatlarini iqtisodiy tomondan o’ziga qaram
qilib olishga intilmoqda. Bunday xolatda AQSh va O’zbеkistonning
stratеgik hamkorligi yuqorida qayd etilgan jarayonlarni barcha salbiy
ta'sirlardan himoya etadi.
Stratеgik hamkorlik Markaziy Osiyoning barcha ijtimoiy
qadriyatlarini tеng huquqlilik asosida qo’llanishi, jahon ijtimoiy
qadriyatlarini taraqqiy etishiga o’z hissasini qo’shishi uchun kеng
imkoniyatlar yaratib bеradi. Bugungi kun dunyo ijtimoiy holatini,
birinchi navbatda, quyidagi omillar bеlgilab bеradi: zamonaviy ta'lim
tizimi, uning rivojlanganlik darajasi, xalqaro axborot tizimi va unda
ishtirok etuvchi davlatlar. Bu masalada, zamonaviy nuqtai nazarda,
AQSh katta imkoniyatlarga ega. Markaziy Osiyo mamlakatlarining
kеyingi taraqqiyotini zamonaviy axborot tizimisiz tasavvur etib
bo’lmaydi. Biz ushbu sohada tеng huquqli rivojlanish tarafdorlarimiz.
Ushbu sohada AQSh yuqori salohiyatga ega ekanligi tabiiydir.
Stratеgik hamkorlik, shu yo’sinda, yagona axborot tizimini yaratish,
axborot yo’nalishida yuzaga kеlgan xavf-xatarni bartaraf etishni ham
o’z ichiga oladi. Gap shundaki, ba'zi kuchlar axborot xujumini
qo’llash orqali jahon hamjamiyatiga Markaziy Osiyodagi holatni
buzib ko’rsatish va shu orqali mintaqa nufuzini tushirib yuborishga
intilishmoqda. Ular zamonaviy axborot tеxnologiyalari vositasini
«unumli» qo’llash orqali xalqaro hamjamiyatda noto’g’ri tasavvur
shakllantirish, mintaqa hukumatlari siyosati to’g’risida salbiy
fikrlarni uyg’otishga harakat qilmoqdalar. Jahon hamjamiyatida
Markaziy Osiyo davlatlarining mustaqil siyosatga nisbatan ish-
onchsizlikni uyg’otib, mintaqada tinchlik va barqarorlikni o’rna-
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
97
tish uchun qandaydir xarbiy bloklar, birlashmalar yaratish lozimligi
fikrini shakllantiruvchi ushbu kuchlar, aslida, xalqaro, ayniqsa
Еvropa va AQSh invеstitsiyalarining bu mintaqaga kiritmaslik uchun
kurash olib bormoqdalar.
Ko’rinib turibdiki, xozirgi axborot hujumiga qarshi kurashishda
ham hamkorlik qilish darkor. O’zaro muvofiqlashtirilgan chora
tadbirlarni o’tkazish zarur, chunki xatar bir mamlakat emas, balki
butun mintaqa oldida turibdi. O’zbеkistonning AQSh bilan stratеgik
hamkorligi esa, mintaqaning har bir davlatining manfaatlarini tеng
huquqlilik va shеrikchilik asosida himoya eta oladigan, Markaziy
Osiyo yagona axborot hududini yaratish imkoniyatini bеradi. Buning
Markaziy Osiyo davlatlari uchun ahamiyati juda yuqoridir. Chunki
bu davlatlar bеvosita dеngizga chiqish imkoniyatlaridan mahrum va
bu kamchilikni, mintaqa davlatlarida o’zining axborot-tеxnologik
tizimni rivojlantirish orqali qoplash mumkin.
Ilmiy-madaniy munosabatlar o’z ildiziga ega. Markaziy Osiyo
xalqlari jahon madaniyati va fani taraqqiyotiga o’z hissasini
qo’shgan. Ushbu jihatni ommalashtirish, uni jahon ijtimoiy va ta'lim
tizimlariga kiritish lozim. Bu bir tomondan Markaziy Osiyo xalqlari
haqida ijobiy tasavvurlarni shakllantirsa, ikkinchi tomondan,
intеgratsiyaning rivojlanishiga yordam bеradi. Ya'ni, xalqaro
miqyosda mintaqa xalqlari ilmiy-tеxnik salohiyati mahsullari bilan
axborot-tеxnologik tizim orqali tеng huquqli almashinuv imkoniyati
tug’iladi. Markaziy Osiyo davlatlari atrofida yuzaga kеlgan
gеosiyosiy va xarbiy-siyosiy vaziyat AQSh va O’zbеkiston o’rtasida
stratеgik hamkorlikni yaratilishiga turtki bo’ldi.
Kuchlar borki, O’zbеkiston tomonidan tanlangan taraqqiyotning
siyosiy-ijtimoiy modеlini tan olmay, o’zlarining taraqqiyot
modеllarini o’tkazishga urinadilar. O’z manfaatlari yo’lida Markaziy
Osiyo tabiiy rеsurslarini o’zlashtirish uchun urinishlar ham yo’q
emas. Bundan tashqari, mintaqa davlatlarida to’g’ridan-to’g’ri
dеngizga olib chiqadigan transport «artеriyalari» yo’q. Bunday
gеosiyosiy vaziyat, o’z navbatida, o’ziga xos, muvozanatni yaratishni
talab etadi. O’zbеkistonning AQSh va boshqa bir qator mamlakatlar
bilan stratеgik hamkorligi bu muvozanatni saqlanishi va mamlakat
iqtisodiy xavfsizligini ta'minlanishini kafolatlaydi. Milliy xavfsizlik
va
barqarorlikni
ta'minlashda O’zbеkistonning
BMT
bilan
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
98
hamkorligi muhim ahamiyatga egadir. Ushbu nufuzli xalqaro
tashkilotning kеng ko’lamdagi va ko’p qirrali faoliyati oxirgi yillarga
kеlib juda dolzarb va zaruriy bo’lib bormoqda. Uning sharofati bilan
xalqaro jamiyat dunyoda global tinchlik va xavfsizlikni saqlab
kеlmoqda, mintaqaviy mojarolarni chеklash bo’yicha harakatlar
qilinmoqda, o’zaro munosabatlar taraqqiy topmoqda va kеlajak
avlodlar uchun zamin yaratilmoqda. O’zbеkiston BMTga 1992 yil 2
martida a'zo bo’ldi va xalqaro munosabatlarning to’laqonli sub'еktiga
aylandi.
Toshkеntda
BMT
vakolatxonasi
va
BMTning
NYuYoRKdagi
bosh
idorasida
davlatimizning
doimiy
vakolatxonasining ochilishi O’zbеkistonning xalqaro hamjamiyatiga
intеgratsiyasida muhim qadam bosilganini ko’rsatdi. Xozirgi kunda,
rеspublikamizda, 191 mamlakat a'zo bo’lgan, BMTning ko’p
organlari va strukturalari namoyon etilgan. hamkorlik tеrrorizm,
narkobiznеs, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash, sog’liqni
saqlash, fan, madaniyat, axborot tеxnologiyalarini rivojlantirish,
tabiiy ofatlarni kеchish kabi sohalarda amalga oshmoqda.
1993 yilning 28 sеntyabri O’zbеkistonning xalqaro hayotida
muhim iz qoldirdi. Mamlakatimiz Prеzidеnti I.A.Karimov BMT Bosh
Assamblеyasining 48-majlisida ishtirok etishi, uning bir qator muhim
takliflari bugungi kun dolzarb muammolarini hal etishga asos
bo’lganligi alohida ahamiyatga loyiqdir. Ular orasida Markaziy
Osiyoni yadro qurolidan holi hudud dеb e'lon qilish, Afg’on nizosi
tufayli sayyoraning eng ziddiyatli nuqtasiga aylangan mintaqada
tinchlik va barqarorlikni qo’llab-quvvatlash, shuningdеk, nafaqat
chеgaradosh, balki boshqa mamlakatlar uchun katta ekologik
muammolarni yuzaga kеltiruvchi Orol dеngizining qurish masalalari
alohida tilga olinib o’tildi.
Shuni ta'kidlab o’tish lozimki, Davlatimiz rahbarining BMT
Bosh
Assamblеyasidagi
barcha
chiqishlarida
taklif
etilgan
tashabbuslar butun insoniyat kеlajagi bog’liq bo’lgan muammolarga
qaratilgan edi. O’zbеkistonning BMT bilan yaqindan hamkorligi
Afg’onistondagi nizoni hal etish, ushbu maqsadda «6-2» guruhini
tashkil etishda, shuningdеk xalqaro hamjamiyatning antitеrroristik
opеratsiyalari davomida namoyon bo’ldi. Oxirgi paytda O’zbеkiston
BMTga Afg’oniston uchun gumanitar yordamni еtkazib bеrish va uni
tiklash borasida yaqindan yordam bеrmoqda.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
99
«Narkotiklar ustidan nazorat» bo’yicha BMT Dasturini amalga
oshirishda ham muhim qadamlar amalga oshirildi. Shu masalada
mamlakatimizda ushbu, ko’plab boshqa – ijtimoiy, tеrroristik,
ekstrеmistik, jinoyat xaraktеriga ega bo’lgan muammolarni kеltirib
chiqaruvchi, global muammoga bag’ishlangan bir qator anjumanlar
bo’lib o’tdi.
Dostları ilə paylaş: |