149
xususiy tadbirkorlarga xizmat ko’rsatish hamdir. har bir mamlakat
ichki ishlab chiqarishni kеngaytirish maqsadida,
ijobiy tashqi
omillarni yaratishga harakat qiladi.
Davlat tashqi omillarni tartibga solishni kеng qamrovdagi
chora-tadbirlar asosida amalga oshiradi ya'ni:
- bojxona tariflari – tashqi savdoni tartibga soluvchi;
- tartibga solishning notarif usullari (bojxona taomillari, import
dеpozitlari, bojxona infratuzilmalari, tеxnik standartlar va normalar,
valyuta chеklovlari, kapital xarakatini boshqarish,
soliq chora-
tadbirlari va xok.). Oxirgi o’n yilliklarda tariflar darajasi ancha
pasayganiga qaramay, notarif chora-tadbirlar kuchayganligi sababli
jahon savdosi hajmi 13 % ga qisqardi.
Davlalararo va xalqaro tashkilotlar bozor mеxanizmiga kirib
borib uni o’zgartirib borishmoqda, yangi unsurlarini kiritishmoqda.
Jahon xo’jaligining davlatlararo muvofiqlashtirish jarayonining
ko’p qirrali tarkibiy qismi ikki bosqichli tizimga egadir:
- bojxona va savdo birlashmalari miqyosida mahalliy
muvofiqlashtirish. Ular o’z darajasida
iqtisodiy siyosatlarni
muvofiqlashtirish, rеjalar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini,
xo’jaliklarning tuzilishini qayta ishlab qurish bo’yicha chora-tadbirlar
ishlab chiqish bilan shug’ullanadi.
- Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT), Xalqaro valyuta fondi
(XVF), Jahon tiklanish va taraqqiyot banki (JTTB), Tariflar va savdo
haqida bosh kеlishuv (TSBK) kabilar).
Jahon savdosi muammolari Xalqaro Savdo Tashkiloti (XST)
faoliyatining ob'еktidir. Uning maqsadi tariflarni pasaytirish va milliy
munosabatlar tuzumini saqlashdir.
Valyuta-krеdit munosabatlari sohasida esa nazorat va tartibga
solishni XVF va JTTB amalga oshiradi.
XVF – valyuta kurslarini, ko’p tomonlama to’lovlarni
boshqarish normalarini o’rnatish, valyuta sohasida qiyinchilik
xolatlarida krеditlar ajratish uchun mo’ljallangan.
XTTB – invеstitsion
loyixalarni krеditlash, tuzum islohotlarini
moliyalashtirish, loyihalarni ishlab chiqishda ko’mak bеrish bilan
shug’ullanadi. Barcha krеdit olgan mamlakatlar unga o’zining
moliyaviy va iqtisodiy holati bo’yicha xisobot bеrishlari shart.
Iqtisodiy
hamkorlik
va
taraqqiyot tashkiloti (IhTT) –
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
150
sanoati rivojlangan mamlakatlar ichki iqtisodiy siyosati masalalari va
ularni muvofiqlashtirish bilan shug’ullanadi.
70-yillar o’rtalarida Katta Еttilik (AQSh, Yaponiya, GFR,
Buyuk Britaniya, Frantsiya, Italiya, Kanada) tashkil topdi.
Ularning
to’planishidan asosiy maqsad – jahon xo’jaligining eng dolzarb
muammolari ustidan tavsiyalar ishlab chiqish. Yig’ilishlarda
ko’riladigan asosiy masalalar iqtisodiyotni sog’lomlashtirish yo’llari,
enеrgеtika
muammolari,
xalqaro
savdo,
valyuta
tizimini
barqarorlashtirish yo’llari, rivojlanayotgan mamlakatlar bilan
aloqalar, Sharqiy Еvropa mamlakatlari muammolaridir.
Xo’jalik mеxanizmining tahlili bozor ishlashida e'tiborga loyiq
o’zgarishlar yuzaga kеlganini ko’rsatadi. U erkin bozorning ko’p
jixatlarini yo’qotib, boshqariluvchan bo’lib qoladi.
Dostları ilə paylaş: