Tayanch iboralar:
yozilmagan, loqal, mulkchilik huquqi,
mafiyona o’yin qoidalari.
102.
Xufyona iqtisodiyot faoliyatining oqibatlari.
Tayanch iboralar:
rasmiy,
norasmiy, hukmronlik, cheklash, zulm.
103.
Xufyona iqtisodiyotning kelib chiqishi sabablari.
Tayanch iboralar:
rasmiy,
hukmronlik, cheklash.
104.
Xufiyona iqtisodiyot.
Tayanch iboralar:
Qonundan bosh tortish, huquq
doirasidan tashqari, byurokratiya.
105.
Shartnoma tushunchasi.
Tayanch iboralar:
Majburiyat, ishtirokchi, tomonlar,
tartibga solish.
106.
Shartnomalar turlari: klassik va neoklassik.
Tayanch iboralar:
Miqdor
davomiylik, mazmun, tenglik, sug’urta, to’liq.
107.
Shartnomalarning xillari.
Tayanch iboralar:
mazmun, tenglik, sug’urta, to’liq
150
III. MUNOZARA UCHUN OCHIQ SAVOLLAR
1.
«O’ziniki» va «begonalar»ga bo’lishga misollar keltiring. Ushbu qoidalar nima
uchun paydo bo’ldi? Ular hozirda qanchalik o’zgargan va nima uchun?
«O’ziniki» va «begona» xilidagi qoidalar hozirgi vaqtda qanaqa funktsiyalarni
bajaradi?
2.
Agar institutsional muhit barqarorlikni ta’minlamasa, qanaqa muammolar
paydo bo’lishi mumkin?
3.
Agent xatti-harakatining samaradorligi u foydalanishi mumkin bo’lgan axborot
hajmining oshishi bilan kamayadigan vaziyat sodir bo’lishi mumkinmi? O’z
javobingizni muayyan misollar bilan asoslang.
4.
Agentlik nazariyasi atamalarida top-menejerlar, aktsiyadorlar va yollanma
xodimlar o’rtasidagi munosabatlarni ta’riflang. Menejer kim – printsipalmi
yoki agentmi? O’z javobingizni asoslang.
5.
Agentlik nazariyasi doirasida ratsionirlash tartibotini qanday maqsadda va
qaysi tomondan qo’llash mumkinligini izohlang? Ushbu mexanizmning
ishlashini misol orqali ko’rsating.
6.
Agentlik nazariyasining asosiy omillarini ajrating va printsipal bilan agentning
o’zaro hamkorligi sxemasini ta’riflang. Tovar bozorida, kredit bozorida,
sug’urta bozorida, mehnat bozorida yuzaga keloadigan agentlik
munosabatlariga misollar keltiring. Har bir misol uchun kim printsipal va kim
agent hisoblanishini, ularning har biri qanaqa harakatlarni qo’llashini
ko’rsating.
7.
An’anaviy va zamonaviy institutsional istlarning «institut» tushunchasini
ta’riflashga nisbatan yondashuvlaridagi asosiy farqlar qanaqa?
8.
An’anaviy institutsionalistlarning institutlarni tahlil qilishga nisbatan
yondashuvini tavsiflang. Jon Kommons institutlarga qanaqa ta’rif bergan?
Kommons yondashuviga mos keluvchi institutga misol keltiring.
9.
Axborotni izlashning asosiy sohalari qanaqa? Individlar ushbu sohalardagi
qidiruvni amalga oshirishida qanaqa xarajatlar qilishiga misollar keltiring.
151
Qanaqa omillar axborotni izlash xarajatlarining oshishiga xizmat qiladi? Nima
uchun?
10.
Bir institutdan agentlarning turli guruhlari tomonidan turli maqsadlarda
foydalanish mumkinmi? O’z javobingizni asoslang. Agar ha bo’lsa, tegishli
misolni keltiring.
11.
Davlat aholining transaktsiya xarajatlarini qanday qilib kamaytirishi mumkin?
12.
Davlat aholining transaktsiya xarajatlarini qanday qilib oshirishi mumkin?
13.
Jamiyatdagi ishonch darajasi boshqarish shaklini tanlashga qanday ta’sir
ko’rsatadi? O’z javobingizni asoslang.
14.
Zamonaviy jamiyatda norasmiy institutlar samaradorligining pasayishini nima
bilan izohlash mumkin? Qaysi sohalarda norasmiy institutlar o’z ahamiyatini
saqlab qoladi?
15.
Ijaraga olingan uchastkada uy qurilishi ijarachi va ijaraga beruvchining
muzokara kuchlariga qay tarzda ta’sir ko’rsatadi? Ulardan kim va nima uchun
o’zini opportunistik tutishimkoniyatiga ega bo’ladi? Mazkur opportunistik
xatti-harakatnimada o’z ifodasini topadi? U qanday nomlanadi?
16.
Ikkita korxona o’rtasidagi munosabatlarda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan
muvofiqlashtirish muammosini ta’riflang. Ishtirokchilar sonining o’sishi bilan
muvofiqlashtirish muammolari hal etish mexanizmlari qanday o’zgaradi?
Javobingizni keltirilgan misol bilan izohlang.
17.
Iqtisodiy qoidalarning doimiy ravishda o’zgarishi iqtisodiy agentlarning
kutishlari va xatti-harakatiga qay tarzda ta’sir ko’rsatadi?
18.
Iqtisodiy madaniyat shajarasining asosiy darajalarini ta’riflang. Mazkur
darajalarning har birida qadriyatlarning roli qanday?
19.
Iqtisodiy siyosat jamiyatda hukumronlik qilayotgan qadriyatlarni qay tarzda
hisobga olishi lozim? Qadriyatlarning inkor etilishi salbiy oqibatlarga olib
kelgan holatlarga misol keltiring.
20.
Imtihonda ko’chirish oqilonami?
21.
Individ qadriyatlarga amal qiladigan xatti-harakatga misol keltiring. Agar u
ta’riflangan vaziyatda bitimlarga tayanganida nima yuz bergan bo’lardi?
152
22.
Institutlar tashkilotlardan nima bilan farq qiladi? Fikringizni aniq misol bilan
izohlang.
23.
Internet-makonda agentlar munosabatlarini tartibga solishda norasmiy
qoidalarning samarasizligini nima bilan izohlash mumkin?
24.
Internet-makonda kontragentlar o’zaro munosabatlarining o’ziga xos
xususiyatlari qanaqa?
25.
Ishbilarmon sheriklarni izlash strategiyalarini sanang. U yoki bu strategiyani
tanlash nimaga bog’liq? Korxonalar sheriklarni izlash xarajatlarini qanday
qilib kamaytirishlari mumkin?
26.
Ishonchli tovarlar bozorida bitimlarning amalga oshirilishi sotuvchilar va
xaridorlarning opportunistik xatti-harakatiga misollar keltiring.
27.
Ishonchli tovarlar bozorida opportunistik xatti-harakatning qaysi turlari o’rin
tutadi? Ularning har biri qanday va nima uchun namoyon bo’lishini ta’lim
xizmatlari ko’rsatish misolida izohlang.
28.
Kommons tomonidan ajratilgan har bir turdagi transaktsiyalarga bittadan misol
keltiring. O’z tanlovingizni asoslang. Ushbu misollar asosida transaktsiyalar
o’rtasidagi farqlarni tariflang.
29.
Kommons transaktsiyalarning qanaqa uchta xilini ajratadi? Kommonsning
fikriga ko’ra, transaktsiyalarni tavsiflashning asosidanima yotadi? Kommons
tomonidan ajratilgan transaktsiyalarning xillari bir-biridan nimasi bilan farq
qiladi?
30.
Kontragentlarning kooperatsiyasiga xizmat qiluvchi institutga misol keltiring.
Mazkur institutlarga amal qilishda majburlash tizimining roliqanaqa? O’z
javobingizni asoslang.
31.
Korxona uchun narx-navo mojarosida ishtirok etish maqbulmi? O’z
javobingizni asoslang.
32.
Korxonalar o’z tovarlarining narxlarini qanaqa qoidalar asosida belgilashlari
mumkin? Mazkur holatda korxonalarning xatti-harakati cheklangan oqilonalik
kontseptsiyasiga mos keladimi? O’z javobingizni asoslang.
153
33.
Qaysi holatda va nima uchun ma’naviy tavakkalchilikning oldini olish
printsipal uchun katta xarajatlar bilan bog’liq bo’ladi: (a) mijoz va advokatning
munosabatlarida; (b) ishchi va tsex boshlig’i munosabatlarida? O’z
javobingizni asoslang.
34.
Qanaqa institutlar qoidalarni rasmiy va norasmiy o’qitishni amalga oshiradi?
35.
Qanaqa kasblar faqat ijobiy transaktsiya xarajatlari o’rin tutgan hollarda
mavjud bo’ladi? O’z javobingizni asoslang.
36.
Qanaqa omillar korxona uchun agentlik xarajatlari paydo bo’lishiga sharoit
yaratadi? Agentlik xarajatlari, axborot xarajatlari va mulk huquqlarini himoya
qilish xarajatlarini o’zaro taqqoslang.
37.
Qanday vaziyatda ish beruvchi tovlamachilikni qo’llashi mumkin? Xodim
tovlamachilikdan himoyalanishning qanaqa usullarini qo’llashi mumkin?
38.
Qanday holatda xaridorning transaktsiya xarajatlari yuqori bo’ladi – salondan
yangi avtomobilni xarid qilishdami yoki minilgan avtomobilni uning eski
egasidan xarid qilishdami? Xaridorning har bir holatdagi transaktsiya
xarajatlarini taqqoslagan holda o’z javobingizni asoslang.
39.
Qoidalarni ichki sabablar tufayli yuzaga keladigan va tashqaridan qabul
qildiriladigan turlarga bo’lish ularni rasmiy va norasmiy qoidalarga bo’lishga
mos keladimi? O’z javobingizni asoslang.
40.
Ma’naviy tavakkalchilik bilan yashirincha harakatlar va yashirincha axborotga
ega bo’lgan ma’naviy tavakkalchilik o’rtasidagi farqlarni misollar orqali
izohlang.
41.
Ma’naviy tavakkalchilikka qarshi kurashishning tashqi va ichki usullari nima
bilan farq qiladi? Mehnat bozoridagi shuhrat xodimni opportunistik xatti-
harakatga undovchi omillarga qanday ta’sir ko’rsatadi? Ushbu mexanizmning
samaradorligini baholang.
42.
Ma’naviy tavakkalchilikning oldini olishusuli sifatida monitoringning
kamchiliklari qanaqa? Monitoringning samaradorligi qaysi omillarga bog’liq?
O’z javobingizni asoslang.
154
43.
Menedjerlar bilan aktsiyadorlar o’rtasidagi munosabatni agentlik atamalarida
ta’riflang. Kim ushbu holatda printsipal va kim agent hisoblanadi? Taraflardan
qaysisi o’zini opportunistik tutish imkoniyatiga ega bo’ladi?
44.
Mehnat bozorida noqulay tanlov muammolarini hal etish uchun qo’llanishi
mumkin bo’lgan signallar va filtratsiya mexanizmlarining ta’siri o’rtasidagi
farq nimada? O’z javobingizni misollar orqali asoslang.
45.
Mehnat bozorida, kredit bozorida, sug’urta bozorida signallar mexanizmidan
foydalanishga misollar keltiring. Misollarning tanlanishini asoslang.
46.
Mehnat bozoridagi ma’naviy tavakkalchilikka misol keltiring. Uning paydo
bo’lishining sabablari qanaqa? O’z javobingizni asoslang.
47.
Mehnat bozoridagi noqulay tanlovga misol keltiring. Ushbu holatda noqulay
tanlov nima uchun yuzaga keladi va nimadan iborat? Noqulay tanlovning
o’zaro hamkorlik har bir ishtirokchisining farovonligiga ta’sirini tavsiflang.
48.
Milgrom va Roberts transaktsiya xarajatlarining qanaqa toifalarini ajratdi? Ular
tasnifining asosida qanaqa mezon yotadi? Milgrom va Roberts ajratgan
xarajatlar toifalarini ta’riflang va ular o’rtasidagi farqlarni izohlovchi misollar
keltiring.
49.
Muvofiqlashtirish muammolarini hal etuvchi institutga misol keltiring. Ko’rib
chiqilgan institutni ta’riflang (qoida plyus sanktsiya).
50.
Muzokaralar olib borish xarajatlarining toifalarini sanang. Misollar keltiring.
Qanaqa omillar muzokaralar olib borish xarajatlarining oshishiga xizmat
qiladi? Ularni qanday qilib kamaytirish mumkin?
51.
Mukammal shartnomaning asosiy belgilarini sanang. Professor bilan
universitet o’rtasidagi mukammal shartnoma qanday ko’rinishga ega bo’lishi
kerak?
52.
Mulk huquqlarining himoya qilinganlik darajasi boshqarish shaklini tanlashga
qanday ta’sir ko’rsatadi? O’z javobingizni asoslang.
53.
Munosabat shartnomasini tuzgan taraflar shartnomani ijro etishga
majburlashning qanaqa mexanizmlaridan foydalanishlari mumkin? Ular
opportunistik xatti-harakatga undovchi omillarga qanday ta’sir ko’rsatadi?
155
54.
Mutaassib xatti-harakatning shakllanishi qanaqa omillarga bog’liq?
Mutaassiblikning shakllanishi ehtimoli kam bo’lgan faoliyat sohalari
mavjudmi? O’z javobingizni izohlang.
55.
Natijaga qarab haq to’lashning joriy etilishi qay tarzda ma’naviy tavakkalchilik
muammolarini hal etishga ko’maklashishiga misol keltiring. “Tavakkalchilik -
rag’batlar” dilemmasining mohiyati nimadan iborat? Ushbu dilemmani
izohlovchi misolni keltiring.
56.
Nima sababdan qadriyatlar iqtisodiy xatti-harakatga ta’sir ko’rsatadi? Agar
insonlar mutlaq oqil bo’lganlarida o’zgargan bo’larmidi? O’z javobingizni
asoslang.
57.
Nima uchun biznes-maslahatchilarga zarurat tug’ildi? Korxonalar duch
keladigan muammolarni hal etishda masahatchilar korxona ichidagi agentlarga
qaraganda qanaqa ustunliklarga ega?
58.
Nima uchun jamiyat a’zolarining soni o’sishi bilan norasmiy qoidalarga amal
qilishda chiptasiz muammosi paydo bo’lishi mumkin? Rasmiy institutlar
chiptasiz muammosini qanday qilib bartaraf etish imkonini berishga misollar
keltiring.
59.
Nima uchun sotuvchi o’z tovariga berayotgan kafolatlar o’lchash xarajatlarini
kamaytirish imkonini beradi? Qanaqa toifadagi tovarlarni xarid qilishda
kafolatla ro’lchash xarajatlarini kamaytirishga xizmat qiladi? Kafolatlar
sotuvchi va xaridorni opportunistik xatti-harakatga undovchi omillarga qanday
ta’sir ko’rsatadi? Kafolatlarning o’lchash xarajatlariga ta’sirini izohlovchi
misol keltiring.
60.
Nima uchun o’zaro hamkorlik ishtirokchilari shartnomani ijro etishga
majburlash xarajatlarini amalga oshirishga majbur? Ushbu xarajatlarni
pasaytirish usullari qanaqa? Mazkur usullarni ta’riflang va nima uchun ular
majburlash xarajatlarini pasaytirish imkonini berishini izohlang.
61.
Nima uchun o’ziga xos aktivlarga investitsiya kiritishni nazarda tutuvchi uzoq
muddatli sheriklik munosabatlarida munosabat shartnomasini tanlash optimal
hisoblanadi? O’z javobingizni asoslang.
156
62.
Noaniq bilimga misol keltiring. Noaniq bilimni sotishda qanaqa qiyinchiliklar
paydo bo’lishi mumkin? Qaysi institutlar ushbu qiyinchiliklarni yengib
o’tishga yordam beradi?
63.
Noaniqlik darajasi yuqori bo’lgan o’tish iqtisodiyotida nufuz barqaror bozor
iqtisodiyotidagiga qaraganda muhimroq degan fikr to’g’risi? Nima uchun?
64.
Norma va unga asoslangan qoidalarga misol keltiring. Ushbu misol yordamida
norma bilan qoidalar o’rtasidagi farqni ko’rsating.
65.
Nort va Uollis AQSh iqtisodiyotida transaktsiya sektorining ulushini
baholashga bag’ishlangan tadqiqotida xarajatlarning qanaqa toifalarini
ajratishdi? Ular transaktsiya xarajatlarini qanday baholashdi? Nort va Uollis
qanaqa tarmoqlarni transaktsiya tarmoqlariga kiritishdi? Ular transaktsiya
xarajatlari o’sishining qanaqa sabablarini ajratishdi?
66.
Nort va Eggertsson transaktsiya xarajatlarining qanaqa toifalarini ajratishgan?
Tegishli toifalarni abiturientning oliy o’quv yurtini tanlash va unga kirish
chog’idagi xarajatlari misolida ta’riflang.
67.
Nort transaktsiya xarajatlarining darajasini va tarkibini tavsiflovchi qanaqa
omillarni ajratdi? Ular transaktsiya xarajatlarining tarkibiga qanday ta’sir
ko’rsatadi?
68.
Nort–Eggertssonning tasnifiga muvofiq mulk huquqlarini himoya qilish
xarajatlarini transaktsiya xarajatlarining qanaqa toifalari jumlasiga kiritish
mumkin? Javobingizni tasdiqlovchi misollarni keltiring.
69.
Nort–Eggertssonning tasnifiga muvofiq foydalanuvchi tomonidan virusga
qarshi dasturning xarid qilinishi va o’rnatilishini xarajatlarning qaysi xiliga
kiritish mumkin? O’z javobingizni asoslang.
70.
Oddiy do’konlarda va internet-do’konlarda sotuvchilarning opportunistik xatti-
harakati ehtimolini taqqoslang.
71.
Printsipal imkoniyatli agentlarning yashirincha xususiyatlarini aniqlay
oladimi? Agar yo’q bo’lsa, nima uchun? Agar ha bo’lsa, u qay tarzda harakat
qilishi mumkin?
157
72.
Real shartnomalarning mukammal emasligi sabablarini ayting. Talaba bilan
universitetning o’zaro hamkorligi misolida nima uchun taraflar mukammal
shartnoma tuza olmasligini ko’rsating.
73.
Samarali ish haqi mexanizmining xodimni opportunistik xatti-harakatga
undovchi omillarga ta’sirini ta’riflang. Ushbu mexanizmdan foydalanish
korxona uchun qanaqa kamchiliklar bilan bog’liq?
74.
Sotuvchi tomonidan belgilanadigan yuqori narx tovarning yuqori sifatli
ekanligidan dalolat berishi mumkinmi? O’z javobingizni asoslang.
75.
Sug’urta bozoridagi ma’naviy tavakkalchilikka misol keltiring. Uning paydo
bo’lishining sabablari qanaqa? O’z javobingizni asoslang.
76.
Sug’urta bozoridagi noqulay tanlovga misol keltiring. Ushbu holatda noqulay
tanlov nima uchun yuzaga keladi va nimadan iborat?
77.
Taqsimlash va bo’lish qoidalari qanaqa funktsiyalarni bajaradi? Bunday
qoidalarga bo’lgan zarurat nima uchun paydo bo’ladi? O’z javobingizni
misollar bilan izohlang.
78.
Talabalarning o’qituvchi bilan o’zaro hamkorligini Kommons tomonidan taklif
etilgan tasnifga muvofiq transaktsiyalarning qaysi xiliga kiritish mumkin? O’z
javobingizni asoslang.
79.
Taraflar o’z kontragentlari faoliyatining monitoringini amalga oshirishda
qanaqa maqsadlarni ko’zlashadi? Monitoring xarajatlarining miqdoriga qanaqa
omillarta’sir ko’rsatadi?
80.
Taraflar shartnomani tuzish xarajatlariniqanday qilib kamaytirishlari mumkin?
Shartnomani tuzish xarajatlarini tejash shartnoma tuzilganidan keyingi
transaktsiya xarajatlarini ham kamaytirish imkonini beradimi? O’z
javobingizni asoslang.
81.
Tarmoqqa kirishni cheklash kabi transaktsiyalarni amalga oshirishga xizmat
qiluvchi mexanizmni ta’riflang. Nima uchun mazkur mexanizm transaktsiya
xarajatlarining kamayishiga xizmat qiladi? Ushbu mexanizm qanaqa
kamchiliklarga ega?
158
82.
Transaktsiya xarajatlarini empirik baholashning murakkabligi nima bilan
shartlangan?
83.
Transaktsiya xarajatlarining transformatsiya xarajatlaridan farqi nimada?
Misollar keltiring.
84.
Transaktsiyani ta’riflashga nisbatan Kommons yondashuvi. Kommonsning
fikriga ko’ra, transaktsiyaning asosida qaysi uchta tamoyil yotadi? Ular o’zaro
qanday bog’liq? Ular neoklassik model bilan solishtirganda transaktsiya
haqidagi tasavvurni qanday o’zgartirishadi?
85.
O’ziga xos aktivlarga investitsiya kiritgan tarafning muzokara kuchi to’liqsiz
shartnomaning amalga oshirilishi jarayonida qanday o’zgarishini misol orqali
ko’rsating.
86.
Uzoq muddatli shartnomaning tuzilishi tovlamachilikdan ishonchli himoya
hisoblanadimi? Javobingizni tasdiqlovchi misol keltiring.
87.
Uilyamson va Kommons tomonidan taklif etilgan transaktsiyalar ta’riflarining
farqi nimada? Javobni misollar orqali izohlang. Nima uchun Uilyamsonning
fikriga ko’ra transaktsiyani boshqarish – huddi transaktsiya kabi tahlil
qilishning muhim predmeti?
88.
Uilyamson transaktsiyalarning qanaqa xillarini ajratdi? Transaktsiyalarning
tez-tez takrorlanishi va ularda ishtirok etuvchi aktivlarning o’ziga xoslik
darajasi kabi parametrlar boshqaruv shaklini tanlashga qay tarzda ta’sir
ko’rsatadi?
89.
O’qituvchi bilan talaba o’rtasidagi munosabatlarda ma’naviy tavakkalchilik
nimada namoyon bo’ladi? Taraflardan qaysisi o’zini opportunistik tutishi
mumkin? Nima uchun ularning munosabatlarida ma’naviy tavakkalchilik
paydo bo’lishi mumkin? Ushbu vaziyatda o’zaro hamkorlik ishtirokchilari
ma’naviy tavakkalchilik muammolarini hal etishning qaysi mexanizmlaridan
foydalanishlari mumkin?
90.
O’qituvchilar bilan talabalar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi
rasmiy va norasmiy qoidalarga misollar keltiring. Rasmiy va norasmiy qoidalar
ushbu vaziyatda bir-biriga qanday bog’lanishi mumkin?
159
91.
Umumiy yo’nalishdagi aktivlaro’ziga xos aktivlardan nimasi bilan farq qiladi?
Nima uchun o’ziga xos aktivlar ishtirok etadigan transaktsiyalar boshqarning
alohida shakllarini talab qiladi?
92.
Uni amalga oshirishu chun klassik shartnomaning tuzilishi optimal
hisoblanadigan bitimning tavsiflari qanaqa? O’z javobingizni asoslang va uni
tasdiqlovchi misol keltiring.
93.
Uning doirasida diskretlik va prezentativlik mezonlariga amal qilinadigan bitimga
misol keltiring. Misolning tanlanishini asoslang. Nima uchun bunday bitimni
amalga oshirish uchun klassik shartnoma tuziladi?
94.
Faoliyatning qaysi sohalarida korxonalarning obro’si ularning asosiy aktivi
hisoblanadi? Ushbu korxonalar faoliyat ko’rsatadigan tovarlar yoki xizmatlar
bozorlarining asosiy tavsiflari qanaqa?
95.
Xususiylashtirish natijalarini qayta ko’rib chiqish qanaqa ijobiy va salbiy
oqibatlarga olib kelishi mumkin?
96.
Shartnomani tuzishdan oldingi va shartnoma tuzilganidan keyingi transaktsiya
xarajatlari o’zaro qanday bog’langan? O’z javobingizni asoslang. Ushbu
bog’liqlikni tasdiqlovchi misollar keltiring.
97.
Shartnomaning sub’ektiv va ob’ektiv o’lchamlari o’rtasidagi nisbatni izohlovchi
misolni keltiring. Shartnomaning sub’ektiv va ob’ektiv o’lchamlari hech qachon
mos kelmaydi deb ta’kidlash mumkinki?
98.
Shartnomaning asosiy qismlarini sanang va tavsiflang. Ushbu qismlarni kvartira
egasi bilan unda ta’mirlash ishlarini amalga oshirayotgan ishchilar o’rtasida
tuzilgan shartnoma misolida ta’riflang.
99.
Shartnomaning qaysi tarkibiy qismlari shartnoma muddatining uzayishi bilan
alohida ahamiyat kasb etadi? Nima uchun? Nuqtai nazaringizni tasdiqlovchi
misollarni keltiring.
100.
Elektron tijoratning tarqalishi transaktsiya xarajatlarining tarkibiga qanday ta’sir
ko’rsatadi? Xaridorlar uchun elektron tijoratning joriy etilishi Nort–
Eggertssonning tasnifiga muvofiq transaktsiya xarajatlarining qanaqa toifalariga
ta’sir ko’rsatadi? Sotuvchilar uchun elektron tijoratning joriy etilishichi?
Dostları ilə paylaş: |