Berkinov b. B., Yakubov I. O., Sunnatov m. N. Institutsional iqtisodiyot


 Xufyona iqtisodiyot va korruptsiya miqyoslarini kamaytirishda davlatning



Yüklə 2,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/128
tarix21.10.2023
ölçüsü2,14 Mb.
#158626
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   128
Institutsional iqtisodiyot (2)

2. Xufyona iqtisodiyot va korruptsiya miqyoslarini kamaytirishda davlatning 
roli mavzusiga 
AQSh Parlamenti, Germaniya Bundestagi, Rossiya Dumasi va O’zbekiston 
Oliy Majlisi o’rtasida farq borligi hammaga ayon. Ularni qonun ijodkorligi faoliyati 
bilan shug’ullanishlari, mamlakatda amal qiladigan normativ-huquqiy asoslarini
yaratish mas’uliyati berilganligi ular so’zini o’z makoni uchun ustunligi kafolatidir. 
Har bir konstitutsion tuzum ma’muriy vakillari o’ziga xos vakolat doirasiga ega va 


43 
bu holat bunday vakillarning vijdonan ish yuritishlari, xalq, mamlakat oldida 
javobgarliklarini doimo eslatib turishi muqarrar.
Lekin Qadimgi Rimdan ham qadimroqqa borib taqaladigan Korruptsiya 
tushunchasi negadir oddiy fuqaro, dehqon, hunarmand uchun emas, aynan xukumat 
doirlari vakillariga, ular faoliyatiga dahldor tushuncha. 
Sizningcha nega shunday? Oddiy dehqon korruptsiya ishtirokchisi bo’lishi 
mumkinmi? Javobingizni misollar bilan izohlab bering.
QUYIDA KELTIRILGAN FIKRLAR
TO’G’RIMI YOKI NOTO’G’RIMI? 

Tanqid qilma – barcha fikrlar teng qadrli! 
1.
Huquqiy qoidalardan bo’yin tovlash bilan bog’liq xarajatlar quyidagilarni o’z 
ichiga oladi: soliq va boshqa moliyaviy maslahatchilar xizmatlariga haq to’lash; 
ishlab chiqarish hajmining cheklanishi va reklama natijasida yo’qotilgan foyda 
va boshqalar.
2.
Daromadlar transferti bilan bog’liq xarajatlar. Hatto soliqlar to’lashdan bosh 
tortuvchi iqtisodiy sub’ektlar ham o’z faoliyatidan foydali samarani davlat bilan 
baham ko’radi, biroq bunda ular buning evaziga davlatdan hech narsa 
olishmaydi.
3.
Soliqlar va ish haqiga hisoblab yozishlardan bosh tortish bilan bog’liq xarajatlar. 
Daromad solig’i, ijtimoiy sug’urta fondiga va pensiya jamg’armasiga majburiy 
to’lovlardan bosh tortish korxonaga ish haqini to’lashga tejash imkonini beradi, 
lekin bunda mehnatning o’rnini sarmoya bilan bosish va texika bilan qayta 
jihozlashdan manfaatdorlikni pasaytiradi.
4.
Shartnomalarni tuzishning xufyona tadbiri unda ko’plab iqtisodiy sub’ektlar 
ishtirok 
etadigan 
uzoq 
muddatli 
loyihalarning 
amalga 
oshirilishini 
qiyinlashtiradi. 
5.
Shartnomani qayta ko’rib chiqish zarurati tug’ilgan hollarda ishtirokchilar 
bitimning tomonlarning hech biri undan manfaatdor bo’lmagan barcha ikir-


44 
chikirlariga e’tibor qaratishi lozim bo’lgan sud yoki arbitrajga murojaat eta 
olishmaydi.
6.
Xufyona bitim ko’proq ikki tomonlama xususiyatga ega.
7.
Bitimdan manfaatdor bo’lgan uchinchi shaxslar (masalan, stixiyali yuzaga 
keladigan bozorlar yaqinidagi mavzelar aholisi) uning ishtirokchilari doirasidan 
chiqarilgan va, demak, ularning manfaatlari bitimda hisobga olinadi. 
8.
Zararli foydalanish huquqi, odatda, xufyona huquqni tartibga solish sohasidan 
tashqarida qoladi. 
9.
Oshkora sud-huquq tizimi nizolarni hal etishning qator subinstitutlariga–oilaviy-
qarindoshchilik va mafiya mexanizmlariga ega.
10.
Sud va kuchlilik tuzilmalari funktsiyasini bajaruvchi mafiya xizmatlariga 
murojaat etish o’ziga xos soliqni to’lash zarurati bilan shartlangan.

Yüklə 2,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin