Berkinov b. B., Yakubov I. O., Sunnatov m. N. Institutsional iqtisodiyot



Yüklə 2,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/128
tarix21.10.2023
ölçüsü2,14 Mb.
#158626
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   128
Institutsional iqtisodiyot (2)

Xufyona iqtisodiyot
– bu u uchun odatiy xo’jalik faoliyatini yuritishda mavjud 
qonunlarga amal qilish xarajatlari (transaktsiya xarajatlari) o’z maqsadlariga 
erishishdan ko’riladigan foydadan yuqori bo’lgan insonlar uchun panoh (E. de Soto). 
Xufyonalik
– shaxslarning kundalik faoliyatni tashkil qilishda mavjud huquq 
(qonun) normalaridan foydalanishdan bo’yin tovlash va yozilmagan huquqqa, ya’ni 
an’analar va urf-odatlarda qayd etilgan normalarga hamda mulkchilik huquqlarini 
almashish va himoyalash yuzasidan kelib chiqqan nizolarni hal etishning huquq 
doirasidan chetga chiquvchi mexanizmlariga murojaat etishidan iborat. 
MAVZUGA DOIR AMALIY MISOLLAR VA KEYSLAR:
 

Muammo hammaga ma’lum usullar orqali yechilishi mumkin deb 
o’ylama!
1–misol. Ko’plab tadbirkorlar qarindoshlarining o’z oilaviy biznesida 
ishtirok etishiga yo’l qo’ymaslikka intilishadi. Bunday yo’l tutishni qanaqa 
kelishuvlar o’rtasida yuzaga keladigan nizo bilan izohlash mumkin? 
a) industrial va bozor;
b) an’anaviy, bozor va fuqarolik;
v) bozor va an’anaviy; 
g) industrial va fuqarolik;
d) fuqarolik va ijtimoiy fikr to’g’risidagi;
e) an’anaviy va industrial. 
Javob:e), 
qarindoshlarning biznesida ishtirok etishi hamma vaqt ishlab 
chiqarish intizomi talablari bilan rahbar qarindosh tomonidan rayiga 
qarashning kutilishi o’rtasidagi to’qnashuv bilan bog’liq. So’rovda ishtirok 
etgan rossiyalik tadbirkorlardan birining so’zlariga qaraganda: "Oilaviy 


40 
munosabatlar ishdagi munosabatlar bilan hech qachon kesishmasligi kerak. 
Agar men xodimni jazolashim yoki unga o’z noroziligimni bildirishim kerak 
bo’lsa, agar u bilan qarindoshlik rishtalari orqali bog’liq bo’lmasam, buni 
qilish osonroq kechadi. Bundan tashqari, ko’p sonli qarindoshchilik aloqalari 
orqali namoyon bo’lgan ishdagi munosabatlar oilaga eng kutilmagan tarzda 
ta’sir etishi mumkin". 

Yüklə 2,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin