QUYIDA KELTIRILGAN FIKRLAR TO’G’RIMI YOKI
NOTO’G’RIMI?
Tanqid qilma – barcha fikrlar teng qadrli!
35
1.
Transaktsion yondashuvni qo’llashdagi o’ziga xos murakkabliklar shundan
iboratki, ayrim transaktsiya xarajatlari ushbu turdagi xarajatlarning paydo
bo’lishiga olib kelgan transaktsiyalarning mavjud emasligi tufayli
tafsirlanishi va hisoblab chiqilishi mumkin emas. Bunday xarajatlarning
ushbu turlari “virtual xarajatlar”, deb ataladi.
2.
Transformatsiya xarajatlarining turlarini tahlil qilish o’tish iqtisodiyotiga
bo’lgan mamlakatlarda ularning o’sish mexanizmini tushuntirish imkonini
beradi.
3.
Transaktsiya xarajatlari nazariyasi doirasida o’tkaziladigan tadqiqotlarni
mikro va makrodarajalarga bo’lish mumkin.
4.
Mikrodarajada transaktsiya xarajatlarini tahlil qilishga nisbatan Kouz –
Uilyamson yondashuvi transaktsion yondashuv, deb yuritilsa, makrodarajada
Nort yondashuvi transformatsion yondashuv, deb yuritiladi.
5.
Jamiyatning uning avvalgi rivojlanish yo’nalishiga bog’liqligini belgilab
beruvchi yo’nalishga institutsional matritsa deb ataladi.
6.
Bozorni egallab olish bo’yicha qat’iy kurashda ishtirok etuvchi ko’p sonli
iqtisodiyot sub’ektlarning faqatgina bir qismi o’z loyihalarini amalga oshirish
orqali amalga oshiriladi.
7.
O’zbekistonda transaktsiya xizmatlari davlat va nodavlat sektorlari
takshilotlari tomonidan olib boriladi.
8.
Transaktsiya xizmatlarni ko’rsatuvchi nodavlat tashkilotlari O’zbekiston
Savdo-sanoat palatasi, axborot-maslahat va konsalting markazlari, mulkni
baholovchi tashkilotlar, marketing xizmatlari va boshqa idoralar
tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash, maslahat va axborot xizmatlarni ko’rsatadi.
9.
Transaktsiya xarajatlarining tarkibiga faqatgina muayyan mahsulotni sotish
bozorlarining o’ziga xos xususiyatlari katta ta’sir ko’rsatadi.
10.
O’tish iqtisodiyotida transformatsiya xarajatlariga faqatgina resurslarni
investitsiyalash asosida barpo etishga yo’naltirish.
|