34
3.
Nima uchun ijara shartnomas iopportunistik xatti-harakat ehtimolini pasaytirish
imkonini bersada
,
taraflar hamma vaqt ham uni tuzishmaydi?
2. Zirani xarid qilishda qanday qilib opportunistik xatti-harakatning oldini
olish mumkin
Ziraning tabiatda ikki xil navi uchraydi. Yirik donali zira Qorasu
supermarketida 1 kilogrami 80-85 ming so’m turadi. Ziraning mayda xilining 1
kilogrami 15-20 ming so’m turadi. Zira ovqatni ta’mini yaxshilash uchun
foydalaniladi. Sinab ko’rmagan xaridorlar ko’pincha ushbu ikkinchi navli zirani
birinchi navli deb hisoblagan holda katta miqdorda xarid qilishadi. Umuman olganda
ziralar xaridorining eng birinchi muammosi – bu qallob va firibgar sotuvchilardir.
Ular uchun ikkinchi navli va qisman yirik donli zirani aralashtirib (omuxta qilib)
xaridorlarga taklif etish umuman qiyinchilik tug’dirmaydi. Bunda arzon ziralar yirik
navli qimmatbaho ziralar hidi bilan shunchalik to’yinadiki, ularni texnik jihatdan
ajratib bo’lmaydi. Faqat keyinchalik, ovqatga ishlatish vaqtida ikkinchi navli ziradan
umuman boshqacha hid taraladi.
Zira haqiqatdan ham yirik navlimi yoki shunchaki u bilan ikkinchi (past) navli
zira bilan birga saqlanganmi – bu ulkan javobsiz masala hisoblanadi.
Savollar:
1.
Ikkinchi navli zirani yuqori navli yirik zira deb sotuvchi qallob sotuvchilarning
xatti-harakati opportunistik xatti-harakatning qaysi turiga kiradi? O’z
javobingizni asoslang.
2.
Nima uchun qalloblarda o’zini opportunistik tutish imkoniyati mavjud?
3.
Zira (o’lchash xarajatlarining miqdoriga ko’ra) tovarlarning qaysi turiga kiradi?
4.
Mazkur vaziyatda zirasifatini o’lchash xarajatlari kimning zimmasida bo’ladi?
5.
Zirasifatini o’lchash xarajatlarini qanday qilib pasaytirish mumkin?
Dostları ilə paylaş: