Berkinov b. B., Yakubov I. O., Sunnatov m. N. Institutsional iqtisodiyot


–misol. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda transaktsiya



Yüklə 2,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/128
tarix21.10.2023
ölçüsü2,14 Mb.
#158626
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   128
Institutsional iqtisodiyot (2)

3–misol. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda transaktsiya 
sektorining jadal o’sishi omili, ta’qiqlanadigan darajada yuqori bo’lgan 
transaktsiya xarajatlari iqtisodiy rivojlanishning chegaralaridan biri 
ekanligini anglatadimi?
a) ha; 
b) yo’q. 
Javob: b), 
transaktsiya sektori dinamikasining o’zi emas, balki bir 
transaktsiyaga hisoblaganda transaktsiya xarajatlarining dinamikasi muhim. 
Agar a) transaktsiya sektori YaMMga qaraganda past sur’atlar bilan o’ssa, b) 
davlat transaktsiya sektorining o’sish sur’atlari umuman transaktsiya 
sektorining o’sish sur’atlaridan yuqori bo’lsa, transaktsiya sektorining o’sishi 
holatida bir transaktsiyaga hisoblaganda transaktsiya xarajatlari kamayishi 
mumkin. 
KEYSLAR 
1. Kvartirani qanday qilib ijaraga olish to’g’ri bo’ladi – ijarachiga 
maslahatlar
 
Kvartirani ijaraga olish – hozirgi vaqtda tavaalchilikka qo’l urishga to’g’ri 
keladigan masalalar jumlasiga kiradi. Ijaraga beruvchi tusatdan ijara haqini 
oshirishi, sizni muddatidan oldin chiqarib yuborishi, ijaraga olingan uy-joyni 
ta’mirlash munosabati bilan siz qilgan xarajatlarning o’rnini qoplash to’g’risida 
“unutib qo’yishi” mumkin. Misol uchun, siz kvartirani ijaraga olib, ko’chib o’tdingiz 
(buyumlarni tashish uchun mashina yolladingiz, – ko’chish uchun sarf-xarajat 
qildingiz, barcha yetishmaydigan narsalar (kastryullar, choynaklar, unitaz uchun 
qopqoq va x.k.)ni xarid qilish maqsadida do’konlarga borish uchun dam olish kuni 
oldingiz. Kvartiraga alohida ajratilgan internet liniyasini o’tkazdingiz, internet 
xizmati haqini 2 oy oldinga to’lab qo’ydingiz, bolani yangi yashash joyidagi 
bog’chaga joylashtirdingiz va h.k.). Lekin ikki hafta o’tgach kvartira egasi kelib 
sizga kechagina qo’shnisi Erkin tog’adan bilib olgan yangilikni, ya’ni sizni 


33 
kvartiraga shuncha arzon qo’yib hato qilganligini, aslida uning kvartirasi ikki marta 
qimmat turishini aytadi.
Bu siz kvartirani ijaraga olganda yuz berishi mumkin bo’lgan vaziyatlardan 
biri, xolos. Lekin vaziyatning bunday yakun topishi holatlarini keskin kamaytirish 
mumkin. Buning uchun bir necha qoidalarga amal qilish kerak. Quyida biz Sizga 
kvartirani qanday qilib ijaraga olish kerakligi, kvartira egasida qanaqa hujjatlar 
bo’lishi lozimligi va uy-joyni ijaraga olish shartnomasining shartlariga ko’ra kim 
nimaga javob berishi haqida hikoya qilamiz.
Ijaraga oluvchi kvartira egasi uni istalgan vaqtda chiqarib yuborishi mumkin 
deb o’ylab hato qiladi. Bu, yumshoq qilib aytganda, unday emas. Ijaraga beruvchi 
ijaraga oluvchini shartnomaning amal qilishi muddati tugagunga qadar chiqarib 
yuborishga haqli emas. Agar ijaraga olish shartnomasi bir yil va undan ko’p 
muddatga tuzilgan bo’lsa, ijaraga oluvchi yangi muddatga shartnoma tuzish uchun 
boshqa shaxslar oldida ustunlikka ega.
Shuning uchun ijaraga oluvchilar bizga “shunchaki yoqmay qoldi” (ular 
shartnomaning hech qanaqa shartlarini buzmagan bo’lsa-da) va biz o’zimizga 
ko’proq mos keladigan kishilarni topdik qabilidagi barcha gap-so’zlarda hech 
qanday ma’no yo’q. Sizni faqat qonunda belgilangan holatlarda yoki shartnoma 
shartlari buzilgan holatlarda (masalan, agar siz uy-joy uchun ijara haqini to’lamagan 
bo’lsangiz) sud tartibida muddatidan oldin chiqarib yuborishi mumkin. 
E’tibor qarating: biz yuqorida keltirgan va quyida keltiradigan barcha 
holatlarda asosiy so’z – bu «shartnoma». Lekin uy egasi «kvartiraga shunchaki odam 
qo’ysa», odatda hech qanday shartnoma haqida so’z bormaydi. Qoidaga ko’ra, 
nimadir haqida og’zaki kelishiladi, juda bo’lmasa, qandaydir qog’ozga imzo 
chekishadi, lekin agar keyinchalik nizo kelib chiqadigan bo’lsa, ushbu qog’ozcha 
bo’yicha o’z huquqlarini himoya qilishning deyarli iloji bo’lmaydi. 

Yüklə 2,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin