Berkinov b. B., Yakubov I. O., Sunnatov m. N. Institutsional iqtisodiyot


Mikrodarajada transaktsiya xarajatlari



Yüklə 2,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/128
tarix21.10.2023
ölçüsü2,14 Mb.
#158626
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   128
Institutsional iqtisodiyot (2)

Mikrodarajada transaktsiya xarajatlari
– bu korxonada ishlab chiqarish 
jarayoni bilan bog’liq bo’lmagan xarajatlar hisoblanadi. 


31 
Transformatsiya xarajatlari
– bu eski institutlarni tugatish, iqtisodiy tizimda 
yangi institutlarni shakllantirish (yoki import qilish) va moslashtirish bilan bog’liq 
xarajatlar. 
MAVZUGA DOIR AMALIY MISOLLAR VA KEYSLAR:
 

Muammo hammaga ma’lum usullar orqali yechilishi mumkin deb 
o’ylama!
1–misol. Odatda o’qituvchi talabalarga nisbatan qo’yadigan talablar 
empatiya (birga qayg’urish) normalariga misol bo’ladimi? 
a) ha; 
b) yo’q. 
Javob: b),
chunki o’qituvchi uning o’zi ham qachonlardir talaba 
bo’lganligi, unga ham bir yo’la barcha fanlar bo’yicha tayyorgarlik ko’rish 
to’g’ri zarur bo’lganligi, uning qiziqishlari X fan, xususan, umuman o’quv 
dasturi bilan cheklanmaganligi haqida unutib qo’yadi. 
2–misol. Qanaqa transaktsiya xarajatlari iqtisodiyotda kelishuvlar 
nazariyasi nuqtai nazaridan o’ta katta? 
a) axborotni qidirish; 
b) monitoring va opportunizmning oldini olish; 
v) o’lchash; 
g) muzokaralar olib borish; 
d) shartnoma tuzish. 
Javob: a) 
va
b), 
kelishuvlar nazariyasi transaktsiya xarajatlari o’sishining 
asosiy omili sifatida iqtisodiy muhitning bir xil emasligiga e’tiborni qaratadi. 
Iqtisodiyotda kelishuvlar nisbati o’ta beqaror, bu iqtisodiy agentlarga umumiy 
qabul qilingan “o’yinlar qoidalari” asosida harakat qilishga halaqit beradi. 
Bunday sharoitda axborotni qidirish xarajatlari (axborotning yakuniy manbai 
mavjud emas) va monitoring xarajatlari o’ta yuqori, chunki axborotning 


32 
asimmetrikligi va umumiy qabul qilingan “o’yinlar qoidalari”ning mavjud 
emasligi opportunistik xatti-harakat uchun zamin hozirlaydi. 

Yüklə 2,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin