Berkinov b. B., Yakubov I. O., Sunnatov m. N. Institutsional iqtisodiyot



Yüklə 2,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/128
tarix21.10.2023
ölçüsü2,14 Mb.
#158626
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   128
Institutsional iqtisodiyot (2)

3) 
evolyutsion
 
(Y.SHumpeter, J.Gelbreyt) 

dinamik jarayon sifatida 
normalarning yaqinlashishini tahlil qiladi; 
4) 
statik
 
(F.Peru) 

rasmiy va norasmiy normalar bir-birini to’ldirishini 
nazarda tutadi; 
5) 
gibrid
 
(Ya.Tinbergen) 

rasmiy va norasmiy normalarning o’zaro ta’sirini 
o’zida namoyon etadi, buning natijasida institutsional rivojlanishning rasmiy va 
norasmiy normalar rivojlanishining harakat yo’nalishiga mos kelmaydigan yangi 
yakuniy harakat yo’nalishi paydo bo’ladi. 
 
MAVZUGA DOIR AMALIY MISOLLAR VA KEYSLAR:
 

 
Muammo hammaga ma’lum usullar orqali yechilishi mumkin deb 
o’ylama!


137 
1–misol. 
Faraz qilaylik, Siz – shaharning turli qismlarida do’konlar 
tarmog’ining egasisiz. Ularda ishlash uchun Siz, asosan qishloq joylaridan, 
sotuvchilarni yollaysiz, bunda mehnat bozorida ularning muqobil ish haqi past. 
Sotuvchilarni tovar aylanmasini oshirishga motivatsiyalashni qanday qilib amalga 
oshirgan ma’qul – kioskalar egasi sifatida Sizning manfaatlaringiz aynan ana 
shundan iborat? 
a) sotuvchilarning halolligini nazorat qilish maqsadida savdo nuqtalariga tez-
tez borib turish; 
b) sotuvchilarning mehnat haqini savdo tushumi bilan bog’lash; 
v) do’konlarni sotuvchilarga ijaraga berish; 
g) faqat eng katta tovar aylanmasini ta’minlagan sotuvchilarni mukofotlash; 
d) sotuvchilarni sheriklarga aylantirish (savdo korxonasiga birgalikda egalik 
qilish). 
Javob: g), 
sotuvchilar uchun rag’batlantirishning optimal sxemasini tanlashda 
quyidagi omillarni hisobga olish lozim. Birinchidan, savdo nuqtalarining jug’rofiy 
tarqoqligi tufayli bevosita nazorat qilish xarajatlari katta bo’ladi. Ikkinchidan, oilali 
ayollarning tavakkalchilikka moyilligi darajasi ancha past, deb faraz qilish 
maqsadga muvofiq, bu esa Sizga "agentlar"ning tavakkalchilikka yuqori darajada 
moyilligini nazarda tutuvchi sxemalarni (b), v) va d)) tanlash imkonini bermaydi. 
Bundan tashqari, "agentlar" tasarrufidagi resurslarning cheklanganligi tufayli v) va 
d) variantlarni tanlash ehtimoli kam (past darajadagi muqobil ish haqi). Va nihoyat, 
qat’iy belgilangan mukofot bilan "agentlar" musobaqasining yakunlariga ko’ra 
mukofotni o’zida birlashtiruvchi g) variant "agentlar"ning o’ziga xos xususiyati 
bilan "printsipal" manfaatlari o’rtasidagi yaxshi murosaga keltiruvchi hisoblanadi. 

Yüklə 2,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin