Berkinov b. B., Yakubov I. O., Sunnatov m. N. Institutsional iqtisodiyot


ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega bo’lishingizga yordam beradi



Yüklə 2,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/128
tarix21.10.2023
ölçüsü2,14 Mb.
#158626
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   128
Institutsional iqtisodiyot (2)

ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega bo’lishingizga yordam beradi.
 

Esda tuting!
 
Nesh bo’yicha muvozanat
– o’yinchilarning hech biri o’z harakatlari rejasini 
o’zgartirgan holda o’z yutug’ini bir tomonlama oshira olmaydigan vaziyat. 
Pareto bo’yicha muvozanat
– o’yinchilardan birining holatini, ikkinchi 
o’yinchining holatini yomonlashtirmagan holda, yaxshilab bo’lmaydigan vaziyat. 
Ustun strategiyali muvozanat
– boshqa ishtirokchining harakatlaridan 
qat’i 
nazar ishtirokchiga 
maksimum foydalilikni ta’minlovchi harakatlar rejasi 
Shtakelberg bo’yicha muvozanat
– hech bir o’yinchi o’z yutug’ini bir 
tomonlama tartibda oshira olmaydigan vaziyat. Bunda qaror dastlab birinchi 
o’yinchi tomonidan qabul qilinadi, so’ngra ikkinchi o’yinchiga ma’lum bo’ladi. 
O’yin ishtirokchisining strategiyasi- 
har bir o’yin ishtirokchisining ziddiyatli 
vaziyatlarni hal etish borasidagi harakat dasturi o’yin ishtirokchisining strategiyasi 
deyiladi.
 
Kooperativ (koalitsiyali) o’yinlar
– ishtirokchilar o’rtasida axborot almashish 
va ittifoq tuzish mumkin bo’lgan vaziyatlar. 
Nokooperativ (koalitsiyasiz)
- o’yinlarda yakka ishtirokchi tahlil qilishning 
boshlang’ich nuqtasi hisoblanadi, bunda ishtirokchilar o’rtasida axborot almashish 
va ittifoq tuzish mumkin emas.
 


22 
MAVZUGA DOIR AMALIY MISOLLAR VA KEYSLAR:
 

Muammo hammaga ma’lum usullar orqali yechilishi mumkin deb 
o’ylama!
1–misol. Shtakelberg bo’yicha muvazanat hamma vaqt mavjud 
bo’ladimi? 
a) ha;
b) yo’q. 
Javob: a), 
mavjud bo’lmasligi mumkin bo’lgan Nesh bo’yicha 
muvazanatdan farqli ravishda Shtakelberg bo’yicha muvazanatga har qanday 
o’yinda erishiladi. Uning mavjud bo’lishi ishtirokchilar tomonidan qarorlar 
qabul qilinishidagi vaqt lagi bilan shartlangan. 

Yüklə 2,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin