Berkinov b. B., Yakubov I. O., Sunnatov m. N. Institutsional iqtisodiyot



Yüklə 2,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/128
tarix21.10.2023
ölçüsü2,14 Mb.
#158626
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   128
Institutsional iqtisodiyot (2)

Savollar: 
Qadriyatlar 
korporativ 
tizimining 
belgilanishi 
va 
joriy 
etilishi 
muvofiqlashtirish va motivatsiya xarajatlarining miqdoriga qanaqa ta’sir ko’rsatadi? 
Bir-biri bilan o’zaro hamkorlik qilishni rejalashtirayotgan kompaniyalarda 
umumiy qadriyatlarning mavjudligi muzokaralar olib borish, shartnomani tuzish, 
monitoring va shartnomalarni ijro etishga majburlash xarajatlarining miqdoriga 
qanday ta’sir ko’rsatadi? 
Qadriyatlar korporativ tizimining mavjudligini Nort tomonidan ajratilgan 
omillarning transaktsiya xarajatlarining darajasi va tarkibini belgilab beruvchi qaysi 
turiga kiritish mumkin? 
Muzokaralar olib borish xarajatlarining uchta toifasini ajrating. Qadriyatlar 
korporativ tizimining joriy etilishi ushbu toifalardan qaysilariga ta’sir ko’rsatmaydi? 
 


87 
QUYIDA KELTIRILGAN FIKRLAR 
TO’G’RIMI YOKI NOTO’G’RIMI? 

Tanqid qilma – barcha fikrlar teng qadrli! 
1.
Tashkilot tarkibiga kiruvchi “agentlar” sonining o’sishi, agentlar harakati ustidan 
nazorat qilish uchun talab etiladigan “printsipal” xarajatlarining oshishini belgilab 
beradi. 
2.
Printsipal-agent muammosi – “agent”ning “printsipal” topshirig’i va 
ko’rsatmasini bajarishda uning nayrang qilish xavfi hisoblanadi. 
3.
Nazorat xarajatlarining ortishi “agentlar” sonining o’sishiga to’g’ri proportsional 
emas.
4.
“Printsipal-agent” muammosini hal etishning birinchi varianti agentlar o’rtasidagi 
raqobatni kuchaytirishni talab qiladi.
5.
Muammoni hal etishning ikkinchi varianti “agent” tomonidan qat’iy 
belgilanmagan, balki firma faoliyatining natijalariga bog’liq bo’lgan mukofotni 
to’lashni nazarda tutuvchi yollash haqidagi shartnomaning tuzilishidan iborat. 
6.
Unitar tuzilma - hukmronlik munosabatlarining eng yuqori darajada 
markazlashuvini nazarda tutadi. Barcha asosiy qarorlar «agentlar» tomonidan qabul 
qilinadi, uning o’zi nazoratni ham amalga oshiradi.
7.
Xolding tuzilmasi- qarorlar qabul qilish va “Printsipal” harakatlari ustidan nazorat 
qilish jarayonini imkon qadar markazlashgan tizimdan chiqarishni o’zida namoyon 
etadi.
8.
Agar “agentlar” faoliyatini nazorat qilish huquqi boshqalarga o’tkazilsa, u holda 
funktsional belgi bo’yicha – funktsional bo’linmalar boshliqlariga: sotish bo’limi 
boshlig’i, bosh muhandis, bosh buxgalter va h.k.ga beriladi.
9.
Tashkilot a’zolari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni tartibga soluvchi va ularning 
jamoaviy bilimlari va tajribasining ifodasi hisoblangan me’yorlar, qoidalar va 
an’analar yig’indisiga
 
tashkiliy madaniyat deyiladi.


88 
10.
Menejerlar bilan xodimlarning o’zaro munosabatlarida “printsipal-agent” 
muammosining hal etilishi fordizm – Buyuk qatag’onlik davrida Genri Ford 
tomonidan ishlab chiqilgan mehnatni tashkil qilish tizimi tamoyillariga asoslanadi.
11.
Mulkchilik huquqlari nazariyasi tashkilot faoliyatining o’ziga xosligiga qarab 
mulkdorlar o’rtasida huquqlar taqsimotining eng optimal variantini tanlashga 
yordam beradi. 

Yüklə 2,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin