Savollar:
Kimyoviy usul bilan tozalash korxonasi bilan mijoz o’rtasida tuzilgan
shartnoma tarkibining asosiy qismlarini ajrating.
Shartnomaning tuzilishi kimyoviy usul bilan tozalash korxonasi va mijozga
(ular shartnoma tuzmagan vaziyat bilan solishtirilganda) qanaqa ustunliklar beradi?
Shartnomaga tozalash jarayonida buyum shkastlanishi mumkinligi
to’g’risidagi ogohlantirishning kiritilishi kimyoviy usul bilan tozalash
korxonasining xatti-harakatiga qanday ta’sir ko’rsatishi mumkin? Mazkur holatda
kurtkaning sifatini o’lchash xarajatlari kimning bo’yniga qo’yiladi? Qaysi taraf
o’zini opportunistik tutish imkoniyatiga ega bo’ladi?
Kimyoviy usul bilan tozalash korxonasi bilan mijoz o’rtasidagi tuzilgan
shartnoma mukammal hisoblanadimi? O’z javobingizni asoslang.
114
QUYIDA KELTIRILGAN FIKRLAR
TO’G’RIMI YoKI NOTO’G’RIMI?
Tanqid qilma – barcha fikrlar teng qadrli!
1. Uy xo’jaligi iqtisodiy faoliyatning muhim sub’ektlaridan biri hisoblanib,
nafaqat oila yoki xo’jalik, balki butun mamlakat aholisining farovonligi uning
natijalariga bog’liq.
2. Uy xo’jaligi iqtisodiyotning yirik sektori sifatida tijorat korxonalari va
davlat bilan bir qatorda barcha makroiqtisodiy tartibga solish jarayonlarida ishtirok
etadi.
3. Oila deganda - bir uyda yashashi oila-qarindoshchilik aloqalarining
umumiyligi bilan birlashgan guruh tushuniladi.
4. Uy xo’jaligi bu inson kapitalini ishlab chiqarishning umumiy vazifalari,
yashash, budjet va oila-qarindoshchilik aloqalari bilan birlashgan kishilar guruhidir.
5. Uy xo’jaligining asosiy funktsiyasini inson kapitalini shakllantirish, undan
foydalanish va saqlash deb belgilash lozim.
6. Oila - bu o’z navbatida, insonning bilimlari, amaliy ko’nikmalari va
mehnatga tirishqoqligining yig’indisi sifatida tushuniladi.
7. R.Kouzning “Firmaning tabiati” maqolasida firma tashkiliy tuzilma
sifatida “qora quti” deb izohlangan. Bunday tavsif aslida uy xo’jaligiga nisbatan
ko’proq mos keladi.
8. Uy xo’jaligi uchun faqat “qora quti”ga “kirish”dagi (ish haqi, soliqlar
chiqarib tashlangan davlat tomondan ijtimoiy transfertlar) va undan “chiqish”dagi
(inson kapitali, mehnat, jamg’arma, iste’mol) omillar ma’lum.
9. Institutsional nazariya - uy xo’jaligini firmadan va davlatdan farq qiluvchi
tashkilotning alohida shakli sifatida tahlil qilishga e’tibor qaratadi.
10. Uy xo’jaligining asosida hokimlik munosabatlari yotadi – birgalikdagi
iqtisodiy faoliyat ustidan nazorat qilish huquqi uning bir a’zosiga – “oila
boshlig’i”ga o’tadi.
|