Savollar: 1. Kompaniya o’z faoliyatida boshqaruvning qanday tamoyillaridan
foydalanishga asosiy e’tiborni qaratgan?
2. Kompaniya samaradorligini oshirishda tashkiliy-boshqaruv tuzilmasini
qanday ko’rinishda yangilash mumkin?
3. Kompaniya faoliyatining samaradorligiga ta’sir ko’rsatuvchi tashqi va ichki
omillarni tasnifini keltiring.
QUYIDA KELTIRILGAN FIKRLAR TO’G’RIMI YOKI NOTO’G’RIMI?
Tanqid qilma – barcha fikrlar teng qadrli! 1.
Innovatsiya bu – har qanday faoliyat sohasida kiritiluvchi moliyaviy
mablag’lardir.
2.
Innovatsion resurs bu – global tarmoqlarni birlashtiruvchi xalqaro
birlashma.
3.
Iqtisodiy o’sishning intensiv turi o’ziga xosligi shundaki, ishlab chiqarishni
kengaytirishga o’sish omillarini sifat jihatidan takomillashtirishdir.
4.
Ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishining dastlabki bosqichlarida iqtisodiy
o’sish asosan ekstensiv asosda amalga oshiriladi. Ishlab chiqarishning mashina
texnikasi va yuqori malakali kadrlar bilan to’yinishi borasida intensiv o’sish
omillarining roli ortib boradi.
5.
Intensiv iqtisodiy o’sishning ekstensiv o’sishdan keyin kelishi har safar
ishlab chiqarishning texnologik usuli – ishlab chiqarish kuchlarini o’zaro bog’lash
usuli va bu tarkibiy qismlarning sifat o’zgarishlari ortidan keladi.
6.
O’zini saqlash va naslni davom ettirish tuyg’usi,
har bir avlodning unga
qolgan merosni boyitish va davr talablariga javob bergan holda keyingi avlodga
yanada yaxshi ko’rinishda qoldirish istagi.
127
7.
Innovatsiyalar deganda u yoki bu faoliyat sohasida samaradorlikni oshirish
uchun inson aqli erishgan yutuqlardan (kashfiyot, ixtiro, ilmiy va konstruktorlik
loyihalari va hokazo) foydalanish tushuniladi.