MAVZUGA DOIR TAYANCH IBORALAR
Ushbular mavzu mohiyati, uning o’rganilayotgan kursdagi o’rni va ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega bo’lishingizga yordam beradi.
Esda tuting! Innovatsiya – korxonaning savdo ishlab chiqarish, investitsion va moliyaviy
faoliyatida boshqaruvning
yoki texnologiyaning yangi yutuqlaridan foydalanish.
Iqtisodiy o’sish sifati – iqtisodiy o’sishning umumlashgan sifat
xarakteristikasi bo’lib, uning qanday sarflar bilan ta’minlangani va qanday ijtimoiy-
iqtisodiy natija berganligini ifodalaydi.
Nou-xau - korxona tomonidan patentlanmagan, lekin rasman hujjatlashtirilgan
texnika, texnologiya, axborot, tijorat, boshqaruv bilimlari yig’indisi.
Venchur va innovatsiya tuzilmalar – tashkiliy tuzilmalarning zamonaviy
kurinishi hisoblanadi. Bu ikki nom muayyan darajada sinonim hisoblanadi.
Inglizcha «venturi» so’zi «tavakkal ish» degan ma’noni bildiradi. Odatda, biznesda
tavakkal ish innovatsiyalar, ya’ni yangi texnologiyalar, tovarlar yoki xizmatlarni
ishlab chiqarishdan iboratdir. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan barcha mamlakatlarda
kichik biznesda ana shunday tuzilmalar tashkil etiladi. Tadqiqotlarning
ko’rsatishicha, bu bozorning tez o’zgarayotgan sharoitlariga tez munosabat
bildirishning eng istiqbol yo’lidir.
Intellektual irodaviy sifatlar – bu tadbirkorning aqli ifodasi, sabot va
matonati kabi sifatlarini o’z ichiga oladi. Tashkilotchilar sifatlariga esa
120
tadbirkorning faoliyatini uyushtirish va boshqarish, shu jumladan ishchi
xizmatchilarni ishga yondashish ularni ishontira olish va ilxomlantirish kabi
sifatlar kiradi.