Berkinov b. B., Yakubov I. O., Sunnatov m. N. Institutsional iqtisodiyot



Yüklə 2,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/128
tarix21.10.2023
ölçüsü2,14 Mb.
#158626
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   128
Institutsional iqtisodiyot (2)

Sanoat nusxasi – 
bu maxsulotning taaluqli bo’lgan badiiy va badiiy-
konstruktorlik yechimidir. Sanoat nusxalari xajmli (buyurtma shaklda: ya’ni model), 
tekis yuza (rasm) va aralash (kombinatsiyalashgan) ko’rinishda bo’lishi mumkin. 
Sanoat nusxasi mualifi – 
mualliflik huquqiga ega bo’ladi va bu huquq tortib 
olib bo’lmaydigan shaxsiy huquq hisoblanadi va davlat tomonidan muddatsiz 
himoya qilinadi va patent bilan tasdiqlanadi. Patent 10 yilga beriladi va yana 5 yilga 
uzaytirilish huquqi kafolatlanadi. 
Sanoat nusxasiga patent – 
sanoat nusxasi muallifiga: uning qonuniy vorisiga
yoki tegishli shartnoma va arizada bu narsa qayd etilgan bo’lsa, u xolda yuridik 
shaxsga berilishi mumkin. Dastlabki arizada bu ko’rsatilmagan bo’lsa, u xolda 
sanoat nusxasi Davlat Reestriga kiritilguncha bo’lgan muddatda qo’shimcha ariza 
bilan amalga oshirilishi mumkin. 
Intellektual tovarlar bozori – 
bu bozorning maxsus turi bo’lib, aqliy mehnat 
maxsuli bo’lmish tovarlar va xizmatlarning ayirboshlashini bildiradi. Bu bozorda 
sotuvchilar va xaridorlar maxsus tovar hisoblangan ilmiy g’oyalar, texnikaviy 
yangiliklar, san’at va adabiyot asarlari, xilma-xil axborotlarni oldi-sotdi etish 
yuzasidan munosabatda bo’ladilar.
Aqlli kishilarning ketib qolishi
— mamlakatdan "intellektual elita" 
vakillarini chet elda ishga joylashish maqsadida chiqib ketishi. 
Informatsiya va texnologiyalar jahon bozori (ITJB)
— intellektual faoliyat 
natijalari ayirboshlash xalqaro sohasi. 
Innovatsion faoliyat
— nazariy modelni bozor talabiga mos texnologiya-
tovarga aylantirishdan iborat uzoq jarayondir. 
Diversifikatsiya –
korxonaning faoliyat soxalari va ishlab chiqaradigan 
maxsulot turlarining kengayishi.
 


121 
Gudvill –
Yangi texnologiyalar, samarali boshqaruv tizimining qo’llanilishi 
natijasida qo’shimcha daromad olishga imkon beradigan, korxonada hosil 
bo’ladigan nomoddiy aktivlarining bir turi.

Yüklə 2,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin