Javob: 30%m
KEYSLAR
1.
Keys. IBM korporatsiyasidagi samaradorlik masalalari.
IBM so’zi – international business machines so’zlarining qisqartirilgan
shaklidir. U 1911 yilda hisoblash texnikasi ishlab chiqaradigan bir qator
firmalarning birlashishi natijasida tashkil topgan. U kompyuter texnologiyalarini
yetishtirib berish bo’yicha dunyodagi eng yirik firmalardan biri hisoblanadi.
XX asrning birinchi yarim yilligidagi IBM firmasining tarixi Tomas J. Vatson
nomi bilan to’liq bog’liqdir. U IBM ni mayda firmadan yirik korporatsiyaga
aylantirishgacha bo’lgan davrda boshqardi.
IBM tarixidagi keyingi bosqich uning o’g’illari – Artur va xususan, kichik
Tomas Vatsonlar bilan bog’liq. Ularning rahbarligi ostida IBM tarmoqda hukmron
vaziyatga ega bo’lgan yirik korporatsiyaga aylandi.
IBM o’z faoliyatining boshlang’ich davrida boshqa kompaniyalarni sotib
olishga intilmadi, balki uning o’zi bir qator kompaniyalarning aralashmasi, ya’ni
konglomerati edi. 30-yillarda “Otomatik skeyl” va “Neyshnl skeyl” larni sotib oldi.
Tabulyatorli mashinalar sohasida “Tiketograf kompani” va “Pirs ekkaunting
kompani” larni sotib oldi, shuningdek, “Ellis” va uning “Elektromatik tayprayter”
deb nomlangan bo’linmasini sotib oldi. Shuni alohida ta’kidlab o’tish joizki,
“Elektromatik tayprayter” keyinchalik “Ofis prodakts divijn” ning asosiga aylandi.
Biroq, IBM ning bu kabi faolligi Ikkinchi jahon urushi arafasida yakun topdi.
70-yillarga kelib kompaniya yana faolligini oshira boshladi. Bu vaqtda u o’zining
asosiy ishiga asoslangan edi. IBM barcha kompaniyalarga yuqori o’sish
ko’rsatkichlariga ichki omillarning ta’siri ostida erishganligini ochiq-oydin
namoyish etdi. Boshqa kompaniyalarni sotib olish hisobidan kengayib borayotgan
ko’plab tashkilotlardan farqli ravishda IBM o’z muvaffaqiyatiga og’ir mehnat yo’li
123
bilan erishdi, ya’ni mulkni sotib olish kompaniya stiliga to’g’ri kelmasdi.
Korporatsiyaning shiori xususiy ishlab chiqarishni rivojlantirish edi.
Mohiyatan olib qaraganda, IBM jahon sanoatida o’ziga xos muhim o’rin
egallaydi. U dunyoning eng yirik korporatsiyalari qatoridan o’rin olgan bo’lib,
faqatgina neft kompaniyalari, avtomobil korporatsiyalari va yapon savdo
firmalaridan keyingi o’rinlarda turadi. Kompaniya tarkibida quyidagilar faoliyat
ko’rsatadi: 8 ta mamlakatda joylashgan 9 ta ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, 14 ta
mamlakatda joylashgan 24 ta zavod, 127 ta mamlakatda joylashgan firma
vakolatxonalari. 80-yillarda kompaniyada ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik
ishlariga sarflangan xarajatlar har yili 3,5 mlrd. dollarni tashkil etgan.
1964 yildan 1974 yilgacha bo’lgan davrda IBM ning yillik aylanmasi 3,2 mlrd.
dollardan 12,7 mlrd dollargacha o’sdi, bunda o’rtacha yillik o’sish sur’atlari 14,8%
ni tashkil etdi; 1974 yildan 1984 yilgacha bo’lgan davr ichida 12,7 mlrd dollardan
27,4 mlrd dollargacha ko’tarildi (8%); 1984 yildan 1990 yilgacha bo’lgan davrda
27,4 mlrd dollardan 69 mlrd dollargacha ko’tarildi (25%). 1990 yilda foyda hajmi 6
mlrd dollarni tashkil etdi. Biroq, 1991 va 1992 yillarda savdo hajmlari 64,7 va 64,5
mlrd dollargacha pasaydi. 1991 yilda firma foyda olish o’rniga 1,4 mlrd. dollar
hajmida zarar ko’rdi.
40-50 yillar davomida IBM yetakchi, biroq AQSH dagi ko’plab kompyuter
ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning biri hisoblangan kompaniya sifatida namoyon
bo’ldi. Ayniqsa, ilmiy-texnik ishlanmalar sohasidagi burilish, ya’ni 60-yillar
boshida 360 markali mashinalar seriyasining yaratilishi IBM ni tarmoqdagi misli
ko’rilmagan yetakchi kompaniyaga aylantirdi. Bu seriyagacha IBM ko’p yillar
davomida 11 mingta elektron hisoblash mashinalarini ishlab chiqargan edi. 360
seriyasini ishlab chiqarish yakunlanganda ularning umumiy miqdori 35 minggacha
o’sdi.
IBM RSA, “Djeneral elektrik”, “Yunivak” va “Kontrol deyta” kabi firmalar
bilan raqobat kurashida muvaffaqiyat qozondi. 50-yillarda ushbu firmalar IBM ning
bir qator loyihalarini zarar bilan yakunlanganidan so’ng bozordagi tashabbusni
qo’lga kiritishga harakat qilishdi. Biroq, kompaniyadagi tijoriy muvaffaqiyatga ega
124
bo’lmagan bir qator modellarning ishlab chiqishda yig’ilgan tajriba va aqliy
salohiyat kabilar IBM ga 360 seriyasini yaratish imkonini berdi.
Aynan shu ilmiy-texnik muvaffaqiyat IBM ni katta elektron hisoblash
mashinalarining jahon bozorida hukmron pozitsiyani egallashiga imkon
yaratdi.1950 yilning 1 yanvarida “IBM world trade” ga asos solindi. Uning tarkibiga
firmaning ishlab chiqarish va savdo bo’linmalari kirdi. Ushbu bo’linmalar asrning
boshlarida Germaniyada (1910 y), Frantsiyada (1914 y), Yaponiyada (1925 y),
Kanada va Braziliyada (1917 y) tashkil etila boshlangan. SHuni alohida ta’kidlash
joizki, hozirgi kunda G’arbiy Yevropada faoliyat ko’rsatayotgan elektron hisoblash
mashinalarining 70% Amerika kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan.
IBM ning tashkiliy strukturasi mintaqaviylik tamoyili bo’yicha qurilgan.
O’tgan asrning oxirgi 25 yilligi mobaynida korporatsiyaning 2 ta bir xil qismga aniq
bo’linishida o’z ifodasini topdi: milliy (AQSH) va xalqaro (qolgan mamlakatlar,
asosan Yaponiya, Germaniya, Italiya, Frantsiya va Buyuk Britaniya).
IBM ning har bir mamlakatdagi filiallariga yuqori darajadagi mustaqillikni
berishi muhim ahamiyatga egadir. Odatda, har bir filialning rahbariyati Kengash
tomonidan boshqariladi. Ushbu Kengash deyarli to’laligicha filial joylashgan
mamlakatning fuqarolaridan tashkil topadi. Shuningdek, bitta AQSH fuqarosi
bo’lgan direktorni o’z ichiga oladi. Biroq, filiallarning mustaqilligiga qaramasdan,
IBM ning madaniyati shunchalik kuchliki, buni butun dunyo bo’ylab joylashgan
kompaniyaning zavod va idoralarining bir-biriga o’xshashligida ko’rish mumkin.
Xorijda IBM ning ishlab chiqarishini tashkil etishda jug’rofiylik tamoyili asos
bo’lib xizmat qiladi. “IBM world trade” ning Nyu-Yorkda joylashgan shtab-
kvartirasi o’zining asosiy funktsiyalarini Parijda joylashgan xalqaro boshqarish
komandasiga bergan. Korporatsiyada mintaqaviy bo’linmalar tashkil etilgan bo’lib,
ularning biri Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika uchun bo’lsa, boshqasi Osiyo, Tinch
okeani mintaqasi va Janubiy Amerika uchundir. Alohida mamlakatlarda ularga
bo’ysunadigan sho’’ba korxonalari (masalan, “IBM Doychland”, “IBM Italiya”,
“IBM Djapen”, “IBM Frans”, “IBM Yunayted Kingdom”) mustaqil yuridik shaxs
125
maqomiga ega bo’lishib qonun nuqtai-nazaridan mahalliy firmalar hisoblanishadi.
Ularning deyarli 100% kapitali AQSH dagi bosh kompaniyaga tegishli.
Rahbarlik tamoyillari nuqtai-nazaridan 60-70-yillarda IBM ni boshqargan aka-
uka kichkina Tom Vatson va Dik Vatsonlar “Djeneral motors”ning 20-yillardagi
tajribasini takrorlashga qaror qilishdi. Qachonlardir Alfred Sloun o’z firmasi
avtomobillarini ishlab chiqarishni “Byuik”, “SHevrole”, “Oldsmobil”, “Pontiak”,
“Kadillak” va boshqa shu kabi mustaqil kompaniyalar o’rtasida taqsimlagan edi.
Ular bir-birlari bilan bir qator qism va agregatlarni ishlab chiqarishda hamkorlik
qilishardi, ularda umumiy ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik bo’linmalari va umumiy
xizmat ko’rsatish tizimi mavjud edi. Shuning bilan birga ular bozorda o’zaro
raqobatlashishar va boshqa raqobatchilar bilan mustaqil ravishda kurash olib
borishardi.
80-yillarda IBM mahsulot ishlab chiqarish va unga xizmat ko’rsatish
samaradorligini oshirish maqsadida bir qator tashkiliy innovatsiyalarni amalga
oshira boshladi. Kontsern tarkibida o’zgarishlarni tez amalga oshirish uchun
modullilik tamoyilidan foydalanildi. Yirik elektron hisoblash mashinalari, shaxsiy
kompyuterlar, axborot saqlash vositalari, idora texnikasi, aloqa tizimlari va boshqa
shu kabilarni ishlab chiqarish zavodlari, jug’rofiylik tamoyili bo’yicha bo’linib
joylashgan savdo tashkilotlari va ma’muriy muassasalar firmani tashkil etgan asosiy
bloklar (modullar) sifatida namoyon bo’ldi. Ushbu bloklardan har biri o’zining aniq
muammosini hal etishga ixtisoslashadi va tegishli sohadagi yuqori malakali
mutaxassislarni birlashtiradi. Bu kabi modullarning bir qanchasi bo’linmalarga
birlashadi, bo’linmalar bo’lsa guruhlarga birlashadi. Bo’linma va guruhlarning
tarkibi korporatsiya tomonidan hal etiladigan vazifalarning xarakteriga bog’liq
ravishda o’zgaradi.
IBM uchun yangi bo’lgan bozorni (shaxsiy kompyuterlarni ishlab chiqarish)
egallash uchun korporatsiya “Entri sistemz divijn” deb nomlangan loyihaviy
(maqsadli) bo’linmani tashkil etdi. Menejerlar va yuqori toifali mutaxassislarning
unchalik darajada katta bo’lmagan guruhi o’zining moliyaviy mablag’lariga ega
bo’ldi.
|