MAVZUGA DOIR AMALIY MISOLLAR VA KEYSLAR:
Muammo hammaga ma’lum usullar orqali yechilishi mumkin deb o’ylama! 1–misol. Qo’yidagi ma’lumotlar asosida iqtisodiy ko’rsatkichning bazis va
zanjirli o’sish sur’atini hamda qo’shimcha o’sishni aniqlang
Yillar
1994
1996
1998
2000
2002
2004
Milliy
daromad
hajmi
mlrd.so’m
17,5
20,0
20,4
20,8
21,5
23,3
Javob: I. a) 2,5, b) 0,4, v) 0,4, g) 0,7, d) 1,8 - qo’shimcha o’sish. II. a) 14,2, b) 2, v) 0,01, g) 3,3, d) 8,3 – zararli o’sish. 2–misol. Dastlab «Kelajak tongi» korxonasida o’rtacha doimiy xarajat
umumiy xarajatlarning 30 foizini tashkil qilar edi. Ishlab chiqarishning
xarajatlariga ko’ra foydaliligi (rentabelligi) esa 40 foizga teng edi. Inflyatsiya
jarayoni natijasida o’rtacha doimiy xarajatlar 10 foiz, o’rtacha o’zgaruvchan
xarajatlar esa 20 foizga o’sdi. Agar korxona maxsulot narxini 17 foizga oshirsa,
xarajatlarga ko’ra ishlab chiqarish rentabelligi nimaga teng bo’ladi.
Javob: 13%. 3–misol. Xom ashyo uchun qilingan xarajatlar o’zgaruvchan xarajatlarning
40 foizini tashkil qiladi. Bitta maxsulot hisobida xom ashyoga ketgan xarajat 130
foizga oshganidan keyin «Dilnoza» savdo ishlab chiqarish korxonasi ishlab
chiqarish xajmini o’zgartirdi. Bunda boshqa o’rtacha uzgaruvchan va doimiy
122
xarajatlar o’zgarmaydi, o’rtacha umumiy xarajatlar esa 233 so’mga ortdi. Agar
bu o’zgarishgacha bitta maxsulotga ketgan o’rtacha umumiy xarajat 500 so’m,
o’rtacha doimiy xarajat esa 100 so’mga teng bo’lsa, firma ishlab chiqarish
xajmini necha foizga o’zgartiradi?