Berkinov b. B., Yakubov I. O., Sunnatov m. N. Institutsional iqtisodiyot


–misol. Universitetning iqtisodiyot fakultetidagi o’qishini endigina



Yüklə 2,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/128
tarix21.10.2023
ölçüsü2,14 Mb.
#158626
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   128
Institutsional iqtisodiyot (2)

1–misol.
Universitetning iqtisodiyot fakultetidagi o’qishini endigina 
tugallagan qiz (yoki yigit) tijorat firmasiga menejer bo’lib ishga kiradi. Oliy 
iqtisodiy ma’lumot haqidagi diplom uning egasida maxsus (o’ziga xos) inson 
kapitali mavjudligidan dalolat beradimi? 
a) ha; 
b) yo’q. 
Javob:
b), 
universitet ma’lumoti haqidagi diplom uning egasida universal, 
ya’ni ixtisoslashmagan bilimlar mavjudligidan dalolat beradi. Maxsus (o’ziga xos) 
inson kapitali
 
muayyan tashkilotda muayyan vazifalarning bajarilishi natijasida 
to’planadi: inson bir joyda qanchalik uzoq vaqt ishlasa, u mazkur tashkilot uchun 
maxsus (o’ziga xos) bo’lgan bilim va qo’nikmalarning shunchalik katta hajmini 
to’playdi. Shuning uchun xodim egallagan inson kapitalining
 
maxsusligi (o’ziga 
xosligi)ni baholash mezoni bo’lib diplom emas, balki tashkilotdagi ish staji xizmat 
qiladi. 
2-misol. Bir kishidan iborat uy xo’jaligining xilini shartli oylik budjetning 
quyidagi tuzilmasi asosida tahlil qiling: 
D a r o m a d l a r
X a r a j a t l a r
Moddalar 
ming 
so’mda 
% da 
Moddalar 
ming 
so’mda 
% da 
Ish haqi 
200 
23,5 
Ovqatlanish
150 
23,8 
Qo’shimcha ish 
320 
37,7 
Kommunal xarajatlar 
120 
19,0 
Nomuntazam ish 
haqlari 
250 
29,4 
Nooziq-ovqat tovarlar 
80 
12,7 
Dividendlar (renta) 
80 
9,4 
Ta’lim
60 
9,5 
Jami 
850 
100 
Dam olish 
220 
35,0 
Jami
630 
100 
J a m g ’ a r m a l a r
+ 2 2 0
2 5 , 9
a) bozor; 
b) o’tish;
 
v) buyruqbozlik; 
g) aniqlanmagan. 
Javob: b), 
daromadlar tarkibi uy xo’jaligining o’tish xiliga mansubligidan 
dalolat berib turibdi: daromadlar iqtisodiyotning oshkora va (asosan) xufyona 
sektorlarida bandlikdan kelib tushadi. Dam olish xarajatlarining yuqori ulushi 


112 
bozorda xizmatlarning ancha katta to’plami ko’rsatilganligidan dalolat bersa-da, 
ushbu "bozor" dalil-isboti nooziq-ovqat tovarlar uchun xarajatlarning juda past 
ulushi bilan "tenglashtiriladi". 

Yüklə 2,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin